O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Qarshi davlat universiteti Biologiya kafedrasi Norova Gulgina Ramazonovnaning 5140100- biologiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun Qashqadaryo viloyati urug' mevali bog'larida tarqalgan Olma mevaxo'riga qarshi ekologik xavfsiz kurash tizimi va texnologiyalarini takomillashtirish mavzusida yozgan B i t i r u v m a l a k a v i y i sh i T A Q D I M O T I Ilmiy rahbar: dots. J.Berdiev Sanoat bilan bir qatorda iqtisodiyotimizning qishloq xo'jaligi kabi yetakchi sohasini ham modernizatsiya qilish, uning tarkibiga kiradigan deyarli barcha tarmoq va ishlab - chiqarish sohalarining butun kompleksida texnik va texnologik yangilash ishlarini amalga oshirishga katta ehtiyoj sezilmoqda. I. Karimov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010 yilda mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yil iqtisodiy dasturining eng muhim ustivor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagit ma'ruzasidan. Vazirlar maxkamasining 2006 yil 25 martda qabul qilgan № 64 O'zbekistonda bog'dorchilik va mevachilikni rivojlantirish istiqbollari to'g'risidagi qarorida yangi bog'lar tashkil qilish, parvarishlash, ularga agrotexnik qoidalari asosida ishlov berish va serhosil navlar yaratish vazifalari ko'rsatib o'tilgan. Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida shu yili Qashqadaryo viloyatida 60 ta bog' tashkil etildi. So'nggi yillarda olma bog'lari bir qator zararkunandalar bilan jiddiy zararlanmoqda. Shunday zararkunandalardan biri - olma mevaxo'ri bo'lib, olma mevasining 85-90% izini zararlab, zarar etkazmoqda. Bu zararkunandaga qarshi kurash choralari o'z vaqtida qo'llanilmaganda, hosilning nobud bo'lishiga va sifatsiz olma hosil olishga sabab bo'lmoqda. Mavzuning dolzarbligi shundaki, olma mevaxo'riga qarshi ekologik xavfsiz kurash tizimi va texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat. Mavzuning dolzarbligi Bitiruv malakaviy ishning maqsadi Olma mevaxo'ri va do'lana girdak kuyasiga qarshi kurashning yangi texnologiyasi va uni qo'llash usullarini ishlab chiqarishdan iborat bo'lib, maqsadga muvofiq quyidagi vazifalarni belgilab oldik. Lepidoptera turkumi vakillari to'g'risida qisqacha ma'lumot. Urug' mevali bog'larda tarqalgan zararkunandalar bioekologiyasi va zarari. Laspeyrosia pomonella ning biologik xususiyatlari va zarari. Gemiostoma scitella ning biologiyasi, tarqalishi va zarari. Olma mevaxo'riga qarshi ekologik xavfsiz kurash tizimi va texnologiyalarini takomillashtirish. Ishning maqsadi va vazifalari Qarshi tumandagi Qovchin jamoa shirkat xo'jaligida ekilgan olmazorlarda tarqalgan olma qurti, do'laga girdak kuyasi, olma barg osti kuyasi va do'lana egri mo'ylovli kuyalarining biologik rivojlanishi va tarqalishi to'liq o'rganildi. Bu zararkunandalarga qarshi agrotexnik tadbirlari to'liq qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshirildi. Natijada olma daraxtining o'suvchanligi tezlashadi. Zararkunandalarga qarshi chidamliligi oshdi. Biz qo'llagan fizikaviy kurash usulida ta'sir ko'rsatish va yasagan separator-tutqich moslama olmazorlarda birinchi marta sinovdan o'tkazildi. Sinov natijalariga ko'ra hosildorlikning 80-85% ni saqlab qolishiga erishildi. Biz yuqorida qayd etgan agrotexnik kurash tadbirlari va separator tutqich ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.07 MB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:22
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.07 MB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:22 ]
Arxiv ichida: ppt