Organizmlarning individual rivojlanishi. Ontogenez

Organizmlarning individual rivojlanishi. Ontogenez

O'quvchilarga / Botanika
Organizmlarning individual rivojlanishi. Ontogenez - rasmi

Material tavsifi

Organizmlarning individual rivojlanishi. Ontogenez Reja: Organizmlarning rivojlanishidagi o'xshashliklar. Tuxum hujayra va spermatozoid. Organizmning postembrional (postnatal) rivojlanishi. Har bir organizmning rivojlanishi, takomillashuvi, о'sish, ulg'ayishi, qarishi va о'limi bilan yakulanadigan tо'liq hayot sikli ontogenez hisoblanadi. Ontogenez jinsiy hujayralar paydo bо'lib, urug'lanishdan boshlanadi. Ontogenezning tip va davrlari turli mavjudotlarda о'ziga xos kechadi. Ontogenezning ikki asosiy tipi farqlanadi: 1) bevosita (tо'g'ridan-tо'g'ri) rivojlanish; 2) bilvosita rivojlanish. B e v o s i t a rivojlanishda tuxumdan chiqqan yoki yangi tug'ilgan organizm kо'rinish jihatdan ona organizmga о'xshaydi va faqatgina ayrim a'zolarning yetishmaganligi, kichikligi, tana qisimlarining unchalik mutanosib bо'lmasligi bilan farqlanadi; asta-sekin о'sib borishi bilan ona organizmining tо'la qiyofasiga ega bо'ladi. Odam va sut emizuvchilarda, qushlarda, sudralib yuruvchilar va ayrim quyi tabaqa mavjudatlarda lichinkasiz va bachadonda rivojlanish rо'y beradi. B i l v o s i t a rivojlanish metamorfoza, Ya'ni shaklini о'zgartirish, lichinka hosil qilish bilan rо'y beradi. Lichinka о'z shakliga, ichki tuzilishiga va yashash tarziga kо'ra yetuk organizmdan keskin farqlanadi. Ona organizmi qiyofasiga о'tish kо'pgina о'zgarishlar (metamorfoza) orqali sodir bо'ladi. Metamorfoza kо'pgina umurtqasizlar, amfibiyalar uchun xosdir. Ontogenez va uning bosqichlari Ontogenezning genetik dasturi Genlarning differensiatsiyasi va differensial faolligi Ontogenez va uning bosqichlari Hayotning boshlang'ich nishonalari bо'lmagan erkak va urg'ochi jin-siy hujayralarning qо'shilishidan yangi organizm rivojlanishi mumkin bо'lgan zigotaning hosil bо'lishi tirik tabiatning mо'jizalaridan biridir. Uruglangan tuxum hujayraning bir necha marta mitoz bо'linishidan sо'ng yangi organizmning organlari, belgi va xususiyatlari rivojlanadi va nihoyat yapgi organizm dunyoga keladi. Bu jarayonlarni о'rganish genetikaning qiyin, lekin muhim vazifalaridan bо'lib hisoblanadi. Organizmning individual rivojlanishi ontogenez deyiladi va bu davr urug'langan tuxum xujayra zigota xrsil bо'lganidan, organizmning tabiiy nobud bо'lgunicha bо'lgan davrni о'z ichiga oladi. Ontogenez organizm va tashqi muhitning о'zaro munosabati natijasida shakllangan tarixiy jarayondir. Bu jarayon tanlash va tanlanish natijasida organizm genotipida mustahkamlanadi. Shunday qilib, individual rivojlanishi genotip asosida tashqi sharoit ta'siri ostida amalga oshadi. Ontogenez kо'p yillar organizmning nasl almashinishi davomida takrorlanib keladi. Shuping uchun har bir organizmning ontogenezida uning tarixiy rivojlanishi, Ya'ni filogenezini kо'rish mumkin. Filogenez deb, organizmning turi paydo bо'lganidan hozirgacha bо'lgan tarixiy rivojlanish davriga aytiladi. Ontogenezda somatik tо'qimaning hujayralari tabaqalanish bosqichini о'tab, avval о'xshash bо'lgan hujayralar, keyin esa bir-biridan farq qiladigan hujayralarga bо'linadi. Natijada organizmning tashqi kо'rinishi va ichki tuzilishi, morfologik hamda fiziologik xususiyatlari о'zgaradi. Bu hodisaga birinchi bо'lib I.V.Michurin e'tibor bsrdi. Ya'ni muayyan sharoit yaratish bilan duragaylarda ba'zi belgi va xususiyatlarni rivojlantirish mumkinligini isbotladi. Shunga asoslanib, u duragaylarii tarbiyalash bilan yangi navlarni yaratishda foydalandi. Ontogenezni о'rganishdagi muhim masalalardan biri genlarning harakat mexanizmini о'rganishdir. Har ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.75 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.75 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga