Moyli urug'larni namligi bo'yicha konditsiyalash

Moyli urug'larni namligi bo'yicha konditsiyalash

O'quvchilarga / Botanika
Moyli urug'larni namligi bo'yicha konditsiyalash - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Urug'larni quritish maqsadi. 2.Urug'larni quritish jarayonida ko'zatiladtgan o'zgarishlar 2.1.Urug'larning sorbtsion xususiyatlari. 2.2.Kritik namlik. 3.Moyli urug'larni quritish. 3.1.Quritish usullari. 3.2.Moyli urug'larni quritish vaqtida ro'y beradigan biokimyoviy jarayonlar. 4 Moyli urug'larni namligi bo'yicha konditsiyalash. 4.1.Moyli urug'larni namligi bo'yicha kondintsiyalashdan maqsad. 4.2.qayta ishlashda moyli urug'larning optimal namligi. 4.3.Paxta chigitini VNIIJ qurilmasi yordamida namlash. 1. Urug'larni quritish maqsadi Moyli xom ashyolarni namligi bo'yicha normalashtirishning eng ko'p qo'llaniladigan usuli bu quritishdir. Quritish moyli urug'ning namligini tezda kamaytirib uni uzoq muddatda buzilmasdan saqlanishini ta'minlaydi. Quritish moyli urug'ni saqlashga tayyorlashga va qayta ishlashga yuborishga muhim texnologik jarayon hisoblanadi, chunki urug'ning optimal namligi uni qayta ishlashni ta'minlaydi. Namligi 6-8 % atrofida bo'lgan quruq chigitlarni, qayta ishlaganda chigit mag'zi shuluxa ajratish mashinalarida maydalanib ketadi, bu narsa shuluxaning yog'lanishiga sabab bo'ladi, natijada ancha moy nobud bo'ladi. Bundan tashqari quruq chigit maydalaganda moyli chang hosil bo'lib, portlovchi havo aralashmasini hosil qiladi. Moyli urug'ning optimal namligi uning maydalanishi, qobig'idan ajralishi, mag'zni ezilishi, qovurish va moy ajratish jarayonlarini effektivligini belgilaydi. Namligi yuqori bo'lgan moyli urug'ni saklaganda uning tarkibidagi moyning kislota soni oshadi, biokimyoviy jarayonlar tezlashadi va bu urug'ning o'z - uzidan kizishiga va buzilishiga sabab bo'ladi. Moyli urug'larni optimal namligigacha quritish ularni sifati va miqdorini saqlashni ta'minlaydi. 2.Urug'larni quritish jarayonida ko'zatiladtgan o'zgarishlar Ma'lumki, moyli urug'lar serkovak kapillyar kalloid moddalar joylashgan bo'lib urug'ning mayda hujayrali strukturasi kapilyarlar bilan tulgan.kalloid moddalar asosan gidrofil xususiyatli oqsillardan iborat. Moyli urug'lar tarkibidagi suv uch xil kimyoviy, fizik - kimyoviy va mexanik bog'langan holatida bo'ladi. 2.1.Urug'larning sorbtsion xususiyatlari. Yog'li urug'lar turli moddalar (shu jumladan suv) ning bug'ini va gazlarini singdirish xususiyatiga ega. Ularning bu xususiyati sobtsion (singdirish) qobiliyati deb aytiladi.Bir vaqtda singdirilgan gaz yoki bug' miqdori sorbtsiya tezligini ifodalaydi.Urug'lar o'ziga xos sorbtsiya (singdirish)xajmiga egabo'lib,ba'an singdirilayotgan suv (gaz) bug'lanib ketishi,ya'ni teskari jarayon ro'y berishi mumkin.Bu holat desorbtsiya deb ataladi. Sorbtsiyada quyidagi jarayonlar boradi: 1. Tashqi diffuziya. Bunda suv bug'lari urug'lar oraligidan utib xar bir dona satxini namlaydi; 2.Ichki diffuziya bunda bug' urug'lar satxidan utib ularning mag'ziga singadi. Tashqi va ichki diffuziya jarayoniga turli faktorlar ta'sir ko'rsatadi. Tashqi diffuziya tezligi haroratga va bug'larning qayishqoqligiga bog'lik bo'lib, harorat qancha yuqori bo'lsa ,diffuziya jarayoni shuncha tez boradi; ichki diffuziya urug'larining tuzilishi va kimyoviy tarkibiga bog'liq; urug' donachalarning qobig'i kancha yumshoq va mag'zi tarkibida suvda tez eruvchan oqsil moddalari kancha ko'p bo'lsa, ichki diffuziya shuncha tez boradi Urug'lar serkovak bo'lganligi uchun suv bug'lari g'ovaklardan utib urug' satxiga yig'ilishi davrida katta bosim hosil bo'ladi va natijada suv molekulalari zudlik bilan singga boshlaydi. Ma'lum muddatdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.05 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.05 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga