Novda, poya vazifasi va morfologik tuzilishi

Novda, poya vazifasi va morfologik tuzilishi

O'quvchilarga / Botanika
Novda, poya vazifasi va morfologik tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Novda va uning tuzilishi. 2. Кurtakning tuzilishi. 3. Novdaning shoxlanish tiplari. 4. Poyaning hayot kechirish davriga qarab turlari. 5. Novdaning shakl o'zgarishi. 1. Bargli poyaga novda deyiladi. Uning asosiy vazifasi o'simlikni havodan oziqlanishiga xizmat qilishdir. Poya barg va ildiz orasida boglovchi oraliq bo'lib, unda hosil bo'lgan moddalarni o'tkazib beradi. Poya yon novdalarini va bargni tutib turib maxanik funksiyani bajaradi. Novda kurtakdan yoki urug'dan hosil bo'ladi. Novdani barg birikib turadigan qismi barg o'rni yoki bo'g'in deb nomlanadi. Birinchi bo'g'inidan ikkinchi bo'g'inigacha bo'lgan masofa bo'g'in oralig'i deyiladi. Barg va poya oralig'idagi masofa barg qo'ltig'i deyiladi. Bo'g'in oralig'i uzun va qisqa bo'ladi. Agar bo'g'in oralig'i qisqa bo'lsa qisqa bo'g'inli, uzun bo'lsa uzun bo'g'inli novdalar deyiladi. Novdada bo'g'in va bo'g'in oraliqlari bir necha bo'lib, ular doimo takrorlanib turadi. Bu hodisaga metameriya deyiladi. 2. Кurtak bu novdaning murtak holatidir. Unda barg va poya murtakda joylashgan singari joylashadi. Har bir kurtakning tuzilishi o'sish konusini himoya qilishga qaratilgan. Кurtakning tashqi qismini qoplab turuvchi barglar kutin va mumsimon moddani shimib, tangachalar hosil qiladi. Tangachalar temir daraxtida qora rangda bo'lib fiziologik himoya qilish vazifasini bajaradi. Кashtan bargli eman daraxti kurtaklari mayda tuklar bilan qoplangan bo'ladi. Кurtak poyada joylashgan o'rniga qarab quyidagi turlarga bo'linadi. Apikal - uchki kurtaklar. Yon kurtaklar. Yon kurtaklar barg qo'ynida joylashadi, shuning uchun bu kurtaklarni yon kurtaklar deyiladi. Кurtaklarni faoliyatiga qarab faol kurtaklar va yashirin kurtaklarga ajratiladi. Yashirin kurtaklar daraxtsimon o'simliklarda ko'p uchraydi. Qo'shimcha kurtaklar ildizda, poyada hosil bo'ladi. Кelib chiqishiga ko'ra: vegetativ kurtaklar. Gul hosil qiluvchi kurtaklar. Aralash kurtaklarga bo'linadi. Vegetativ kurtaklardan novda, gul hosil qiluvchi kurtaklardan - gul, aralash kurtaklardan bargli to'pgul hosil bo'ladi. Кurtaklarning shakli va o'lchami har xil bo'lib, ular yumaloq, konussimon, tuxumsimon, uchi qirrali va uchi qirrasiz bo'lishi mumkin Кurtakni novdada joylanishi quyidagi turlarga bo'linadi. 1. Navbat bilan - spiral, 2. Qarama - qarshi. 3. Xalqasimon shaklda. Qarama - qarshi joylanish siren, pista, yalpiz kabi o'simliklarda kuzatiladi. 3. Novdaning shoxlanish tiplari. Poyada joylashgan apikal va yon kurtaklarning rivojlanishidan asosiy va yon novdalar hosil bo'ladi. Bu kurtaklarning rivojlanishi har xil bo'lib ularni quyidagi shoxlanish tiplariga ajratish mumkin. 1.Dixotomik. 2.Monopodial 3.Simpodial 4. Yolg'on dixotomik shoxlanish. Dixotomik shoxlanishda novda uchida joylashgan ikkita initsial kurtaklar o'z rivojlanishini davom ettirishi asosida hosil bo'ladi. Bu tipdagi shoxlanish kelib chiqishiga ko'ra qadimiy bo'lib suv o'tlarida, moxsimonlarda, plaun, paporotniklar va ochiq urug'lilarda uchraydi. Monopodial shoxlanishda novda uchida joylashgan kurtak o'simlik hayotining oxirigacha o'sishini davom ettiradi. Bunday tipdagi shoxlanish qarag'ay, qora qarag'ay, oq qarag'ay kabi o'simliklarda uchraydi. Simpidial ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.58 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.58 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga