Moyli urug'larni chaqish

Moyli urug'larni chaqish

O'quvchilarga / Botanika
Moyli urug'larni chaqish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Yog'li urug'larni po'chog'ini ajratish. 2. Yog'li urug'larni po'chog'ini ajratish ahamiyati. 3. Urug'larni po'chog'idan ajratish bosqichlari. 4. Urug'lar po'chog'ini chaqish usullari. 5. Kungaboqar pistasini po'chog'idan ajratish. 6. CHigitni shulxadan ajratish - gullerlash. 7. Maydalangan moyli urug'larni tarkibiy qismlarga ajratish 8. CHaqilgan urug'ni mag'z va puchogini ajratishdan maqsad va usullari. 9.Kungaboqar mag'zni qobiqdan ajratish. 10.Paxta chigitini mag'zini qobig'idan ajratish 11.Rushankani elektroseparatorda tarkibiy qismlarga ajratish. Yog'li urug'larni po'chog'ini ajratish Yog'li urug'larni po'chog'ini ajratish ahamiyati.Moyli urug'lar hujayralarida, moy bir tekis taksimlangan bo'lib ko'p miqdordagi moy mag'zida tuplangan urug' va mag'zni urab turuvchi qavatlarda moy kam miqdorda bo'lib, bu moylar tarkibi jihatdan mag'z tarkibidagi moydan farq qiladi. Turli moyli urug'lardan mag'z va qobig' o'rtasidagi o'zaro nisbatan turlicha bo'lib, u naviga va ustirilgan tabiiy iqlim sharoitiga qarab uzgarib turadi. Yuqori sifatli moy shrot va kunjara olishda moyli urug'ni chaqish va uning qobig'ini ajratish asosiy va muhim jarayon hisoblanadi. Mag'z va qobig'ning o'zaro munosabati uni qobig'ini ajratib qayta ishlaganda, u qurilmalarning ish unumdorligiga, olinayotgan mahsulotlar sifatiga va sheluxa, shrot, kunjara va moyning chiqishiga ta'sir etadi. Moyli urug'lar, urug' qavat, mag'z qavatning xarakteri va bog'liqligini mustahkamligiga ko'ra ikki gruppaga: - qobig'li moyli urug'lar; - qobig'siz moyli urug'larga bo'linadi. Qobig'li moyli urug'lar kungaboqar, paxta chigiti, qayta ishlashda mag'z urug' qobig'idan ajratilib qayta ishlanadi. Yog' olish oson bo'lishi va chiqindilarga qo'shilib ko'p yog' nobud bo'lmasligi uchun yog'li urug'lar po'chog'idan ajratiladi. Deyarli hamma yog' urug'larning po'chog'i bo'ladi. Ba'zi urug'larnikida buyoq ko'p bo'lganligi uchun yog'ni qoraytirib yuborishi mumkin. Serpo'chog' kunjara tarkibida yog' ko'p qoladi. Shuning uchun yog'li urug'lar turli mashinalarda po'chog'idan ajratiladi. Masalan, kungaboqar pistasi, chigit, gorchitsa, loviya, yeryong'oq va shunga o'xshashlarning po'chog'i qattiq, zig'ir, indovlarniki yumshoq bo'ladi. Shuning uchun ular har xil mashinalarda po'chog'idan ajratiladi. Moyli urug' qobig'ini ajratmasdan qayta ishlansa undan olingan moyning sifati past bo'lib, mazasi va xidi yomonlashadi, kislota soni va rangi katta bo'ladi va saqlash muddati qisqaradi. Tekshirishlardan shu narsa ma'lumki qobig'i ajratilmasdan qayta ishlangan chigitning shroiti moyliligi, qobig'i ajratib olingan chigitning olingan shrot moyliligidan katta bo'ladi. Chunki qobig' murt bo'lib, u moyni uziga yutadi, uning natijasida moyning chiqishi kamayib, chigitiga chiqishi ko'payadi. Qobig'ini ajratishini yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bu maydalash va presslash ekstraktsiyalash jarayonlarini yengillashtiradi. Chunki qobig'ning mexanik mustahkamligidan bir necha marotaba katta bo'lib, u qurilmalarning yeyilishini tezlashtiradi va foydali ishlashini kamaytiradi. Yuqori sifatli moy va oqsili ko'p bo'lgan shrot olishda imkon qadar maksimal miqdorda mag'z qobig'ini ajratish kerak. Ayniqsa oziq-ovqat uchun ishlatiladigan soya shroti olishda, xantaldan meditsinada va oziq-ovqatda ishlatiladigan xantal kukuni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 787.35 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 787.35 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga