Moyli urug'larni saqlash usullari va omborlari

Moyli urug'larni saqlash usullari va omborlari

O'quvchilarga / Botanika
Moyli urug'larni saqlash usullari va omborlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Moyli urug'larni saqlashda qo'yiladigan talablar. 2. Saqlash usullari. 2.1.Quritilgan holatda saqlash. 2.2.Aktiv shamollatish usulida saqlash. 2.3.Sovutilgan holatida saqlash. 2.4.Kimyoviy konservantlar bilan saqlash. 3.Moyli urug'larni saqlash omborlariga qo'yiladigan talablar. 4. Moyli urug'larning saqlash omborlarini turlari. 4.1.Mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilmagan omborlar. 4.2.Paxta chigiti saqlanadigan omborlar. 1. Moyli urug'larni saqlashda qo'yiladigan talablar Moyli urug'larni ishlab chiqarishda saqlashni tashkil etishdan maqsad xom ashyoni yuqolishini kamaytirish, o'z-o'zidan qizishini oldini olish, urug' va uning tarkibidagi moyning sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishni bir ma'romda uzluksiz xom ashyo bilan ta'minlash va ishlab chiqarishda zaxira xom ashyoni hosil qilish. Buning uchun urug'ning hayot faoliyatini maksimal saqlagan holda turli usul va rejimlarni qullash orqali urug' saqlashga chidamli qilinadi. Urug'ni saqlashda quyidagilar hisobga olinadi: Urug'ni saqlashda uning sifatini pasayishiga yul kuymaslik; 2.Urug'ning sifati pasayishiga saqlash rejimiga amal qilmaslik, kuzatishni tashkil etmaslik va saqlash muddatini chuzilib ketishi sabab bo'ladi; 3.Saqlash vaqtida urug'ni sifatini yaxshilash, uni saqlashda tayyorlashda (tozalash, quritish, saralash va boshqalar) amalga oshiriladigan texnologik jaraenlarni bajarish orqali erishiladi; 4.Saqlashda urug' massasini kamayishini minimal miqdorga yetkazish; 5.Saqlashda texnika va texnologiyani qullash orqali sarf bo'ladigan xarajatlarni kamaytirish. Urug'ning holati va sifatiga qarab korxonada mavjud bo'lgan saqlash rejimi tanlanadi. Tanlagan rejimni amalga oshirish uchun saqlanayotgan urug'ning harorati, namligi va uning atrofidagi havoning holati nazorat qilib boriladi. Tanlanayotgan saqlash rejimi urug' massasini va uning alohida kisimlarningfizik va fiziologik xususiyatlarga ta'sir etadigan faktorlarga ko'ra tanlanadi. Urug' massasini saqlashda uning yuqolishi quyidagi sxemada ko'rsatilgan faktorlar ta'sirida bo'ladi. 2. Saqlash usullari hozirgi vaqtda sanoatda moyli urug'larni saqlashning quyidagi beshta usuli mavjud: 1.quritilgan holda saqlash; 2.urug'lar orasidagi bushlikdagi havoni almashtirib saqlash (aktiv shamolatish usuli). 3.sovutilgan holda saqlash (urug' va uning atrofidagi havoning harorati + 10 gradusgacha pasaytiriladi); 4.havosiz joyda saqlash; 5.kimyoviy moddalar bilan ishlov berib saqlash (konservalatsiyalash). Urug'ning quritilgan holda saqlash usuli, past namlikda bo'lgan urug'da fiziologik jarayonlar sekin ketishiga asoslangan bo'lib, bunday erkin suv bo'lmaganligi uchun modda almashinish jaraeni ketmaydi. Erkin suvning bo'lmasligi bu muhitda mikroorganizmlar va xasharotlarning rivojlanishiga noqulaylik tugdiradi. Saklshda optimal namlik kritik namlik qilib olinadi, bundan yuqori namlikda nafas olish tezlashib urug'ida fiziologik jarayonlar tezlashadi. Bu usulda saqlashdan oldin urug' massasi turli konstruktsiyadagi quritish qurilmalarida quritiladi, bunda urug' tarkibidagi mikroorganizmlar va xasharotlar faoliyatiga ham chek quyiladi. Quritish vaqtida urug'ning tovarlik va texnologik xususiyatlari yaxshilanadi. Uzoq muddatda maksimal balandlikga uyum holda saqlanadigan moyli xom ashyolarning namligi quyidagidan oshmasligi kerak: kungaboqar urug'ida 6-7%, paxta chigiti 6-8% va soyada 12%. Aktiv shamollatish - urug' uyumi orasidan havo oqimni o'tkazish. Urug' massasini aktiv shamollatish uning govakligiga asoslangan bo'lib, urug' ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.97 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.97 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga