Reja: 1. kurtak 2. Poyalarning xilma-xilligi 3. Poyaning ichki tuzilishi 4. Poyaning bo'yiga o'sishi 5. Oddiy va murakkab barglar. Barglarning shakllari 6. Fotosintez 7. Barglarda organik moddalar hosil bo'lishi 8. Barglarning nafas olishi Tayanch so'zlar: Novda,kurtak,Poyalarning xilma-xilligi,Poyaning ichki tuzilishi, Poyaning bo'yiga o'sishi, Poya (tana) ning eniga o'sishi, Poyada oziq moddalarning harakatlanishi, Shakli o'zgargan yerosti poyalar, Tugunak, Ildizpoya. Poya - o'simliklarning shoxi, barg, gul va mevalarini tutib turadigan, ularni ildiz bilan birlashtiradigan yer usti ve-getativ organidir. U ildiz bilan barglar orasidagi moddalar-ning harakatini ta'minlaydi va o'zida oziq moddalar to'playdi. Poya bilan tananing shakllanishi va bajaradigan vazifasi bir xil, lekin daraxt va ayrim butalarning poyasi tana, bar-cha o'tlarniki poya deb ataladi. Novda.Novda bilan poya tushunchasi bir-biriga juda o'xshab ketadi. Novda daraxt, buta va yarim butalarning o'zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik shoxi. Daraxt va butalarning urugdan unib chiqqan bir yillik niholi ham novda yoki ba'zan poya deb ataladi. kurtak kurtak - bu boshlang'ich poya, barg va gul demakdir. Vegetativ kurtak o'simliklarning boshlang'ich bargli novda-sidir. Har qanday novda kurtakdan hosil bo'ladi. kurtaklar, odatda, barglar qo'ltigida bittadan yoki bir nechtadan joylashadi. O'simliklarning turiga qarab, kurtaklar mayda, yirik va turli shaklda bo'ladi. Terak, magnoliya, chinor, soxta kash-tan, nastarin kabilarning ko'rtagi yirik, tut, tol, qayragoch, o'rik, olma va boshqalarning ko'rtagi nisbatan mayda bo'ladi. Ana shu kurtaklariga qarab o'simliklar turini aniqlash mum-kin. kurtaklar novdada qarama-qarshi, halqa hosil qilib yoki ketma-ket joylashadi. Shuningdek, ular novdaning uchida ham joylashadi. Novdaning uchida joylashgan kurtaklar uchki kurtak, yonida joylashganlari yon kurtak deb ataladi. Quyida ko'pchilikka tanish manzarali o'simlik bo'lgan te-rakning kurtaklari bilan tanishamiz. Ular novdada ketma-ket joylashadi, eng uchidagi kurtak yirik, pastdagilari maydaroq bo'ladi. Terakning kurtaklari tashqi tomondan etli, pishiq qobiq bilan o'ralgan. Bu qobiq ularni, ayniqsa, qishning qattiq so-vugidan saqlaydi. kurtaklar uzunasiga kesib qaralsa, qobigi ostida joylashgan boshlang'ich novdani va zich bo'lib joylashgan boshlang'ich barglarni ko'rish mumkin. O'zbekiston sharoitida kurtaklar janubiy hududlarda (Surxondaryo, Qashqa-daryo viloyatlarida) shimoliy hudud-lardagiga qaraganda oldinroq (yanvar oyi-dan) bo'rtadi. kurtaklarning bo'rtib, yangi barg yoki gul chiqarishi ma'lum bir vaqt ichida o'tadi. Bu davrfaza deyiladi. Yuqorida aytilganidek, kurtaklar gul va barg hosil qiladigan turga bo'linadi. Gul hosil qiladigan kurtaklar, odatda, barg hosil qiladigan kurtaklardan yirik-roq bo'ladi. Masalan, o'rik, bodom, olxo'ri va atirgullarda. O'zbekistonda bahor kelishi bilan o'simliklarning juda ko'pchiligida (terak, chinor, tut, jiyda, atirgul, na'matakda) barg kurtaklaridan barg, gul kurtaklaridan gul chiqadi. 0'rik, bodom, olxo'ri, olcha, shaftoli kabi-larda dastlab gul kurtaklaridan gul yozilib, so'ngra barg kurtaklaridan barg chiqadi. POYALARNING XILMA-XILLIGI O'simliklar turiga, qaysi mintaqada va qanday ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
614.36 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
614.36 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:17 ]
Arxiv ichida: doc