Ortosifon, nashasimon kendir,tog'rayhon, achchiq shuvoq (ermon), marmarak o'simliklar o'stirish texnologiyasi. Reja: Ortosifon Nashasimon kendir Tog'rayhon Achchiq shuvoq (ermon) Marmarak (mavrak) Ortosifon (buyrak choy) - Orthosiphon stamineus Benth.; yasnotkadoshlar -Lamiaceae (labguldoshlar - Labianae) oilasiga kiradi. Ko'p yillik, bo'yi 1-1,5 m ga etadigan doim yashil yarim buta yoki buta. Poyasi bir nechta, to'rt qirrali, asos qismi yog'ochlangan bo'lib, pastki qismi to'q binafsha, yuqori qismi yashil-binafsha yoki yashil, bo'g'imlari esa binafsha rangga bo'yalgan. Bargi oddiy, bandi bilan poyada butsimon shaklda qarama-qarshi o'rnashgan. Gullari halqaga o'xshash to'planib, shingilsimon to'pgulni tashkil etadi. Guli qiyshiq, och binafsha rangli. Gulkosachasi qo'ng'iroqsimon, ikki labli, gultojisi ham ikki labli, otaligi 4 ta, onalik tuguni to'rt bo'lakli, yuqoriga joylashgan. Mevasi - 1-4 ta yong'oqchadan iborat. Iyul-avgust oylarida gullaydi. Geografik tarqalishi. Vatani Janubi-Sharqiy Osiyoning tropik rayonlari. U yovvoyi holda Indoneziyada (Yava, Sumatra va Borneo orollarida), Birmada, Filippinda va Shimoliy-Sharqiy Avstraliyada o'sadi. Bir yillik o'simlik sifatida Gruziyaning subtropik tumanlarida o'stiriladi. O'simlik qishda oranjereyada saqlanadi. Erta bahorda undan 2 ta bargli novdachalar kirqib olinadi va oranjereyada ko'chat qilib o'tqaziladi. May oyida esa bu ko'chatlar ochiq yerga o'tqaziladi. Mahsulotnng gashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot quritilgan 2 juft bargli 2 sm uzunlikdagi novdachadan iborat. Bargi cho'ziq tuxumsimon yoki rombsimon-ellipssimon, o'tkir uchli, arrasimon qirrali bo'lib, yuqori tomoni tuksiz, pastki tomoni tukli, uzunlligi 2-5 sm, eni 1,5-2 sm. Barg qo'ltig'ida sertuk kurtak bo'ladi. Mahsulot hidsiz, bir oz achchiq, burishtiruvchi mazasi bor. Mahsulot namligi 12%, umumiy kuli 12%, qoraygan barglar 2%, 2,5 mm dan yo'g'on poyalar 1%, 5 sm dan uzun poyalar 3%, teshigining diametri 1 mm li elakdan o'tadigan mayda qismi 2%, organik aralashmalar 0,5% va mineral aralashmalar 0,5% dan ko'p hamda ekstrakg moddalarining miqdori 35% dan kam bo'lmasligi kerak. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida triterpen saponinlar, m-inozit, achchiq ortosifonin glikozidi, 1,5% gacha vino, limon va boshqa kislotalar, 0,2-0,66% efir moyi, 5-6% oshlovchi va boshqa moddalar hamda ko'p miqdorda kaliy tuzlari bo'ladi. Saponinlardan birining anglikoni - sapofanin a-amirin ekanligi aniqlandi. Ishlatilishi. Ortosifon o'simligining preparati siydik haydovchi vositasi sifatida buyrak (buyrak tosh kasalligi) hamda xoletsistit va yurak glikozidlari bilan birgalikda yurak kon tomiri sistemasining P-Sh darajali kasalliklarida ishlatiladi. Dorivor preparati. Damlama. Ortosifon (buyrak choy) o'simligini etishtirish Ortosifon bir yillik ko'chat ekini sifatida Gruziya subtropiklarida etishtiriladi. O'zbekistonning ixtisoslash-tirilgan xo'jaliklarida sinovdan o'tkazilgan. Aniqlanishicha, buyrak choyi ochiq va oftobli erlarda yaxshi o'sadi. Unumdor va namlik etarli tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. O'simlik poya qalamchalardan ko'paytiriladi. Ko'chat har yili, dekabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab issiqxonalarda havo harorati 18-22°S da tayyorlanadi. Qalamchalar 5-7 sm uzunlikda tayyorlanadi. Novdalaridagi ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:23
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:23 ]
Arxiv ichida: zip, doc