Mexanik va asosiy to'qimalar Reja: Mexanik to'qima va uning vazifasi Mexanik to'qimalarning turlari Asosiy tushunchalar: kollenxima, sklerenxima, sklereidlar, lub tolalari, yog'ochlik tolalari (libriform), assimilyatsion to'qima, bulutsimon parenxima, burmali parenxima, aerenxima. Barcha tirik va o'lik holdagi hujayralar o'simlikning mustahkamligini ta'minlaydi. Jonli hujayralarning mexanik roli turgor bosim bilan bog'liqdir. Suv bilan yaxshi tuyigan hujayralar tarang bo'lib, o'sishni shakl va hajmini bir butun holda saqlab turadi. Ortiqcha namlik sharoitida o'suvchi o'simliklar odatda maxsus mexanik to'qimaga ega bo'lmaydi yoki kuchsiz rivojlangan bo'ladi. Mexanik to'qimalarning vazifasi o'simlikka mustahkamlik berishdan iborat bo'lib, uni har xil mexanik shikastlanishlardan saqlaydi. Mexanik to'qima tufayli o'simlik poyasi tik holatni saqlaydi. Daraxtlar og'ir shox-shabbalarni ushlab turadi hamda tashqi muhitining kuchli bo'ron va shamollariga, yomg'ir va qorlarga bardosh beradi. Mexanik to'qima hujayralarining xarakterli xususiyati qobig'ining ko'pincha lignin moddasi singishi natijasida yog'ochlashishidadir. Bu esa o'z navbatida mustahkamlikni oshiradi. Mexanik to'qimalar kelib chiqishi, o'simlik organlarida joylashishi va umumiy anatomik belgilariga qarab uch turga bo'linadi: 1) kollenxima; 2) sklerenxima; 3) sklereidlar. Kollenxima. Hujayralarning ko'ndalang kesimi har xil shaklda bo'lib, asosan 4-5 qirrali tuzilishga yaqin. Bo'yiga kesimi o'z o'qi bo'ylab cho'zilgan, hujayra uchlari to'mtoq yoki biroz etilgan bo'ladi. Hujayra qobig'i sellyuloza hisobiga qisman qalinlashadi, shuning uchun ular tiriklik xususiyatini saqlab qoladi. Kollenximaning xarakterli xususiyati hujayralarida xloroplastning uchrashidadir. Hujayra qobig'ining qalinlashish xarakteriga ko'ra burchakli, plastinkali va g'ovak kollenxima turlari farq qilinadi. Kollenxima poyalarda, barg bandlari va barg yaproqlarida kuzatiladi. U qovoq poyasining birlamchi po'stlog'ida, kartoshkagulda, kartoshkada va marmarakda ham yaxshi taraqqiy etgan bo'ladi. Plastinkali kollenximada hujayralarning tangental devorlari ichki va tashqi tomonlari qalinlashadi. Plastinkali kollenxima poyalarda olma, yertut va qoraqatning barg bandlarida uchraydi. G'ovak kollenximada hujayra oraliqlari yaxshi rivojlangan. Bunday hujayralarda faqat hujayra oraliqlari bilan chegaralangan qismlari qilanlashadi. G'ovak kollenxima oq sho'ra, rovoch va boshqa o'simliklarning poya va barg bandlarida uchraydi. Kollenxima faqat mexanik vazifani bajarib qolmay, balki assimilyatsion vazifani ham bajaradi. Barg plastinkasida kollenxima o'tkazuvchi boylamlarni ostki va ustki tomonlaridan o'rab turadi. Shunday qilib, kollenxima birlamchi kelib chiqishga ega va yosh o'suvchi organlar uchun xarakterli mexanik to'qima hisoblanadi. Sklerenxima. Sklerenxima muhim mexanik to'qima hisoblanib, o'simlikning ildiz, poya kabi o'q organlari va o'tkazuvchi nay tolali boylamlar tarkibiga kiradi. Ko'pchilik o'simliklarda uni birlamchi po'stloqda va perisiklda mexanik halqa sifatida yoki mexanik to'qima boylamlari sifatida uchratish mumkin. Sklerenxima hujayralari uzun prozenxima va 11-rasm. Kollenximaning turli ko'rinishi. A- plastinkasimon; B- g'ovakli; V- burchakli. bir-birlari bilan juda zich joylashib, uchi o'tkirlashgan tolalar shaklini oladi. Hujayra qobig'i bir tekis qalinlashadi va unda qavat-qavat tuzilish ifodalanadi. Qavat-qavatlilikning yaxshi rivojlanishi natija-sida, hatto hujayra bo'shlig'i, ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
285.84 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
285.84 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: doc