Reja: 1. Suv o'tlari haqida tushuncha. 2. Suv o'tlarining klassifikatsiyasi. 3. Suv o'tlarining ahamiyati 1. Tuban o'simliklarning suvda, nam joylarda va tuproqda yashaydigan katta guruhi suvo'tlar deyiladi. Suvo'tlar hujayrasida xlorofil bo'lishi bilan bakteriyalardan farq qiladi. Lekin ular tarkibida boshqa pigmentlar borligi tufayli rangi qo'ng'ir qizil va ko'k- yashil bo'ladi. Xlorofill borligi uchun suvo'tlar avtotrof o'simliklar hisoblanadi. Suvo'tlar tashqi ko'rinishidan juda xilma- xil bo'ladi. Ular orasida mikroskopik mayda bir hujayralilar bilan bir qatorda bir necha o'n metrga etadigan juda yirik vakillari ham bor. Koloniya bo'lib yashaydigan suvo'tlar bir hujayralilar orasidagi zvenodir. Ularning tanasi o'zaro bo'sh birikkan hujayralar to'dasidan iborat. Suvo'tlarining tanasi poya, barg, ildiz kabi organlarga bo'linmagan tallomdir. Biroq bazi vakillarning tallomi birmuncha murakkab tuzilgan bo'lib, funktsyasiga muvofiq ravishda tanasi ayrim qismlarga ajralgan bo'ladi. Suvo'tlari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Jinsiy yo'l bilan ko'payish oogamiya, izogomiya, geterogamiya tipida ro'y beradi. Suvo'tlar dengizlarda va chuchuk suvlarda suvning tiniqligiga qarab har xil chuqurlikda (tiniq dengizda 100-150 m ) yashaydi. Ularning bazilari, asosan, mikroskopik shakillarining juda ko'p to'dasi erkin so'zib yurib fitoplonkton hosil qiladi. Boshqalari esa suv xavzalari ostiga yopishib yashab, bentos (suv xavzasi ostidagi o'simlik va hayvon organizmlar to'dasi) tarkibiga kiradi. Tuproq suvo'tlari yer yuzasida va uning ustki qatlamlarida yashaydi. Ularning ko'pi tuproqda organik moddalarni to'planishiga yordam beradi va unimdorlikning muhim omili hisoblanadi. 2. Suvo'tlarining juda ko'p, 20 minga yaqin turi bo'lib, ular 5 ta sinfga bo'linadi. Shulardan biz quyidagi: ko'k- yashil suvo'tlar (Cyanophyta), yashil suvo'tlar (Chlorophyta), diatom suvo'tlar (Diatomeae), qo'ng'ir suvo'tlar (Phaeophyta) va qizil suvo'tlar (Rodophyta) sinfi bilan tanishamiz. Ko'k- yashil suvo'tlar- Cyanophyta. Bu suvo'tlarga eng sodda, ko'pincha bir hujayrali yoki koloniya bo'lib yashaydigan organizmlar kiradi. Kamdan - kam holda ko'p hujayrali, ipsimon shakillari ham uchraydi. Ko'k - yashil suvo'tlarining to'dasi ko'pincha shilimshiqqa o'ralgan bo'ladi. Bularning nomi o'ziga xos rangiga qarab berilgan. Ularning hujayrasida har xil pigmentlar: xlorofill, fikotsian, karotin va ayniqsa fikoeritrin bo'lib, ularning o'zaro nisbati turlicha bo'lganligidan har xil rang hosil qiladi. Ularning hujayrasi ovval, sharsimon, ustinsimon va boshqa shakilarda bo'ladi. Diatom suvo'tlar - Diatomeae. Diotom suvo'tlarini 5 mingga yaqin turi mavjud. Ular bir hujayrali va koloniya bo'lib yashaydigan organizmlaridir. Bularni hujayrasini shakli juda xilma - xil: yumalok, tayoqchasimon, uchburchak va xakozo bo'ladi. Yashil - suvo'tlar - Chlorophyta. Yashil suvo'tlar sinfiga 5500 dan ortiq tur kiradi. Bular bir hujayrali, koloniya holdagi va ko'p hujayrali organizmlardir. Yashil suvo'tlarning xromotoroflarida faqat xlorofill bo'lib, boshqa pigmentlar bilan niqoblanmagani uchun yashil rangda ko'rinadi. Yashil suvo'tlarning eng sodda vakillari, yani bir hujayralilarning ko'pincha ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.08 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.08 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: doc