O'simlik hayotidagi sifat o'zgarishlar rivojlanish qishloq xo'jaligi o'simliklari rivojlanishini boshqarish

O'simlik hayotidagi sifat o'zgarishlar rivojlanish qishloq xo'jaligi o'simliklari rivojlanishini boshqarish

O'quvchilarga / Botanika
O'simlik hayotidagi sifat o'zgarishlar rivojlanish qishloq xo'jaligi o'simliklari rivojlanishini boshqarish - rasmi

Material tavsifi

O'simlik hayotidagi sifat o'zgarishlar rivojlanish qishloq xo'jaligi o'simliklari rivojlanishini boshqarish Reja: 1. Barglarning rivojlanishi. Ildizlarning rivojlanishi. hujayralarning differensiallanishi. Rivojlanish yo'llarining hosil bo'lishi va boshqarilishi. Transkriptsiya omillari genlarining rivojlanishi boshqarilishi. Barglarning rivojlanishi Barglar ko'pchilik o'simliklarning fotosintezlovchi organi hisoblanadi. Barglarda quyosh energiyasi o'zlishtiriladi va kimyoviy energiyaga aylantiriladi va o'simliklar hayoti uchun zaruriy resurs sifatida xizmat qiladi. O'zlarining o'lchamlari va shakllaridan qatiy nazar barcha barglar yupqa, tekis tuzilishga ega bo'ladi va dorsinventral polyarlikka ega bo'ladi. Bu xususiyat nihollarning va poyalarning apikal meristemalaridan yuzaga keladi va ikkala tipi ham radial simmetriyaga ega bo'ladi. Yana bir muhim jihat shundan iboratki boshlang'ich barglarning o'sishi determinirlangan holatda bo'ladi va bu paytda vege tativ o'q apikal meristemalar kabi noaniq ko'rinadi. Keyingi bo'limlarda barglarning boshqa rivojlanish yo'llari ko'rib chiqiladi. 1-etap; Organogenez. hujayralarning L1 dagi va L2 qavatlardagi bir qancha qismi nihollarning apikal meristema qismlarida yon taraflarida joylashadi va barg hosil qiluvchi asos hujayralarinig identifikatsiyasini ta'minlaydi. Bu hujayralar o'zlarini o'rab turgan hujayralarga nisbatan tez bo'linish xususiyatiga ega va barg to'qimalarini hosil qiluvchi novdalarni hosil qiladi. Bu barg to'qimalari o'sish jarayonida barglarning rivojlanishini ta'minlaydi. 2-etap: O'simliklar suborganlarining rivojlanishi. To'qimalarning identifikatsiyalangan qismlari barglarning alohida qismlarini hosil qiladi. Bu differentsiatsiya uchta o'q bo'yicha amalga oshadi: dorsinventral (abaksial-adaksial), proksimodistal (apikalbazal), va yon (Marja-lopast tomirchalari). Yuqori (adaksial) barg qismlari yorug'lik yutish uchun moslashgan bo'ladi pastki (abaksial) qismlar esa gaz almashinuvi jarayonlariga moslashadi. Barg strukturalari va ularning rivojlanish darajalari yon o'qlari va proksimodistal atrofida turli ko'rinishlarga ega bo'ladi. 3-etap: hujayralar va to'qimalarning differentsiatsiyasi. Rivojlanayotgan barglar o'sadi, hujayralar va to'qimalar differensiallanadi. L1 qavatlardan hosil bo'lgan hujayralar epidermisga differensiallanadi (epidermal hujayralar, uchta bir biri bilan tutushib turuvchi hujayralar.). L2 qavatlaridan hosil bo'ladigan hujayralar fotosintetik mezofil hujayralarni, tomir elementlari va qobiqlarning qavatlanishini hosil qiluvchi hujayralar L3 qavatlardan hosil bo'ladi. Bu hujayralar genetik jihatdan oldindan belgilangan dastur asosida amalga oshadi va bir nechta holatlarda atrof-muhit omillari ta'siriga nisbatan o'ziga xso xususiyatli o'zgarishlarni hosil qilishi mumkin Barglar to'qimalarining joylashishi genetik jihatdan oldindan dasturlangan bo'ladi Barg to'qimalarining genetik determinallangan shakllarining vaqtlari va strukturasi barg ko'rinishlarining o'ziga xos shakllarini hosil qiladi. Barg to'qimalarining shakllanishi bilan barg soni va poya atrofi bo'ylab joylashish tartibining yuzaga kelishi barglarning joylashuvi holati deb ataladi. Barglarnig joylashuvi 5 turga bo'linadi. Alternativ barg joylashishi. Xar bir bo'g'imda bitta barg joylashadi. Qarama qarshi joylashish Barglar poyalar atrofida bir biriga qarama qarshi joylashadi. O'zaro kesishgan holatda joylashish. Poyalarning Ikki qarama qarshi tomonidan barglar takrorlanuvchi juftlik hosil qilib joylashadi va vegetativ rivojlani jarayonida barglar bir biriga nisbatan to'g'ri burchak ostida joylashadi. Barglarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.4 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:18 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.4 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga