Reja: 1. Mevalar mikrobiologiyasi. 2. Yangi uzilgan mevalar mikroflorasi. 3. Sabzavot mikroflorasi. 4. Sabzavotlarning mikrobli buzilishi. 5. Mevalardan ishlab chiqarilgan mahsulotlar mikrobiologiyasi. 6. Konserva mahsulotlarini bombaj hosil qilib buzilishi. 7.1. Mevalar mikrobiologiyasi. Mevalar - iste'molga yaroqli, sersuv, shirin aromatli mevalar yoki ko'p yillik daraxtsimon o'simliklarning urug'lardir. Tuzilishiga qarab danakli mevalar (olcha, olxuri, o'rik va boshq.) urug'li mevalar (olma, nok, behi, va boshq.), yermevalar (qulupnay, krijovnik, smorodina va boshq.) va qobiqli puchoqli mevalar (yong'oq, bodom, pista va boshq.) ga bo'linadi. Meva va sabzavotlar muqobillashgan shifo-profilaktik ratsionlarni 13 qismini tashkil etadi. Mevalarning fiziologik ozuqaviy qiymati tarkibida vita'minlar (ayniqsa, S vitamini), shakarlar, mevalar kislotalari, va mineral moddalarning borligi bilan baholanadi. Ammo mevalarning ayrimlarinigina yangiligicha uzoq saqlash imkoniyati mavjuddir, chunonchi, olma, banan, nok, limon, apelsin va boshqalar. Ko'pchilik mevalar tez buziladilar, shuning uchun ularni faqat konservalangan holda uzoq saqlash mumkin. So'nggi yillargacha mevalar mikrobiologiyasi haqidagi ma'lumotlar uncha ko'p emas edi. Buning sababi shundaki, patogen mikroorganizmlar mevalarda nisbatan kam uchraydilar, oziq-ovqat mahsulotlari mikrobiologiyasi bilan shug'ullanuvchi, sanitariya-gigiyenik xizmatlari chorva hayvonlaridan olinadigan mahsulotlarga katta e'tibor qaratgan. Biroq, oziq-ovqat mahsulotlari mikrobiologiyasi faqat ularning gigiyenik nuqtai nazaridan o'rganib qolmay, balki uzoq saqlashning yangi usullari (sovutish va muzlatish)ni ishlab chiqishni taqozo etadi. Ba'zi mevalar va sabzavotlar iste'molchilarga uzoq masofalardan tashib kelinadi. Shuning uchun oziq-ovqat mikrobiologiyada yangidan yangi muammolar paydo bo'laveradi. 7.2. Yangi uzilgan mevalar mikroflorasi. O'simliklar yuzasida hamma vaqt mikroorganizmlar mavjuddir. Ular shamol, suv, qushlar, xashoratlar yordamida keltiriladi. Sog'lom o'simlikning mevalari ichidagi hujayrasi sterildir. Mevalar yuzasidagi fitopatogen bakteriyalar va zamburug''lar, viruslar sog'lom to'qimalarni zararlab parchalaydi va uning ichiga kirib oladi. Mevalar yuzasining tabiiy mikroflorasi epifit mikroflora deb ataladi va o'simlik turi, ob-havo va o'simlikni joylashgan o'rni (ochiq grunt yoki issiqxona), uning rivojlanish bosqichi, mevalarning pishish darajasiga bog'liqdir. Yermevalar - qulupnay yer yuazsiga yaqin joylashganligi uchun asosan tuproq mikroorganizmlari bilan zararlanadi. Bakteriyalardan tashqari mevalar sirtida zamburug''lar sporalari va achitqilar uchraydi. Bakteriyalardan eng ko'p uchraydiganlari sut kislotasi va sirka kislotasi bakteriyalaridir. Epifit mikroflora mevalarni saqlash va qayta ishlashda katta rol o'ynaydi. Ularning ko'pchiligi mevalarni buzilishida ishtirok etadi. Faqat achitqilar bundan mustasno bo'lib, ular meva va uzum sirtida uchrab, vinolar guldastasi tayyorlashda ahamiyati kattadir. O'simliklar, insonlar kabi mikroorganizmlarga qarshi himoya tizimiga ega bo'lib, hamma vaqt mevalar yuzasida bo'ladi va uning ichiga osonlik bilan kira oladi. Mevalar butun holida o'zlarini maxsus himoya to'qimalari sistemasi yordamida saqlaydilar. Ular mevalarni mexanik ta'sirdan va qurib qolishdan saqlaydi. Bodom va yong'oq qattiq pust bilan himoyalangan, nok, olcha va boshq. Terisimon membrana strukturaga (kutikula) egayu bundan tashqari mevalarda himoya ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.19 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.19 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: doc