Reja: 1. O'rta Osiyo o'simliklarining umumiy xususiyatlari 2. Tekislik o'lkalarining o'simliklari 3. Tog'li o'lkalarning o'simliklari 4. Chala cho'l hayvonlari 5. Cho'l hayvonlari 6. To'qay va daraxtzor hayvonlari 7. Tog'li o'lkalarning hayvonlari O'rta Osiyo Sibir, Markaziy Osiyo, Tibet, Eron, Old Osiyo va Kavkaz oralig'ida ekanligi uning o'simlik va hayvonot dunyosiga katta ta'sir etgan.Bu o'lkada O'rta dengiz bo'yidagi mamlakatlar Kavkaz, Eron, Sibir, hatto Shimoliy Afrika uchun xos bo'lgan endemik o'simlik va hayvon turlari ham oz emas. O'rta Osiyoda hammasi bo'lib 900 ga yaqin o'simlik turi bor. Ammo bu o'simliklar hududning hamma yerida barobar o'savermaydi. O'rta Osiyoning ko'p qismi cho'l va chalacho'l bo'lsada, lekin barcha o'simlikning 10%gina bu zonada o'sadi, qolgan 90% tog' o'simliklaridir. Demak asosiy landshaft tiplariga qarab O'rta Osiyoni 3 ta geografik o'lkaga-chalacho'l, cho'l va tog'lar. Chalacho'l dasht bilan cho'l o'rtasidagi oraliq zona bo'lganidan uning o'simliklari dasht va cho'l tipidagi o'simliklardir. Chalacho'l shuvoqli o'tlar o'sadigan dashtlarda bo'lsada, lekin uning shimolida boshoqli o'simliklar ko'pdir. Boshoqli o'simliklar janubga tomon tobora kamayib, shuvoq o'tlar ko'paya boradi, sho'ra ham ancha ko'p uchray boshlaydi. Chalacho'lning shimolida betaga, qiltanoq, chalov kabi boshoqli o'simliklar va turli o'tlar o'sadi. Betaga shu qadar ko'pki, bu yerni betaga shuvoqzor chalacho'l deyish ham mumkin. Bahorda chalacho'lda yog'in ko'p bo'lganidan bir yillik efemerlar, ko'p yillik efemeroidlar barq urib o'sadi, lekin quruq va vegetatsiya davri tugaydi. Lola, chuchmoma, gulsafsar, ayiqtovon, ravoch, tangabarg va boshqalar ana shu efemer va efemeroid o'simlikladandir. Bir yillik efemerlar bir poyali pakana o'simlik bo'lib, yam-yashil barglari va poyalari yoz boshida tez so'lb qoladi. Chalacho'lda daraxtlar nihoyatda oz. Qayin tog' terak, zarang, tol va qarag'aylardan daraxtzorlar balandliklarda, suvli chuqur joylarda va soy bo'ylarida ko'p uchraydi. Qozog'iston past tog'larining eng baland qismida, ayniqsa Ulutov, Qarqali tog'lari, Chingiztovda va bu tog'lar orasidagi vodiylarda o'simliklar ko'p. Tog' etaklari qalin pichanzorlar bilan tog'lar va ularning yon bag'irlari qayin, tog' terak, qarag'ay daraxtzorlari bilan qoplangan, bu daraxtzorlar orasida do'lana, namatak, cheryomuxa, qoraqat, maymunjon, malina butazorlari ham bor. Chalacho'llarning qumoq va qumloq yerlarida dastlab klok, erkak o't, selin, qumarchiq kabi o'simliklar uchraydi. O'rta Osiyo cho'llari shimoliy va janubiy zonachalarcha bo'linadi. Bu cho'llar paydo bo'lishi ekologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Shimoliy cho'llarda yog'in umuman oz, ammo yil fasllarida yog'in deyarli bir tekisda yog'asi va bahorda yomg'ir umuman oz, ammo yil fasllarida yogin deyarli bir tekisda va bahorda yog'maydi. Shuning uchun o'simlik va tuproq paydo bo'lishi jarayoni o'z rivojlanishida mavsumlik xususiyatiga emasdir. Shimoliy gil toshloq cho'llarni shuvoq turali cho'lar deb yuritiladi, chunki shuvoq bilan sho'ra bir to'p bo'lib ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.18 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:17
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.18 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:17 ]
Arxiv ichida: docx