Moddalarning ajralishi

Moddalarning ajralishi

O'quvchilarga / Botanika
Moddalarning ajralishi - rasmi

Material tavsifi

Moddalarning ajralishi Reja: О'simliklarda maxsus ajratmalar tizimining faoliyati Polisaxaridlarning ajralishi Oqsillarning ajralishi. Tuzlarning ajralishi. Terpenoidlarning ajralishi О'simliklarning ekskretor tizimlari О'simliklardan moddalar ajralishi jarayoni keng tarqalgan bо'lib bir xil vazifalarni bajarishi mumkin. Masalan, zararlanishdan va hujayraga infeksiya kirishidan hujayra devori himoya qiladi. Hujayra devorining о'zi esa sitoplazmadan kelayotgan polisaxaridlar va boshqa birikmalardan sintezlanadi. Shuningdek, shilimshiq polisaxaridlar tufayli bir qancha organlar masalan, ildiz tukchalari changi yeaychalar va boshqalar himoyalanadilar. Barglar yuzasida himoya vazifasini bajaruvchi mumli ajratmalarning ham о'simliklarning о'sishi va rivojlanishidagi ahamiyati katta. SHо'rlangan muhitlarga о'suvchi galofit о'simliklar hujayralarida ionlar nisbatining doimiyligini ham hujayralarning ajratmalari asosida faoliyat kо'rsatadigan tuz bezchalari va tuz tukchalari ta'minlaydi. Avval aytib о'tganimizdek, hasharotxо'r о'simliklarda oziqning hujayra tashqarisida hazm bо'lishi ham hujayra ajratmalari-fermentlar faoliyatiga bog'liqdir. Nektarning ajralishi esa gullarning changlanishiga va boshqa hollarga sababchi bо'ladi. О'simliklar metobolizmining mahsulotlari atrof-muhitga kuchli ta'sir kо'rsatadi. Masalan, ildiz ajratmalari tuproqning faqatgina fizik-kimyoviy xossalariga ta'sir etib qolmasdan, balki unda yashayotgan organizmlar avvalo mikrofloraga katta ta'sir qiladi. mgs.о'simlik 24-rasm. О'simlik ildizlaridan moddalarning chiqishi va unga kirishning ritmi. (Gunar 1957 V.V Kuznetsov G.A Dmitriy Yeva 2005 bо'yicha). О'simliklarning hayot faoliyati natijasida har yili atmosfera havosiga 175 mln tonna uchuvchan uglevodorodlar, terpenoidlar va shu jumladan, о'simliklar tomonidan efir moylari ajraladi. Suv о'tlari tomonidan gedrosferaga ajratiladigan ajratmalar ular tomonidan о'zlashtirayotgan umumiy uglevodorodning 20-40% qismini tashkil qiladi. Efir moylari kabi kuchli qaytarilgan uchuvchi medobolitlarning chiqarilishi о'simliklarning modda almashinuvini muvofiqlashishiga olib keladi. Evolutsiya davomida uchuvchan moddalarning ajralishi xususiyatlarini saqlanib va mustahkamlanib borishi boshqa hollar uchun ham foydalidir. Masalan, ayrim organizmlardan saqlanish yoki ayrimlarini chaqirishda ajratmalarning о'rni beqiyosdir. Shuningdek, hujayra ajratmalari tufayli atrof muhit о'simliklarni ayrimlarining о'sishi va rivojlanishi kuchayishi yoki susayishi fitogenozdagi о'simliklarning о'zaro munosabatlarini belgilaydi. О'simliklar jamosidagi bunday kimyoviy munosabatlar allelopatiya deyiladi. Moddalarning ajratishning uslublari. О'simliklarda ham xuddi hayvonlardagi kabi moddalarning ajralishi faol yoki kuchsiz bо'lishi mumkin. Modda almashinuvi mahsulotlarning konsentratsiya gradiyenti bо'yicha kuchsiz ajralishi sekretsiya faol tashiluvi rо'y berib metabolik energiya sarflanishi bilan boradi. О'simliklarda ham xuddi hayvonlardagi kabi moddalar ajralishining 3 ta, ya'ni merokrin, apokrin va galokrin tiplari kuzatiladi. 1. Sekretsiyaning merokrin tipi ham ikki hil bо'ladi. Bular: a) membranalar orqali bо'ladigan hamda ionlar nasosi yoki faol tashuvchilar ishtirokida bо'ladigan erkrin sektetsiyasi. b) granulokrin sekretsiyasi-ajratmalarning membranaga о'ralgan, ya'ni pufakchalar (vezikulalar) holida ajralib plazmalemmalar bilan uchrashganda yoki vakuolaga kirganda ta'sir qiladi. 2. Apokrin sekretsiyasi. Bunda ajraluvchi modda sitoplazmaning bir qismi bilan qо'shilib chiqadi. Masalan, galofit о'simliklardagi tuz ajratuvchi bezlar boshqachalarining uzlib tushishi. 2. Galokrin sekretsiyasi. Bunday holda hujayraning sekretsiyaning о'ta faolligi butun hujayra ajratmaga aylanadi. Masalan, ildiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga