Nafas olish timizi

Nafas olish timizi

O'quvchilarga / Botanika
Nafas olish timizi - rasmi

Material tavsifi

Nafas olish ximizmi Reja: A.N. Baxning peroksid nazariyasi va uning mohiyati. V.I. Palladinning vodorodni faollashtirish nazariyasi. Nafas olish va bijg'ishning o'zaro aloqasi. Nafas olish bosqichlari. Anaerob nafas olish. Aerob nafas olish. Krebs sikli va uning mohiyati. Nafas olishning pentozofosfat sikli. Tayanch so'zlar: Peroksid nazariyasi, inert kislorod, faol kislorod, vodorodni faollashtirish nazariyasi, bosqichlari, tenglamasi, nafas olish, bijgish, energiya darajasi, genetik aloqasi, pirouzum kislota, fermentlar, uglevodlar, anaerob, aerob, glikoliz, organik kislotalar, sikllar. Nafas olishning sxematik tenglamasi bu murakkab fiziologik jarayonni to'la xarakterlay olmaydi. Chunki juda ko'p oraliq reaksiyalar sodir bo'ladi. Natijada kimyoviy energiya oz-ozdan ajralib chiqadi va o'zlashtiriladi. O'zlashtirilmay qolganda esa issiqlik energiyasiga aylanadi va tarqaladi. Nafas olishda organik moddalarning kislorod yordamida anorganik moddalarga parchalanishi mazkur jarayonning o'ziga xos xususiyatlari borligini ko'rsatadi. Chunki organizmdan tashqarida bu organik moddalar molekulyar kislorod bilan reaksiyaga kirishmaydi. Nafas olish jarayonining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlab nafas olish ximizmining hozirgi zamon tushunchasiga asos solgan olimlar: A.N.Bax, V.I.Palladin va S.P.Kostichevlar hisoblanadilar. A.N.Baxning peroksid nazariyasi. 1897 yilda A.N.Bax biologik oksidlanishning peroksid nazaryasini ishlab chiqdi. Unga ko'ra atmosferadagi molekulyar kislorod inert holatida bo'lib, organik moddalarni oksidlay olmaydi. Buning uchun uning tarkibidagi qo'sh bog'ning bittasi o'zilishi va faol holatga o'tishi zarur: O = O - O- O- Inert kislorod Faol kislorod Kislorod oson oksidlanuvchi modda (A) bilan birikib qo'sh bog'dan bittasi o'ziladi va peroksid (AO2) hosil qiladi: O A + O2 → A O A.N.Baxning fikricha akseptor (A) bilan birlashib faol holatga o'tgan kislorod boshqa moddani (V) ham oksidlantirishi mumkin: O 2) A + V AO + VO O 3) AO + V VA +VO Natijada akseptor vazifasini bajaruvchi osonlik bilan oksidlanuvchi modda (A) yana ajralib qoladi. Organik modda (V) esa to'la oksidlanadi. A.N.Bax kislorodni faollovchi moddalarni oksigenezalar deb atadi. Oksigenezalarga o'simliklar to'qimasida ko'p tarqalgan har xil kimyoviy birikmalar kiradi. Oksigenezalardagi faollashgan kislorod oksidlanayotgan substratga kuchiriladi. Ma'lum vaqt fanda, bu jarayonda peroksidaza fermenti muhim ahamiyatga ega degan fikr hukm surdi. Lekin 1955 yilda Yaponiyada (O.Xayaishi va boshqalar) va AQSHda (G.S.Mezon va boshqalar) molekulyar kislorodnig organik moddalar bilan birikishi mumkinligini isbotlashdi. hozirgi vaqtga kelib, ma'lum bo'lishicha, A.N.Bax nazariyasining nafas olishga aloqasi yuq. Ammo u nafas olish jarayonining ximizmini o'rganishga yo'l ochib berdi. Chunki bu nazariyada kislorodni faollashtirishning zamonaviy mexanizmini ishlab chiqish uchun asos solingan edi. V.I.PALLADINNING VODORODNI FAOLLASHTIRISH NAZARIYASI. Biologik oksidlanish jarayonining mexanizmini o'rganishda V.I.Palladinning (1912) ishlari muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Uning nazariyasiga ko'ra o'simlik xromogenlari substratdagi vodorodni o'ziga biriktirib oladi va keyinchalik ularni kislorodga o'tkazadi. Bu nazariya boyicha nafas olish ikki bosqichdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.47 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.47 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga