O'rta Osiya o'simliklarining tarqalish qonuniyatlari

O'rta Osiya o'simliklarining tarqalish qonuniyatlari

O'quvchilarga / Botanika
O'rta Osiya o'simliklarining tarqalish qonuniyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'rta osiya o'simliklarining tarqalish qonuniyatlari Reja: 1. O'rta osiyo o'simliklarini tarqalish qonuniyatlari. 2. Dasht o'simliklari. 3. Adir o'simliklari. 4. Tog' va yaylov o'simliklari. O'rta osiyo o'simlik Kartasi O'rta osiyo o'simliklar tarqalish qonuniyatlari O'rta Osiyo o'lkasida 900 ga yaqin o'simlik turi bor. Lekin tekisliklarda o'simlik turlari kam - 100 turga yaqin. Тog'larda esa qalin va turlarga boy 800 dan ortiq o'simlik mavjud. O'rta Osiyoning relyef va o'simlik xaritalariga nazar tashlasangiz, uning yerusti tuzilishida 4 ta mintaqa - tekislik-dasht, chalacho'l, cho'l hamda adir, tog' va yaylov tabiiy geografik komplekslari ko'zga yaqqol tashlanadi. Ana shu komplekslarning har biri o'ziga xos agroekologik sharoitga ega bo'lib, ularni bir-biridan yaqqol ajratuvchi eng asosiy tabiiy komponent o'simliklar dunyosidir. O'rta Osiyoning barcha tog'larida yagona qonuniyat saqlanib qoladi - 3 ta balandlik mintaqasi - adir (tog'oldi), tog' va yaylov yaqqol ko'zga tashlanadi. O'rta Osiyoning shimoliy tekislik qismlarini dasht va chalacho'l zonalari egallagan. Ular Orol dengizining shimoliy kengliklarida cho'llar bilan almashinadi. Dasht o'simliklari O'rta Osiyoda Qozog'iston past tog'larining 52° shimoliy kenglikdan shimoldagi yerlarda tarqalgan. Bu yerda janubiy qora tuproqlar ustida boshoqli o't o'simliklari o'sadi. Bular orasida qizg'ish chalov, betaga, yaltirbosh va qo'ng'irbosh ko'p bo'lib, quruqroq toshloq tuproqlarda shuvoq o'sadi. Butachalardan qarag'an, tobulg'i, itbodom va boshqalar uchraydi. Chalacho'l o'simliklari shimolda 52° shimoliy kenglikdan janubda 48° shimoliy kenglikkacha bo'lgan yerlarda tarqalgan. Bu yerda cho'l o'simliklarini ham, dasht o'simliklarini ham uchratish mumkin. Bu yerda boshoqli o'tlardan shuvoq, izen, chalov, qo'ng'irbosh aralash o'sgan yerlar ko'p. Sho'rlangan qo'ng'ir tuproqlarda oq shuvoq, boyalich, qora shuvoq, burgan o'simliklari keng tarqalgan. Adirlar - cho'l va tog'lar o'rtasidagi oraliq zona hisoblanadi. Adir ikki qismga bo'linadi Quyi adirlar dengizdan sathidan 500 - 800 m balandlikda Baland adirlar balandlikda 100 - 1200 m balandlikda Adir o'simliklari. Adirlar o'simligi, asosan, rang o'simliklaridan tarkib topgan. Rang o'simliklari orasida ko'pincha ko'p yillik yirik o'tlar - qo'ziquloq va oqquray, qizil shuvoq, bug'doyiqlar ham tez-tez uchrab turadi. Adirlarning toshli va shag'alli baland yerlarida butalar o'sadi. Bular orasida, odatda, pista, bodom, qizilcha, shuningdek, kampirchopon va bo'tako'z o'sadi. Тog' mintaqasi dengiz sathidan 1200-1500 m dan 2800-300 m balandlikkacha bo'lgan yerlarda joylashgan. Тog'larning iqlimi adirlar iqlimiga nisbatan ancha salqin. Hatto iyul oyida ham havoning o'rtacha harorati 17-19°C dan oshmaydi. Yog'in miqdori ancha ko'p (600-800 mm, ayrim joylarda 100 mm ga yetadi). Тog' o'simliklarini ularning agroekologik sharoitiga ko'ra ikki asosiy tiрga: tog'-dasht va tog' o'rmonlari (daraxt-buta) o'simliklariga ajratish mumkin. Тog'-dasht o'simliklari, asosan, tog' mintaqasining quyi qismlarida o'sadi. Ular, asosan, bug'doyiq, har xil o'tlar, qo'ziquloq, astragal, bo'tako'z, yovvoyi beda va boshqalardir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.56 MB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.56 MB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga