Mexanik, o'tkazuvchi, ajratuvchi va asosiy to'qimalar. Ildiz morfologiyasi. Ildizni fizologik va anatomik tuzilishi

Mexanik, o'tkazuvchi, ajratuvchi va asosiy to'qimalar. Ildiz morfologiyasi. Ildizni fizologik va anatomik tuzilishi

O'quvchilarga / Botanika
Mexanik, o'tkazuvchi, ajratuvchi va asosiy to'qimalar. Ildiz morfologiyasi. Ildizni fizologik va anatomik tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Mexanik to'qima, ularning vazifasi 2. O'tkazuvchi to'qima, ularning vazifasi 3. Asosiy to'qima, ularning vazifasi 4. Ajratuvchi to'qima, ularning vazifasi 5. Hazm bezlari va osmaforlar 6. O'simlik organlari (Organografiya) 7. Ildiz morfologiyasi 8. Ildizning anatomiyasi 9. Birlamchi ildizning anatomiyasi 10. Ikkilamchi ildizning anatomiyasi 11. Shakli o'zgargan (metamorfoz) ildizlar. 12. Ildizdagi tugunak bakteriyalar va mikoriza Mexanik to'qima Mexanik to'qima o'simlik organlariga kattalik berib turadi. O'simliklarning tik o'sishiga imkoniyat tug'diradi. Mexanik to'qima o'simlik organlariga qattiqlik berib turishdan tashqari elastiklik ya'ni egiluvchanlik, bukuluvchanlik berib turadi. O'simlik organlarida mexanik to'qima bo'lmaganda edi o'zining tanasini tutib tura olmagan bo'lar edi. Shamol ta'sirida sinib ketgan bo'lar edi. Mexanik to'qima kelib chiqishi jixatidan 2 ga bo'linadi. 1. Parenxim xujayradan kelib chiqqan mexanik to'qima. Shakli parenxim xujayraga o'xshash. 2. Prozenxim xujayradan kelib chiqqan mexanik to'qima. Shakli prozenxim xujayraga o'xshash. Parenxim xujayradan kelib chiqqan mexanik to'qima 2 xil bo'ladi: 1.Kollenxima. 2.Sklereid. Prozenxim xujayradan kelib chiqqan mexanik to'qimaga sklerenxima kiradi. Biz bular to'g'risida aloxida to'xtalib o'tamiz. Kollenxima. Kollenxima xujayra po'stining notekis qalinlashganligi bilan xarakterlanadi. Xujayralarning po'stlari juda erta, xujayralar endigina bo'yi va eniga o'sa boshlayotgan paytda qalinlasha boshlaydi. Kollenximaning xujayra po'sti sellyulozadan tashkil topgan. Shuning uchun ham kollenxima xujayrasi tirik bo'ladi. Kollenximaning asosan 2 xili ko'proq uchraydi. 1. Burchaksimon kollenxima. 2. Plastinkasimon kollenxima. Burchaksimon kollenxima xujayraning burchaklari juda qalinlashgan bo'ladi. Plastinkasimon kollenximada xujay-raning tangental devorlari boshdan oyoq juda qalinlashgan bo'lib, radial devorlari yupqaligicha qoladi, ya'ni tashqi va ichki tomoni qalin yon tomonlari esa yupqaligicha qoladi. Ba'zan kollenxima xujayralarida xlorofil donachalari bor. Bunday xujayralarda fotosintez protsessi bo'lib turadi. Kollenximaning o'sish poyasida, barg bandida, yo'g'on tomir o'tgan qismida uchratish mumkin. Oshqovoq poyasida burchakli kollenxima uchraydi. Kollenxima 2 pallali o'simliklar orasida keng tarqalgan.Bir pallali o'simliklarda uchragan taqdirda ham faqat poya bo'g'imlari atrofida bo'ladi. Sklereidlar. (toshsimon to'qima). Sklereidlarning xu-jayra po'sti juda qalinlashgan. Shuning uchun ham sklereid xujayrasi o'lik bo'ladi. Ba'zi sklereidlar xujayra po'stida lignindan tashqari qum-tuproq xamda ohak bo'ladi. Sklereidlarni yog'och tipdagi yong'oq, o'rmon yong'og'i va dublarda, meva po'chog'ida,o'rik, shaftoli, olcha, olxo'ri va boshqalarning meva danaklarida, nok, behi mevalarida uchraydi. Yog'ochlik tola(sklirenxima) A. Ko'ndalang kesimi, Б. Uzunasiga kesimi: 1-hujayra po'sti, 2-oddiy teshikcha(plazmodesma), 3-hujayra bo'shligi. Nok mevasidagi toshsimon hujayralar. A-nok mevasi, Б-skleriyd, B-kattalashgan skleriyd, 1-shirali parenxima, 2-hujayra po'sti, 3-4-oddiy teshikcha, 5-hujayra bo'shlig'i. Sklerenxima. O'simlik dunyosida juda ko'p tarqalgan, o'simlik uchun juda katta ahamiyatga ega bo'lgan to'qimadir. Sklerenxima prozenxima shaklidagi qalin devorli,uchlari urchuqqa o'xshab o'tkirlangan xujayradan iborat. Sklerenxima xujayra po'sti lignin bilan sug'orilib yog'ochlangan. Shuning uchun ham sklerenxima o'lik bo'ladi. Sklerenxima o'simliklarning po'stloq qismida joylashgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 71.44 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:16 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 71.44 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga