Mikroelementlarning fiziologik ahamiyati Reja: Mikroelementlarning tabiatda tarqalishi. Mikroelementlarning tuproqdagi formalari. Mikroelementlarning fiziologik jarayonlarga ta'siri. Mikroelementlarning o'simliklar hosildorligiga ta'siri. Mikroelementlarning o'simliklarni chidamligligini oshirishdagi roli. Tayanch so'zlar: Uglevod, mikroelement, oksidlanish-qaytarilish, fotosintez, sintez, sulfidlar, sulfatlar, karbonatlar, plastosianin, polifenoloksidaza, molibden, mis, rux, karbongidraza, fitogormon, reproduktiv organlar, bor. O'simliklarning tanasida asosiy oziqa elementlaridan tashqari juda ko'p mikroelementlar deb ataluvchi kimyoviy elementlar ham uchraydi. Bu elementlar to'qimalarda oz bo'lsa ham yuqori biologik faollikka ega. Ularning har biri ma'lum fiziologik funksiyalarni bajaradi. Shuning uchun biror mikroelementni boshqasi bilan almashtirib bo'lmaydi. O'simlikda ularning miqdori 0,001-0,001 % gacha bo'lishi mumkin. Ular tuproqda, suvda, tog' jinslarida va barcha tirik organizmlarda mavjud. Tuproqda mikroelementlar ikki xil: 1) o'zlashtiriladigan, 2) o'zlashtirilmaydigan shaklda bo'ladi. Birinchisiga suvda va suyultirilgan kislotada erimaydigan tuzlar organik yoki anorganik birikmalarni misol qilish mumkin. Ularning tuproqda ko'p yoki oz bo'lishi tuproq kimyoviy tarkibiga bog'liq. Mikroelementlarning o'zlashtiriladigan shakli suvda oson eriydigan tuzlar bo'lib, ular asosiy manbani tashkil etadi va qishloq xo'jalik o'simliklaridan yuqori hosil olish sharoitini yaratadi. Chunki mikroelementlar o'simlikdagi oksidlanish-qaytarilish, fotosintez, azot va uglevod almashinish jarayonlarida faol ishtirok etadi. Ular fermentlarning faol markaziga kiradi, o'simliklarning kasalliklarga va tashqi sharoitning noqulay omillari ta'siriga chidamliligini oshiradi. Mikroelementlarning yetishmasligi esa hosildorlikning keskin kamayishiga, kasalliklarning paydo bo'lishiga, o'simliklarning o'sish va rivojlanishi to'xtab qolishiga va hatto o'lishiga sababchi bo'lishi mumkin. Marganes. Dastlab Bertran va I.V. Michurinning tajribalari o'simliklar hayotida marganes katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatdi. Tuproqda marganes amorf oksidlar, karbonatlar shaklida, silikatlar tarkibida bo'ladi. O'simliklar marganesni tuproqdan kation (Mn+) shaklida o'zlashtiradi. Uning o'simlikdagi o'rtacha miqdori 0,001 % yoki 1 mgkg quruq massa hisobida bo'ladi. Ayniqsa o'simliklarning barglarida ko'p to'planadi. Masalan, Kruglovaning ko'rsatishi boyicha, 100 g quruq massa hisobiga marganes g'o'za barglarida-24 mg, poyasida - 2 mg, chanoklarda - 4 mg, chigitda - 2 mg va tolasida - 1 mg bular ekan. Marganes fotosintez jarayonida ishtirok etib, suvning fotolizi va kislorodning ajralib chiqishi, SO2 ning qaytarilishida muhim rol oynaydi. Bu mikroelement o'simliklarda shakarlarning sintez qilishini va uning barglardan boshqa organlariga oqimini kuchaytiradi. Marganes nafas olish jarayonida ham ishtirok etib, Krebs siklidagi malatdegidrogenaza va izositratdegidrogenaza fermentlarini faollashtiradi. Marganes o'simliklarning azot o'zlashtirish jarayonida ham faol ishtirok etadi. Nitratlarni o'zlashtirganda qaytaruvchi, ammoniy holdagi azotni o'zlashtirishda esa oksidlovchi sifatida ishtirok etadi. Gidrooqsilaminreduktaza fermentining faol markaziga kiradi va nitratlarning qaytarilishida ishtirok etadi. Marganes nuklein kislotalarning sintezi jarayonida ham ishtirok etadi. Mis. Mis o'simliklarning rivojlanishi uchun zarur mikroelementlardan biridir. Uning zarurligi oziqaviy eritmadagina emas, balki dala sharoitida ham aniq ko'rinadi. O'simliklarda o'rtacha miqdori 0,002 yoki 0,2 mgkg atrofida. Bu miqdor o'simlik ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.7 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.7 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: doc