O'rmon qarag'ayi, oddiy qaragayning tuzilishi va taraqqiyoti (pinus silvestris)

O'rmon qarag'ayi, oddiy qaragayning tuzilishi va taraqqiyoti (pinus silvestris)

O'quvchilarga / Botanika
O'rmon qarag'ayi, oddiy qaragayning tuzilishi va taraqqiyoti (pinus silvestris) - rasmi

Material tavsifi

O'RMON QARAG'AYI, ODDIY QARAGAYNING (PINUS SILVESTRIS) TUZILISHI VA TARAQQIYOTI Bo'lim:Qarag'aytoifalar(Ochiqurug'toifalar)-Pinophyta (Gymnospermatophyta) Ajdod (sinf): Qarag'aysimonlar (Ninabarglilar yoki Qubbalilar) Pinorsida (Coniferopsida) Qabila (tartib): Qarag'aynamolar (Ninabargnamolar)-Pinales (Coniferales) Oila: Qarag'aydoshlar-Pinaceae TurkumQarag'ay-Puinus Tur: Oddiy qarag'ay-Pinus silvestris SPOROFIT. Oddiy qarag'ay yoki o'rmon qarag'ayi bo'yi 20-40 metr va yo'g'onligi 1-2 m, monopodial shoxlangan daraxt. Novdasi 2 xil-qisqargan va o'zidan barg hosil qiluvchi, hamda yo'g'onroq va uzun o'suvchi novdalar. Tanasining anatomik tuzilishi ancha murakkab-po'stloq va o'zak kam rivojlangan. Yog'ochligi juda qalin va traxeidalardan iborat. Yog'ochlik paranximasi kamroq rivojlangan. O'zak nurlari yaqqol ko'rinadi. Floema elaksimon naylardan iborat. Ichki tuzilishidagi xarakterli belgilardan biri nina bargi va yog'ochligida mum yo'llarining bo'lishidir. Bargi-ninasimon, ba'zan yassi, uch qirrali yoki to'rtqirrali, qisqargan novdada 2 tadan joylashgan, ba'zan barglari 3 ta. Barg ko'ndalang kesimi mikroskopda ko'rilganda quyidagicha tuzilish kuzatiladi: tashqi tomondan po'st bilan qoplangan, og'izchalari barg yuzasida tekis tarqalgan, epidermis ostida bir qavat mexanik to'qima (gipoderma) va smola mum (qatron) yo'llari; undan so'ng burma xlorenximali mezofil va markazda endoderma bilan o'ralgan ikkita o'tkazuvchi boylam bor. Boylamlar kollateral tuzilishda-ksilema, yupqa kambiy qavati keyin floema va sklerenxima hujayralaridan iborat. Qarag'ayning bargi kserofil tuzilishga ega: qattiq, terisimon; 3-6 yil yashaydi va navbat bilan to'qiladi. O'rmon qarag'ayi faqat urug'idan ko'payadi, barcha qarag'aytoifalardagi kabi uning ko'payish siklida ham sporofit nasl ustun turadi, gametofit juda reduksiyalangan bo'lib, sporofit o'simlik hisobidan yashaydi. O'rmon qarag'ayi bir uyli ayrim jinsli daraxt bo'lib ba'zi novdalarida mikrosporofilli g'uddalar, ba'zilarida esa megasporofilli qubbalar yetishadi. Mikrosporafilli qubba yoki changdonli qubba sariq yoki qizg'ish rangda bo'ladi. Mikrosporofillning pastki tomonida ikkitadan mikrosporangiy (chang xaltasi) va ularning kataklarida mikrosporalar (changlar) yetiladi. Erkak gametofit mikrosporangiyning ichida o'sib, rivojlana boshlaydi. Mikrosporaning tashqi ekzina va ichki-intina kabi 2 ta po'sti bor. Ular bir biridan ajralib o'rtasida havo haltachasi hosil bo'ladi va changchani shamol yordamida uzoq masofalarga tarqalishiga yordam beradi. Changchalarning yadrosi bo'linishi natijasida protallial va rizoidal hujayralar hosil bo'ladi. Bu hujayralar tezda erib ketadi va mikrospora yadrosining navbatdagi bo'linishidan anteridial va chang nayini hosil qiladigan vegetativ hujayra hosil bo'ladi. Chang shu holatda mikrosporangiydan (changdondan) chiqib atrofga tarqalad GAMETOFIT. Megasporofilli qubbaning o'qiga megasporofillar joylashadi. Har megasporofilning asosida ikkita urug'kurtak yetishadi. Urug'kurtakning sirti integument bilan o'ralgan. Integument uch qavatdan iborat: tashqari va ichkari seret yumshoq va o'rta qattiq qavat. Integumentning uchki qismida mikropile (chang yo'li) bo'lib, uning tagida nusellusda chang kamerasi joylashgan. Nusellusda yirik megaspora rivojlanadi va undan ikki arxegoniyli gametofit hosil bo'ladi (birlamchi endosperm). Birlamchi endosperm rivojlanayotgan mo'rtak uchun oziqa bo'lib xizmat qiladi. Changcha shamol yordamida urug'kurtakka tushib, mikropile orqali nusellusdagi chang kamerasigacha yetadi. Changchaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 622.81 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 622.81 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga