Mikrosporogenez va otalik gametofitining rivojlanishi changchining tuzilishi

Mikrosporogenez va otalik gametofitining rivojlanishi changchining tuzilishi

O'quvchilarga / Botanika
Mikrosporogenez va otalik gametofitining rivojlanishi changchining tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Mikrosporogenez va otalik gametofitining rivojlanishi changchining tuzilishi Reja: Changdon devori. Tapetum Mikrosporaning shakllanishi Generativ va vegetativ hujayralarning hosil bo'lishi Vegetativ va generativ hujayralarning vazifalari Spermiogenez Chang donasi po'stining tuzilishi Chang donasi rivojlanishidagi anomal o'zgarishlar Otalik gametofitning evolyutsiyasi Meyoz Meyozning gameta tipi Meyozning spora tipi Guldagi changchilar to'plami androtsey (andros - erkak, oikos - uy) deb ataladi. Gulda bittadan (shoyi gul) bir necha yuztagacha (atirgul) changchilar bo'lishi mumkin. Changchilar gulda 3-doirani tashkil qiladi. Ular spiral yoki doira holda joylanishi mumkin. Changchilar soni har bir oila va turkumlar uchun doimiy bo'ladi. Guldagi changchilar rivojlanishning dastlabki davrlarida gulqo'rg'on elementlari kabi bo'rtma shaklda yuzaga kelishidan boshlanadi. Bu bo'rtmaning tashqi qavati epidermis hujayralaridan va epidermis ostidagi meristema hujayralardan tashkil topgan. Keyinchalik bu bo'rtmalarda changdon (uyalar) shakllanadi (rasm). Changdon ko'pincha uzunasiga ketgan va ko'p hollarda juda ingichka bo'lib, go'yo otalik ipining davomidek bo'lib ko'rinadigan bog'lovchi bilan bir-biridan ajralgan ikkita nimtadan iborat bo'ladi. Changdon otalik ipiga qo'zg'almaydigan, goho tebranib turadigan bo'lib bog'langan. Bog'lovchi qismning chekkasida changchilar tabaqalashib, changchi ipidan boshlanadigan prokambial bog'lamlarni o'raydigan maxsus hujayralar hosil bo'ladi, ular changchilarni rivojlanishida fiziologik faol vazifani bajaradi. Changdonning har bir yarmi o'simliklarning juda ko'pchiligida bo'yiga ketgan to'siq bilan ikkita chang xonasi yoki chang xaltasiga bo'linadi. Arxesporiy. Changchi rivojlanishining dastlabki davrlarida har bir uyada epidermisning subepidermal qavatida bir yoki bir nechta hujayra tabaqalashadi. Ular birlamchi arxesporiyning hujayralariga aylanadi. Arxesporiy hujayralarning tsitoplazmasi bir muncha quyuq, donador, vakuolalari kam bo'lib, yadrosi va yadrochalari katta bo'ladi. Turli sistematik guruhlarga mansub o'simliklarda arxesporiy hujayralarining soni turlicha bo'lib, ular mitoz bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Keyinchalik changdon rivojlanishi bilan arxesporiy tangental yo'nalishda to'siqlar hosil qilib, parietal hujayralar va arxesporiyning ikkilamchi hujayralarini, yani sporogen to'qimani hosil qiladi. Changdon devori. Epidermis hujayralari va uning parietal qavat hujayralari birgalikda changdon devorini hosil qidadi. Parietal qavatning hujayralari periklinal bo'linib, ikki qavat hujayralarni hosil qiladi. Ulardan epidermisga taqalib turgani - tashqi, ikkilamchi arxesporiysporogen to'qima tomondagi - ichki qavatga aylanadi. Tashqi subepidermal qavatning hujayralari keyinchalik fibrioz qavatga, yani endotetsiyga aylanadi. Uning hujayralarini po'stida odatda fibriozli yo'g'onlashmalar hosil bo'lib, chang donalari etilganidan keyin changdon uyalarini ochilishiga xizmat qiladi. Ichki qavatning hujayralari yana bir marta bo'linishi natijasida o'rta va tapetum qavatlar hosil bo'ladi (rasm). rasm. Changdon uyalarining hosil bo'lishi. e -epidermis; s -subepidermal qavat; End. -endotetsiy; d - tapetum qavat; a- arxesporiy; Yuqorida bayon qilinganlardan shunday xulosa qilish mumkinki, yopiq urug'li o'simliklarning ko'pchiligida changdon devori to'rt qavat hujayralardan: epidermis, endotetsiy, o'rta va tapetum qavatlaridan iborat. Ayrim o'simliklarning changdon devori o'rta qavat hujayralarining bo'linishi natijasida beshinchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.09 MB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.09 MB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga