Ochiq urug'li o'simliklar bo'limi. Archa

Ochiq urug'li o'simliklar bo'limi. Archa

O'quvchilarga / Botanika
Ochiq urug'li o'simliklar bo'limi. Archa - rasmi

Material tavsifi

45-§. OCHIQ URUG'LI O'SIMLIKLAR BO'LIMI. ARCHA 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Yer yuzida ochiq urug'li o'simliklarning 700 ga yaqin turi borligi aniqlangan. Ochiq urug'li o'simliklar bo'limi daraxt va butalardan tashkil topgan. Ular urug'laridan ko'payadi. Ochiq urug'li o'simliklarning urug'lari gulli o'simliklarnikiga o'xshash meva ichida yopiq holda emas, balki qubbalarning tangachalarida ochiq holda yetishadi. Shuning uchun ham ular ochiq urug'li o'simliklar deyiladi. Ochiq urug'li o'simliklarga misol qilib archa, saur, qarag'ay va qoraqarag'ay, sekvoyadendron kabi o'simliklarni keltirish mumkin. Archalar bo'yi 20 m gacha yetadigan, doimo yashil da-raxtdir (91-rasm). Tog'larning 3500-4500 m balandlikdagi yonbag'irlarida, sovuq va doimiy shamol ta'sirida archaning yer bag'irlab o'sishga moslashgan turlari ham uchraydi. Archalarning barglari juda mayda, yashil rangli, tangachasimon yoki ignasimon. Zarafshon archasi ikki uyli o'simlik. Bahor oxirlarida ayrim archa tuplarining yosh novdalarida mayda qubbachalar ho-sil bo'lib, ularda juda ko'p miqdorda chang yetishadi. Bu qubbachalar changchili qub-balar deb ataladi. Shu vaqtda archaning boshqa tuplarida uzunligi 0,5-1 sm kela-digan sharsimon qubbalar hosil bo'ladi. Bu qubbalar urug'kurtakli qubbalar deb ataladi. Urug'chi qubbalarning tangachala-rida urug'kurtak joylashadi. Urug'kurtakdagi arxegoniy ichida esa tuxum hujayra yetishadi. Changchi qubbachalarda yetilgan chang boshqa tupda yetil-gan urug'chi qubbalarga kelib tushadi va uni changlantiradi. Urug'kurtakka tushgan chang donasining vegetativ hu-jayrasi o'sib chang nayini hosil qiladi. Generativ hujayradan hosil bo'ladigan spermiylardan biri arxegoniydagi tuxum hujayrani urug'lantiradi. Urug'langan tuxum hujayradan mo'rtak, urug'kurtakdan urug' rivojlanadi. Urug'lanishdan so'ng urug'chi qubbani tashkil qilgan tangachalar tezda o'sadi, yo'g'onlashadi va o'zlaridan ajra-lib chiqqan mum (smola) orqali bir-birlari bilan qo'shilib, qubbani o'rab turuvchi etdor, yumshoq po'stga aylanadi. Archaning urug'chi qubbalari urug'langandan key in ik-kinchi yoki uchinchi yilda pishadi. O'rta Osiyoda archaning 7 ta yowoyi turi o'sadi, bular-dan 3 tasi O'zbekiston tog'larida o'sadi (Zarafshon archasi, Turkiston archasi va Saur archa). Bundan tashqari, shahar ko'chalarida, manzarali daraxt sifatida Virgin archasi ekiladi. Virgin archasining vatani Shimoliy Ame-rika. Manzarali o'simliklar qatorida archadoshlar oilasiga mansub da-raxtlardan yana biri Sharq sauri ekiladi. U tana va bargining tuzilishi bilan archaga o'xshaydi, lekin yosh nova^larning o'ziga xos shoxlani-shi va pishgan qubbalarining no-tekis choklar orqali ochilishi bilan archalardan farq qiladi. Qarag'ay turkumi qarag'ay-doshlar oilasiga mansub bo'lib, yer yuzida turkumning 100 ga yaqin turi o'sadi. Ular, asosan, Shimo­liy Yarimsharda tarqalgan. Yevropa, Osiyo va Amerikada katta-katta maydonlarda qarag'ay o'rmonlari mavjud. O'zbekistonda qarag'aylar tabiiy holda o'smaydi. Ular-ning 10 ga yaqin turi O'zbekistonda eng yaxshi xush-manzara va yog'ochbop o'simlik sifatida ekib o'stiriladi. Qarag'aylardan eng keng tarqalgani oddiy qarag'ay hisob-lanadi (92-rasm). Oddiy qarag'ay bir uyli yorug'sevar, doi-mo yashil daraxt. Ochiq joylarda o'sgan tuplari juda ham sershox va salobatli bo'ladi. Barglari novdalarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.63 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.63 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga