Mevali va rezavor mevali o'simliklarning kelib chiqishi, botanik ta'rifi va umumbiologik xususiyatlari Reja: Mevali daraxtlarning morfologik vа biologik xususiyatlari Mevali daraxtlarning tuzilishi Mevali daraxtlarning ildiz tizimi Mevali daraxtlarning tashqi muhit sharoitlariga munosabatlari Mevali va rezavor mevali o'simliklarning kelib chiqishi hamda botanik ta'rifi. O'zbekistondagi mevali daraxtlar boshqa o'simliklardan mevalarining yirikligi, rangdorligi, uzoq saqlanishi, uzoq masofalarga yuborish mumkinligi hamda sanoat uchun qimmatbaho xomashyo ekanligi va iste'mol qilish u chun zarur bo'lgan moddalarga boyligi, bir yerda ko'p parvarish qilinishi hamda mo'l hosil berishi bilan ajralib turadi. Bir necha yillar mobaynida olma, nok, behi, yong'oq, o'rik, bodom, gilos, olcha, tog'olcha, olxo'ri, shaftoli kabi mevalar ustida seleksiya ishlari olib borildi. Ularning urug'laridan chiqqan yaxshi formalarini tanlab olib ko'paytirish natijasida O'zbekistonda yetishtirilayotgan meva turlari va navlari son jihatidan birmuncha ko'paydi hamda sifat jihatidan ancha yaxshilandi. Boshqa joylardan ham ko'pgina meva va rezavor meva navlari olib kelib, respublikamizning tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirildi. Markaziy Osiyoda, shu jumladan, O'zbekistonda yovvoyi meva daraxtlari asosan Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va boshqa viloyatlarning togli rayonlarida o'sadi. Bu yerlarda mevali daraxtlar va butazorlarning 70 ga yaqin turlari uchraydi. Keyingi yillarda yovvoyi olma, yong'oq, bodom, kamhastak, tog'olcha, do'lana, pista, irg'ay kabi mevali daraxtlar payvand qi lish yo'li bilan madaniylashtirilmoqda. har yili ko'plab meva yig'ib olinadi, madaniy meva navlarini kurtak payvand qilib ko'paytirish uchun yovvoyi meva daraxtlaridan har xil urug'lar tayyorlanadi. Yovvoyi meva daraxtlarining ikkinchi bir foydali tomoni shundaki, seleksionerlarning ayrim meva shakllarini tanlashida qimmatbaho manba hisoblanadi. Meva va rezavor o'simliklar o'zining o'sishi, rivojlanishi, umr ko'rishi, hosilga kirishi, ildiz tizimi va yer ustki qismining o'sishiga qarab daraxt, buta, yarim buta hamda o'tsimon o'simliklarga bo'linadi. Daraxtlar boshqa mevali o'simliklarga qaraganda yer ustki va yer ostki qismlarining baquvvat o'sishi bilan ajralib turadi. Daraxtda shox-shabbalarini ushlab turadigan bitta tana bo'lib uning yuqori qismida bir necha yo'g'on ona shoxlar bo'ladi. Bu shoxlar tananing har tomonida belgili masofada, biri ikkinchisiga xalaqit bermay o'sadi. Ona shoxlarida ko'p yillik shoxlar bilan bir yillik novdalar joylashadi. Meva daraxtlari bir necha yil mobaynida o'z shox-shabbalarini shakllantiradi, uzoq umr ko'radi va boshqa meva turlariga qaragan- da mo'l va sifatli hosil beradi. Butalar meva daraxtlariga nisbatan past bo'yli bo'lib, tezroq hosilga kiradi, lekin nisbatan uzoq umr ko'rmaydi. Ular bir necha shox va novdachalar chiqarib o'sadi. Ularga smorodina, krijovnik va boshqalar kiradi. Yarim butalarga malinani misol qilib keltirish mumkin. har yili yer ustki qismi ildizidan o'sib chiqqan yangi novdalar hisobiga yangilanib turadi. Yangi o'sib chiqqan novdalar hosil bergandan keyin qurib qoladi. Malina ko'chatini ko'paytirishda ildizdan o'sib chiqqan novdalar ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
401.97 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
401.97 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: docx