Moyli urug'larni moy ajratishga tayyorlash texnologik sxemasi

Moyli urug'larni moy ajratishga tayyorlash texnologik sxemasi

O'quvchilarga / Botanika
Moyli urug'larni moy ajratishga tayyorlash texnologik sxemasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.O'rta tolali paxta chigitini moy ajratishga tayyorlash jarayonining texnologik sxemasi. 2. Ingichka tolali paxta chigitini moy ajratishga tayyorlash jarayonining texnologik sxemasi. 3. Kungaboqar urug'ini moy ajratishga tayyorlash jarayonining texnologik sxemasi. 4. Soya urug'ini moy ajratishga tayyorlash jarayonining texnologik sxemasi. O'rta tolali paxta chigitini moy ajratishga tayyorlash jarayonining texnologik sxemasi hozirgi vaqtda sanoatda moyli xom ashyolarni moy ajratishda tayyorlashda turli texnologik sxemalar qullanilmoqda, bu texnologik sxemalar xom ashyo turiga, texnologik qurilmalarning birin-ketin quyilganligiga va ularning soniga qarab turli ishlab chiqarish quvvatiga ega. 17-rasmda o'rta tolali paxta chigitini moy ajratishga tayyorlash jarayonining texnologik sxemasi ko'rsatilgan, paxta chigiti saqlash omboridan 1 shnekli transpartyor orqali 2 qabul qilish bunkeriga uzatiladi, qabul qilish bunkeri ishlab chiqarishga zarur bo'lgan chigitni miqdorini bir m'eyorda uzatilishini ta'minlaydi. Bunkerdagi chigit 3 shnek orqali 49 avtomatik tarozilarga uzatiladi, avtomatik tarozilar ostiga bunkerlar o'rnatilgan bo'lib, ulchangan chigit 48 shnek orqali chigitni aralashmalardan tozalaydigan USM agregatiga uzatiladi, bu yerda chigit mineral va organik aralashmalardan tozalanadi. 47,45,43 qabul qiluvchilarda havo oqim ta'sirida chigit tarkibidagi anorganik moddalar chigitdan ajralib 44 shnekga tushadi va undan 46 bunkerga kelib yig'iladi. 8,11,15 inertsion separatorda pishmagan urug' va bir qism yetilgan urug' 41 shnekga kelib tushadi. Ifloslangan urug'lar havo oqim 6,9,13 va 18 ventilyatorlar orqali tozalanish uchun 7,10,14,17 siklonga yuboriladi,siklonda havo oqim tarkibidagi organik aralashmalar (momiq,chup, va bosh.) dan tozalanib atmosferaga chiqarib yuboriladi. siklonda ajratilgan aralash moddalar 16 bunkerga yig'iladi. 4,5,12 chuktirish kameralarida tozalangan chigit 41 shnekga tushadi va shnek orqali namligi bo'yicha kondentsiyalash uchun 42 namlash qurilmasiga kelib tushadi. Bu yerda zarur bo'lgan namlikgacha namlangan chigit 40 noriya orqali 19 shamollatish shnekiga uzatiladi, bu yerda 20 ventilyator orqali yuborilayotgan havo orqali chigit sirtidagi namlik shamollatiladi. Shundan keyin chigit 22 lentali transpartyori orqali 24 tarkatish shnekiga kelib tushadi va undan birinchi marta chaqish uchun 23 diskali shelushitelga uzatiladi, birinchi bosqich shelushitelda 70-75% chigit chaqiladi. Birinchi bosqich shelushiteldan oldin 21 magnitli separator quyilgan. Birinchi bosqich shelushiteldan tushayotgan rushanka, 25 ikki ramali tebranma elakda bir qism rushankadan mag'z ajratiladi, bu yerda ajratilgan mag'z 30 va 36 shneklar orqali yanchish uchun 34 valtsovkaga yuboriladi. Qoldiq rushanka 39 shnek orqali birinchi bosqich shelusheniyadan keyingi bitter separatorga kelib tushadi va bu yerda ham bir qism mag'z ajraladi. Bitter separatorda ajratilgan mag'z 36 shnek orqali yanchishga, chaqilmagan chigit va sheluxa aralashmasi 37 shnek orqali 25 noriyaga va undan ikkinchi bosqich shelusheniya uchun 27 diskali shelusheltaga uzatiladi. Ikkinchi shelusheniyaga hamma chigit tuliq chaqilib, rushanka shelushitel ostidagi 29 ikki ramali tebranma elakga tushadi, elakdan utgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.96 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.96 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga