Ochiq urug'lilar bo'limi. Gymnospermae. Sagovniklar ajdodi. Cycadophyta

Ochiq urug'lilar bo'limi. Gymnospermae. Sagovniklar ajdodi. Cycadophyta

O'quvchilarga / Botanika
Ochiq urug'lilar bo'limi. Gymnospermae. Sagovniklar ajdodi. Cycadophyta - rasmi

Material tavsifi

Ochiq urug'lilar bo'limi Gymnospermae Sagovniklar ajdodi Cycadophyta Reja: Ochiq urug'lilar bo'limi haqida umumiy ma'lumot va uning tasniflanishi. Sagovniklar ajdodi. Urug'li paporotniklarning tarqalgan davri va o'ziga xos belgilari. Sagovniklar va bennetitlarning tuzilishi, tarqalishi va ko'payishi. Ochiq urug'lilarning xarakterli belgisi shuki, ular urug' hosil qilib, shu urug'lari yordami bilan ko'payadi. Urug'lar shaqlan o'zgarishga uchragan makrosporangiydan iborat bo'lgan urug'kurtakdan paydo bo'ladi. Urug'kurtak va shunga yarasha urug' to'g'ridan-to'g'ri sporofillarda joylashadi, ularning shu tariqa ochiq holda joylashishi - ochiq urug'lilarning ikkinchi xarakterli xususiyatidir. Ochiq urug'lilar uchta sinfga bo'linadi. 1. Sagovniklar (Cycadophyta) - makrofilliya bilan xarakterlanadi. Bu sinf quyidagi tartiblarga bo'linadi: urug'li qirqquloqlar (Pteridospermae), sagovniklar (Cycadales), bennettitlar (Bennettitales). 2. Qubbalilar ajdodi (Coniferophyta) - mikrofilliya bilan ajralib turadi. Tartiblari: kordaitlar (Cordaitales), ginkgolar (Ginkgoales), ninabarglilar (Coniferales). 3. Qoplag'ich urug'lilar (Chlamydospermatophyta) - urug'lari maxsus pardaga o'ralgan. Tartiblari: efedralar (Ephedrales), gnetumlar (Gnetales), velvichiyalar (Welwitschiales yoki Tumboales). Sagovniklar ajdodi - Cycadophyta Urug'li qirqquloqlar tartibi - Pteridospermae Urug'li qirqquloqlar paleozoy erasida keng tarqalgan bo'lib, hozir qazilma holdagina uchraydigan o'simliklardir. Ular o'zining tashqi ko'rinishi bilan hozirgi daraxtsimon qirqquloqlarga o'xshash, lekin har xil sporali bo'lib, urug' yordamida ko'payishi bilan ulardan farq kilgan. Urug'li qirqquloqlarga Lyginopteris oldhamia misol bo'la oladi. Uning pastga qayrilgan, kalta-kalta tikanlar bilan qoplangan uzun, ammo ingichka poyasi bo'lgan. Bu hol Lyginopterisni tayanch bo'la oladigan boshqa daraxtlarga o'sha tikanlari bilan yopishib, chirmashib o'sadigan o'simlik bo'lgan, deb, hisoblashga asos bo'ladi. Uning poyasida qo'sh patsimon yirik-yirik murakkab barglar bo'lib, ularning asosiy bandlari, ko'pincha dixotomik shoxlangan. Lyginopteris poyasining to'zilishi ancha murakkab. Poya o'zak qismining juda rivojlangan bo'lishi va kambiy halqasi yordamida ikkilamchi tartibda qalinlasha olgani bilan ajralib turadi. Ikkilamchi yog'och, hozirgi ochiq urug'lilardagiga o'xshash, traxeidlardan tuzilgan, po'stlog'n ancha qalin bo'lgan. Lyginopteris mikro- va makrosporalar hosil qilgan. Mikrosporofillari (Crossotheca deb yuritiladi) vegetativ barglari singari, patsimon bo'lsa ham, ayrim yaproqchalari tuklarga aylangan bo'lib, shu tuklarda bir talay mikrosporalar bilan to'lgan ikki uyali 6-7 ta cho'ziq mikrosporangiylari bo'lgan. Bu o'rindagi mikrosporangiylar urug'kurtaklarga o'xshaydi. Urug'kurtak murakkab tuzilgan bo'lib, hozirgi sagovniklarning urug'ko'rtagiga o'xshagan. Urug'kurtak bezsimon tuklar bilan qoplangan maxsus plyuskaga o'ralib turgan. Urug'kurtakning markazida esa yirik makrospora joylashgan. Sagovniklar tartibi - Cycadales Sagovniklar tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan 9 avlodni o'z ichiga oladi. Ular ustunsimon oddiy poyali daraxtlardir; poyasi ayrim hollardagina shoxlangan bo'ladi. Poyasining uchida juda yirik, patsimon, qalin qattiq barglar tojdek bo'lib turadi. Mikrosporangiylari tangachasimon mikrosporofillarda joylashgan, mikrosporofillari to'p-to'p bo'lib, erkak qubbalarini hosil qiladi. Makrosporangiylar (urug'kurtaklar) makrosporofillarning chetida turadi yoki tangachasimon makrosporofillardan hosil bo'lgan urg'ochi qubbalarida joylashgan. Bu tartibga Cycas (yoki sagovnik) misol bo'la oladi. Cycas birmuncha yo'g'on poyali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 459.84 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 459.84 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga