Reja: Urug' mag'zini yanchishdan maqsad. Mag'z tarkibidagi moyning holati Mag'zni yanchish usullari. Mag'zni yanchishning nazariy asoslari. Ezish jarayonining yog' olishga ta'siri Mag'zni yanchishda fizik-kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar. Mag'zini besh valikli valtsovkada yanchish. . Urug' mag'zini yanchishdan maqsad O'simlik moylari ishlab chiqarishda mag'zni yanchish muhim ahamiyatga ega bo'lgan jarayon bo'lib, bu jarayon qurilmalarining ish unumdorligi va moyning chiqishiga katta ta'sir etadi. Moy olishda xom ashyo turiga qarab urug' (soya), mag'z va kunjara yanchiladi, buning natijasida hosil bo'lgan mahsulotga yanchilma (yanchilma) deb aytiladi va yanchilmadan butun urug' yoki mag'zga nisbatan kam kuch sarflab ko'p moy olinadi. 1.1.Mag'z tarkibidagi moyning holati. Ma'lumki, moyli o'simliklar urug'i shu urug'ning tuqimalarini tashkil qiluvchi juda ko'p hujayralardan tashkil topgan. Xar qaysi hujayra, hujayra po'stidan va protoplazmadan tashkil topgan bo'lib, mana shu protoplazma ichiga moy bir tekisda shimilgan bo'ladi. Shuning uchun ham o'simlik urug'i tarkibidagi moyni ajratib olish uchun mumkin qadar ko'proq hujayralarni parchalash zarur. Qobig'idan ajratilib tozalangan moyli xom ashyoni mag'zini ezish, ulardan moy olish texnologiyasini birinchi bosqichidir. Bu jarayonining maqsadi: 1.Mag'z hujayralarini maksimal miqdorda parchalash. Mag'z qancha yanchilsa, shuncha ko'p hujayralar parchalanadi. 2.Mag'z parchalarini optimal o'lchamda maydalanishini ta'minlash. 3.Mag'zni bir xil maydalanishini ta'minlash. 4.Mag'zga yaproqsimon struktura hosil qilish va buning natijasida keyingi boradigan texnologik jarayonlarini (qovurish, presslash va ekstraktsiyalash) borishini osonlashtirish . Mag'zni yanchish usullari. Bu ish asosan uch xil: 1) ishqalab ezish, 2) bosib yanchish, 3) urib maydalash yo'li bilan bajariladi. Mag'zning yaxshi maydalanishi ularning nam yoki quruq bo'lishiga ham bog'liq. Quruq mag'z uqalanib ketadi va unsimon strukturali bo'lib chiqadi. Bunday yanchilmadan yog' olish qiyin. Mag'zni yanchishning nazariy asoslari Tozalangan chigit mag'zi va boshqa moyli xom ashyoni ezish (yanchish), ulardan moy olish texnologiyasi birinchi bosqichidir. Moy hujayralari ichida oson bushab chiqishi va xom ashyodan maksimal moy olish uchun (A.M.Goldovskiy nazariyasi bo'yicha) mag'zni yanchishda uning hujayralari ichki devorlarini buzish, olingan yanchilma zarrachalari xajmining bir xilda bo'lishini ta'minlash lozim. Mag'z hujayralari qancha ko'p ezilsa, moy shuncha osonlik bilan olinadi va ko'p chiqadi. Shuning uchun mag'zni mayda qilib talkonlash kerak. Lekin shuni esda tutish kerakki juda mayda un qilib yubormaslik kerak, chunki undan yog' olish qiyinlashadi. Uni namlash qiyin bo'ladi, dumaloqlanib qolib ichiga suv kira olmaydi. Shu sababli mag'zni bargsimon shaklda ezish kerak. Bu valtsovka deb ataladigan mashinalarda bajariladi. Mag'z yanchish vaqtida faqatkina mag'zning strukturasi uzgarmasdan uning tarkibidagi moylarning joylashishi ham uzgaradi, tuqimalar ichida joylashgan moy tomchilari tuqimalarining parchalanishi natijasida tuqimalardan ozod bo'lgan moy mag'z sirtiga chiqib yangi hosil bo'lgan sirtni yupqa qavat holda urab oladi. Ajralib chiqayotgan ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:13:38
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.96 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:13 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.96 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:17 ]
Arxiv ichida: doc