Novda tuzilishi va hayotchanligiga asosan o'simliklarning vegetativ orgailarini klassifikatsiyalash

Novda tuzilishi va hayotchanligiga asosan o'simliklarning vegetativ orgailarini klassifikatsiyalash

O'quvchilarga / Botanika
Novda tuzilishi va hayotchanligiga asosan o'simliklarning vegetativ orgailarini klassifikatsiyalash - rasmi

Material tavsifi

Novda tuzilishi va hayotchanligiga asosan o'simliklarning vegetativ orgailarini klassifikatsiyalash Reja: Novda va poyaning tuzulishi hamda shakllanishi Barcha gulli o'simliklarning novdalari shakl tuzili-shi va hayotchashshgiga qarab daraxt, buta, chala buta va o't o'simliklarga bo'linadi. Daraxg - ko'p yillik o'simlik bo'lib, hayotining butun davomida yaxshi rivojlangan tanaga ega. Tana bo'yiga va eniga o'sadi. Tananing shoxlanishi akroton, (yunon. ak-ros - uch; genos - hosil bo'lish) hayotchanligi esa bir necha o'n yildan, yuz yilgacha va bazan ming yilgacha bo'lishi mumkik. Dunyoda eng ko'p yashaydigan daraxt sekvoyya yoki mamont daraxtidir. Bu daraxtning vatani Shimoliy Ame-rikadagi Koliforniya yarim oroli. U yerdagi bazi ma-mont daraxtlarining yoshi ming yilga tengligi aniqlan-gan. Afrika hamda Hindistonning tropik o'rmonlarida o'suvchi baobab daraxxi ham shular jumlasidandir. Yer yuzida o'sadigan eng baland daraxtlar ekvator atro-fidagi tropik o'rmonlarda uchraydi. Bu daraxtlarning uzunligi 50-80 m va bazan undan ham uzun bo'ladi. Masa-lan, Avstraliya mintaqasining o'rmonlarida o'sadigan ev-kaliptlarning uzunligi 150 m ga etadi. Daraxtlar o'sish xususiyatiga binoan har xil: tik poyali (qarag'ay, terak, zarang va boshqalar), daraxtsimon liana (ispan. lian - chirmashmoq) shaklida bo'ladi. Liana shaklidagi daraxtlar faqatgina tropik va sernam subtro-pik o'rmonlarida uchraydi. O'rta Osiyoda o'sadigan tok (uShz) daraxtsimon lianalarga kiradi. Tik poyali daraxtlar shox-shabbali bo'lib, tashqi qiyofa-si har xil: sada, piramida shakli shabba (masalan, tuya, archa, terak), yoyiq shabba (baqaterak, yong'oq, tut, chinor va boshqalar). Yopiq shabbali daraxtlar Afrika va Avstraliya savan-nalarida (yakka hodda o'suvchi katga-kichik daraxtlar) ko'proq uchraydi. U erlarda nam ozroq, yorug'lik ko'p bo'ladi. Shu sababli u yerda o'sadigan daraxtlarning shox-shabbasi ko'p (masalan, soyabonsimon akatsiya - 57-rasm). Avstraliya va Meksika savannalarida o'sadigan braxixiton degan daraxt-ning bo'yi past bo'lib, poyasi xuddi bochkaga o'xshashdir (58-rasm). Umuman, ekvatordan uzoqlashgan sari issiq va sovuq iqyaimli o'rmonlarda o'sadigan tik poyali va yoyiq shox-shabbali daraxtlarning bo'yi past bo'ladi. O'rta Osiyo tog'-larida o'sadigan turkiston archasi va pista past bo'ladi, yoyiq shox-shabbali daraxtlarga misol bo'ladi. 1-rasm. Soyabonsimon daraxt. Braxixiton daraxti. Daraxtsimon lianalar tropik o'rmonlarda o'sadi. Ma-salan, Osiyo tropik o'rmonlarida o'sadigan rotang palma-sining poyasi 2-4 sm bo'lib, uzunligi 300 m dan ham or-tiqroqdir. Ular yorug'liqqa intilib, bir daraxtdan ik-kinchisiga ilmoqlari - gajaklari yordamida yopishib o'sadi. Butalar - bo'yi 2-3 m dan oshmaydigan, tana va shox-chalari yog'ochlangan ko'p yillik sershox o'simlik. Birinchi asosiy novdaning ildiz bo'yinchasidagi uxlovchi kurtak-laridan yosh novdalar juda tez o'sib bir nechta tanani hosil qiladi. Shu xususiyati bilan ular daraxtlardan farq qila-di. Butalarning hayotchanligi har xil, ular juda ko'p yil-lar davomida o'sishi mumkin. Lekin har bir tananing o'rtacha yoshi 20-40 yildan oshmaydi (zirk, uchqat, bodom, anor va boshqalar). Butalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 97.58 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 97.58 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga