24-§. ODDIY VA MURAKKAB BARGLAR. BARGLARNING SHAKLLARI. 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. O'simliklarning barglari tuzilishiga ko'ra oddiy va murakkab bo'ladi. Barg bandida bitta barg joylashsa, bunday barg oddiy barg deyiladi. Bul arga olma, nok, o'rik, shaft oli, tut, tok, g'o'za, terak, rovoch, yantoq kabilarning bargi kiradi. Bitta barg bandida bir nechta barg chalar bandchalari orqali joy lash gan bo'l sa, bun day barglar murakkab barg deyiladi. Murakkab bargli o'simliklarga shirinmiya, beda, soxta kash tan, yong'oq, na'matak, qu lupnay, lo viya, no'xat, yeryon g'oq ka bi lar kiradi. Barglar yaprog'ining shakli ga qarab yumaloq, panjasimon, tuxumsimon, ovalsimon, yurak simon, nashtarsimon, qalami, rombsimon, uchbur chaksi mon va boshqa shakllarda bo'ladi. Barglar yaprog'ining qirrasi (cheti) tekis, tishli, ikki karra tishli, arrasi mon va o'yilgan bo'lishi mumkin. Barglar o'simliklarning turiga qarab tukli va tuksiz bo'ladi. Ko'pchilik o'simliklar bargining orqa tomonida tuki bo'ladi. Oddiy barglar yaprog'ining tuzilishiga ko'ra patsimon, pan jasimon va uch bo'lakli bo'ladi Oddiy barglar Murakkab barglar uch bargchali panjasimon, toq va juft pat simon barglargabo'li nadi. Uchta bargchali murakkab bargga - sebarga, beda, lo viya, mosh; panjasimon barg chaliga esa soxta kashtan barg lari kiradi. Bargchalar umumiy barg band ining oxirigacha qaramaqarshi joylashgan bo'lsa, bunday barglar juft patsimon barg de yiladi (yeryong'oqda). Agar umu miy barg bandining uchi bitta barg bilan tugasa, bunday barglar toq patsimon barg deyiladi (shirinmiyada). Ba'zan toq bargchalar o'rnida gajaklar ho sil bo'ladi (no'xat va burchoq da). Murakkab barglar, o'z nav ba tida yana bo'laklarga bo'linib, ikki yoki uchkarrabo'lingan patsimonbarglar hosil qiladi. Masalan, totim, shoyi akatsiya va boshqalarda. Murakkab barglar Akatsiya Murakkab barglar, o'z navbatida yana bo'laklarga bo'linib, ikki yoki uch karra bo'lingan patsimon barglar hosil qiladi. Masalan, totim, shoyi akatsiya va boshqalarda. Rovoch, ojud, kovrak kabi o'simliklarning bargi uzun - 50-70 sm dan 1 metrgacha yetadi. Barglar yaproqlarining shakliga qarab juda xilma-xil bo'ladi. O'simliklar qaysi tur, turkum yoki oilaga mansubligini aniqlashda barglarning shaklidan keng foydalaniladi. Masalan, olma, o'rik, gilosning barglari yaxlit; tok, g'o'za, tut, anjirning barglari o'yilgan bo'ladi. Qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) va ziradoshlar (soyabon guldoshlar) oilalari ko'pchilik vakillarining ildiz bo'g'izida joyl ashgan barglar, ya'ni to'pbarglar nihoyatda yirik bo'ladi. Bunday barglarning yaprog'i va bandi 50-60 sm va undan ham uzun bo'ladi. Xulosa qilib aytganda, barglar oddiy va murakkab, shakli jihatidan esa turlicha bo'ladi. Savol va topshiriqlar Qanday barglar oddiy, qanday barglar murakkab barg deyiladi? Barg yaprog'i qanday shakllarda bo'ladi? Barg yaprog'ining cheti qanday bo'lishi mumkin? Rediska, turp, sabzi, lavlagi, qulupnay, bug'doy, lol a barglari qanday (oddiy yoki murakkab) barg? ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:22
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:22 ]
Arxiv ichida: ppt