Mineral elementlarning yutilish mexanizmi

Mineral elementlarning yutilish mexanizmi

O'quvchilarga / Botanika
Mineral elementlarning yutilish mexanizmi - rasmi

Material tavsifi

Mineral elementlarning yutilish mexanizmi Reja: Mineral moddalarning radial transporti va uning xususiyatlari. Mineral moddalarning ksilema shirasi orqali transport mexanizmi. Ionlarning membranalar orqali transport mexanizmi. Sust va faol transportlarning asosiy xususiyatlari. Ionlar antogonizmi va tenglashtirilgan eritmalar. O'simliklarning tabiiy tuproqdan oziqlanishi. Tayanch so'zlar: Mineral moddalar, yutilish, mexanizm, transport, radial, ksilema shirasi, hujayra po'sti, hujayra membranasi, diffuziya, lipofil, gidrofil, ion kanallari, aktiv tashuvchilar, nasoslar, ekzositoz, endositoz, faol sust, transportlar, apoplast, simplast, antogonizm, sinergizm, tenglashtirilgan eritmalar, tuproq, neytral, nordon, ishqoriy, mexanik, fizik, fiziko-ximik, biologik yutishlar. Fanda ancha vaqt o'simlik ildizlariga tuproqdan mineral moddalarning kirishi transpirasiyaga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq, ya'ni transpirasiya kuchi ta'sirida suvning o'simlik ildizlariga va so'ngra tana orqali barglarga qarab harakat qilish jarayonida juda suyuq tuproq eritmasi ham deyarli o'zgarmasdan o'simlik ildizlariga kiradi, degan fikr hukm so'rgan. Keyingi yillardagi tekshirishlar, bu jarayonning ancha murakkab ekanligini va o'simlikka kirib unda to'planayotgan mineral moddalarning miqdoriga mo'tanosib bo'lganligini ko'rsatdi. Shunday qilib, o'simlik ildizlariga mineral tuzlar uzluksiz so'riladigan suv bilan passiv ravishda kiradi, deyilgan tushunchaning asossiz ekanligi aniqlandi. Lekin bundan mineral tuzlarning o'zlashtirilishida transpirasiya oqimi hech qanday ahamiyatga ega emas degan ma'no chiqmaydi. Chunki ildiz hujayralari orqali traxeya va naylarga o'tgan mineral moddalar, ksilema shirasi holatida o'simliklarninng boshqa organlariga transpirasiya kuchi orqali taqsimlanadi. Mineral elementlarning hujayraga yutilishi dastavval hujayra po'stidan boshlanadi va so'ngra membranada davom etadi. Hujayra po'sti asosan sellyuloza, gemisellyuloza va pektin moddadan iborat. Pektin moddasi o'z tarkibida karboqsil gruppalarni saqlaydi va kation almashinuv xususiyatiga ega bo'ladi. Bu esa musbat zaryadlangan moddalarni to'plash sharoitini yaratadi. Natijada ionlar tuproq eritmasidan hujayra po'stiga diffuziyalanadi. Diffuziyalanish jarayonida po'stdagi erkin bo'shliqlar to'lib, ionlar konsentrasiyasi tashqi eritmaning konsentrasiyasiga tenglashguncha davom etadi. Hujayra po'stidagi erkin bo'shliqlar o'rtacha 5-10 hajmga ega bo'lib, po'stdagi molekulalararo, plazmalemma hamda po'st o'rtasidagi bo'shliqlar yig'indisidan iborat. Erkin bo'shliqlarning mineral ionlar bilan to'lishi oddiy diffuziyaga asoslangan. Uning konsentrasiyasi tashqi eritma konsentrasiyasiga bog'liq. Tuproq eritmasining konsentrasiyasi o'zgarishi erkin bo'shliqdagi elementlar miqdoriga ham ta'sir etadi. Masalan, ildizlar toza suvga solinsa erkin bo'shliqdagi ionlar suvga qaytib chiqadi. Ionlarning po'stdagi erkin bo'shliqlardan sitoplazmaga o'tkazilishi almashinuv adsorbsiyasiga asoslangan. ya'ni sitoplazmadagi nafas olish jarayonida hosil bo'lgan H+ kationlarga va HCO3- (OH-) yoki organik kislotalarning anionlari mineral moddalarning anionlariga almashinadi. Ildizning suruvchi qismi bilan tuproq zarrachalari umumiy kolloid tizimni hosil qiladi va u moddalarning adsorbsiyalanishida muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Ildiz tukchalari odatda tuproq zarrachalariga mahkam yopishadi va shu tufayli o'simlik ildizlarida almashinish reaksiyalari ancha yengil bo'ladi. Sitoplazmaga o'tgan ionlar metabolizm jarayonida ishtirok etadi. Agar moddalar lipidlarda eruvchan bo'lsa, u holda ular membrananing lipid fazasida oddiy diffo'zlanadi. Lipofil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.66 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.66 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga