O'rta Osiyo o'simliklari - tog'li va tekislik qismi misolida

O'rta Osiyo o'simliklari - tog'li va tekislik qismi misolida

O'quvchilarga / Botanika
O'rta Osiyo o'simliklari - tog'li va tekislik qismi misolida - rasmi

Material tavsifi

O'rta Osiyo o'simliklari - tog'li va tekislik qismi misolida O'rta Osiyo tog'lari o'simliklari. Tog' oldi adir o'simliklari. O'rta Osiyo Cho'l zonasi janub va janubiy-sharqiy tomondan Pomir-Oloy, Tyan'shan' tog' tizmalari bilan chegaralangan. O'simliklarning taqsimlanishidagi vertikal poyaslik hodisasi O'rta Osiyo tog'larida juda yaqqol ifodalangan. O'rta Osiyo tog'larida o'simliklarning uchta vertikal poyasi bor. Bular adir (tog' oldi), tog' (tog'larning o'rta poyasi) va yaylov (tog' tepalari) poyasidir. Bu poyaslar turli balandlikda bo'lib, ularning tuproq - iqlim sharoiti o'simliklari turlichadir. Adirlar dengiz sathidan 500 - 700 m dan 1200 - 1600 m gacha baland bo'lgan tog' oldi tepaliklaridir. Adirlar tuprog'i to'q bo'z tuproq bo'lib, efimerli cho'llar tuprog'iga o'xshaydi. Lekin, unga qaraganda tarkibida organik moddalar ko'p. Adirlarning ayrim joylarida tub tog' jinslari yoki ularning emirilish mahsulotlari qattiq tuproq, shag'al - tosh va qum shag'allar ko'rinib turadi. Adirlar iqlimi cho'llar iqlimidan bir muncha farq qiladi. Adirlarda jaziramayoz kam bo'lib,yog'in ko'p bo'lib 250 - 350 mmyog'adi.yog'ingarchilik davri ham tekisliklardagiga qaraganda bir muncha uzoq bo'ladi.yog'in kech bahorda, ba'zanyoz boshida yog'adi. Adir o'simliklari asosan rang o'simliklari formasiyasidan tarkib topgan. Tog'lar o'rta poyasi o'simliklari. Adirlar poyasining yuqorisini, dengiz sathidan (1200 - 1500 m.dan 2800 - 300 m gacha bo'lgan balandliklarni tog'lar poyasini ishg'ol qiladi). Tog' poyasining o'simliklari juda xilma-xildir. Bu tog' poyasining dengiz sathidan har xil balandlikda ekaknligiga, rel'ef sharoiti,yon bag'irlarning tikligi va tog'larning tomonlariga nisbatan ekspozisiyasiga bog'liqdir. Bug'doyiq va har xil o'tlar g'arbiy Tyan-Shanda, Zarafshon tizmasida, Turkiston tizmasining Shimoliyyon bag'irlarida va boshqa rayonlarida ko'p uchraydi. Bu yerda ko'p yillik boshoqdosh o'simliklardan-bug'doyiq eng ko'p tarqalgan bo'lib, uning bo'yi 50-70 sm ga etadi, ikki pallali o'simliklarning qurg'oqchilikka chidamli ba'zi turlari , masalan ;qo'ziquloq .astragal, sentavriya, esparset ,isparak va boshqalar bug'doyiqqa aralashgan holatda o'sadi. Yaylovlar poyasning pastki qismida o'tformasiyalardan tashqari yer bag'irlab o'sadigan turkiston archasi, va uchqatning, ba'zi turlaridan iborat buta daraxtlar ham uchraydi. Bu poyasining yuqori qismida dengiz satxidan 2300 - 3500 balandda kichik - kichik o'tloqlar uchraydi. Bu o'tloqlarda boshoqdoshlar, ayiqtovonlar, beshbarglardan, hosil bo'lgan past bo'yli o't chala butalar o'sadi .Baland tog'lar poyasining o'tloq va dasht o'simliklariyozda juda yaxshi yaylov hisoblanadi, lekin Tyanshanning betaga o'sadigan bu dasht yerlarida mollar yil bo'yi boqiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 619.93 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 619.93 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga