Novda va novdalar tizimi Reja: Novda haqida umumiy tushuncha Barg morfologiyasi Poya novdaning o'q qismi Poyaning ikkilamchi qalinlashishi Novdalar tizimining paydo bo'lishi, o'sishi va shoxlanishi To'pgullar Shakli o'zgargan novdalar Novda haqida umumiy tushuncha Novda - yuksak o'simliklarning vegetativ organi bo'lib, poya, barg va kurtaklardan tashkil topgan. Novda ildiz kabi uchki meristemadan hosil bo'lgan birdan - bir organdir. Novda ildizga nisbatan murakkabroq tuzilishga ega bo'lib, taraqqiyotining boshlang'ich etaplaridayoq maxsus organlarga: bo'g'imlarga, bo'g'im oraliqlariga - metamerlarga, yon organlarga - barglar va kurtaklarga shakllanadi. Novdalarning asosiy vazifasi o'tkazuvchanlik, tayanch va oziq moddalarni to'plashdir. Barglarda fotosintez jarayoni natijasida sentezlangan organik moddalar poyaning floema o'tkazuvchi naylari orqali o'sayotgan barglarga, poyaning o'ziga, ildizga, gullarga, urug' va mevalarga boradi. Novdalarning ildizlardan farqi ularda bo'g'imlarning bo'lishi va barglarni hosil qilishidir. Poyalardan barglarning hosil bo'lgan joyiga bo'g'imlar deyiladi. Bazi o'simliklar guruhlarining (bug'doydoshlarda, qirqbo'g'imdoshlarda, chinniguldoshlarda) poyalarida bo'g'imlar juda yaxshi ajralib turadi. Bazi o'simliklarda esa bo'g'imlar unchalik yaxshi bilinmaydi. Agar barglar asosi bilan bo'g'imlarni to'liq o'rab tursa, bunday bo'g'imlarga yopiq bo'g'imlar deyiladi, to'liq o'ramasa ochiq bo'g'imlar deyiladi. Ikkita bo'g'imlar oralig'idagi masofa bo'g'im oralig'i deyiladi. Odatda, novdalarda bir necha, bazida juda ko'p bo'g'imlar va bo'g'im oraliqlari mavjud bo'lib, ular novdalar bo'ylab takrorlanib boradi, yani novdalar metamerlik tuzilishga ega bo'ladilar. O'simliklarning mo'rtakdan hosil bo'lgan novdasi uning asosiy novdasi bo'lib, birinchi tartibli novda deyiladi, uning uchki tomonida novdaning barcha metamerlari hosil bo'ladigan kurtak joylashgan. Uchki kurtak saqlanar ekan undan yangi metamerlar paydo bo'lib novda bo'yiga o'sish xususiyatiga ega bo'ladi. Uchki kurtaklardan tashqari novdalarda yon kurtaklar ham mavjud bo'lib, bo'g'imlarning yuqorisida barg qo'ltig'ida paydo bo'ladi. Demak, novdaning har bir metameri bargli, kurtakli bo'g'imdan va undan pastda joylashgan bo'g'im oralig'idan tashkil topgan. Yon kurtaklardan yon novdalar shakllanadi va o'simliklarda shoxlanish vujudga keladi. Shoxlanish o'simliklarning havo muhiti bilan aloqa hajmini kengaytiradi. Natijada novdalar sistemasida asosiy (I-tartibli), yon (II-tartibli) undan uchinchi tartibli va hakozo tartibli novdalar paydo bo'ladi. Har bir tartibli novda o'zining o'suvchi uchki ko'rtagiga va uning o'sish konusiga ega bo'lib, u kurtak saqlanar ekan, novdalar o'sishini davom ettiradilar. kurtak. kurtak - boshlang'ich hali yozilmagan novdadir. U vegetativ novdaning o'sish konusi bilan tamomlanuvchi asosiy o'qdan, unda navbatma-navbat (birining ustiga ikkinchisi) joylashgan turli yoshdagi boshlang'ich bargchalardan (boshlang'ich metamerlarining yig'indisidan) tashkil topgan. Tashqi (pastki) bargchalar markazga tomon turlicha uzunlikda o'sib, ichkarida joylashgan boshlang'ich bargchalarga va o'sish konusiga egilib, uni qoplab turadi. Bo'g'im oralig'i cho'zilib ulgurmaganligi sababli kurtakda bo'g'imlar juda qisqa bo'lib joylashgan. Yosh bargchalarning qo'ltiqlarida yon kurtakchalar paydo bo'ladi. O'simliklarda vegetativ kurtaklardan tashqari vegetativ - generativ kurtaklar ham bo'lib, ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.47 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.47 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:17 ]
Arxiv ichida: doc