O'simlik hujayrasi fiziologiyasi Reja: Hujayra o'simlik organizmining elementar struktura va funksional birligi. Hujayra tuzilishining struktura asoslari. Protoplazmaning fizik kimyoviy xossalari. Bioenergetikaning asosiy tushunchalari. Hujayraning adenilat sistemasi. Hujayra o'simlik organizmining elementar struktura va funksional birligi. Butun o'simliklarning asosiy struktura birligini hujayralar tashkil etadi. Ularning tiriklik xususiyatlari shu hujayralarda belgilanadi. Chunki modda almashuvi deb ataluvchi assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari, ularning birligi faqat hujayradagina sodir bo'ladi. Ana shu ikkala jarayonning birligi tiriklik deb ataluvchi materiyaning harakat formasini belgilaydi. Yashil o'simliklar har xil organlar yig'indisidan iborat bo'lib, bu organlar o'z navatida to'qimalar va hujayralar birlashmasidan to'zilgan. Yuksak to'zilishga ega bo'lgan har bir o'simlik organizmi murakkab sistema sifatida bir-biri bilan uzviy ravishda aloqada bo'lgan organlar va funksiyalar yig'indisidan iboratdir. Bu birlikning asosini hujayralar tashkil etadi. Tirik hujayra yarim o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan membrana bilan chegaralangan bo'lib, o'zini qayta qurish qobilyatiga ega. Tabiatdagi organizmlar ikki gruppaga bo'linadi: 1-prokariotlar - hujayrasida shakllangan yadro bo'lmaydi, ularga bakteriya va ko'k-yashil suvo'tlari kiradi. 2- eukariotlar - hujayrasida albatta shakllangan yadro bo'ladi. Ularga o'simlik va hayvon organizmlari kiradi (1-jadval). Prokariot hujayrada shakllangan yadro bo'lmasligi bilan birga unda ribosomalar soni eukariot hujayradagiga nisbatan ming barobar ko'p bo'ladi. Bundan tashqari prokariot hujayrani eukariot hujayradan farqi, unda organoidlari bo'lmadi, ularning vazifalarini tsitoplazmatik membrana invaginatsiyalari bajaradi. Har bir o'simlik hujayralardan to'zilgan bo'lib, ularning tiriklik xususiyatlari shu hujayralarda belgilanadi. Modda almashinish jarayoni faqat hujayradagina sodir bo'ladi. Bu jarayonning birligi tiriklik materiyasining harakat formasini belgilaydi. O'simlik hujayralari ko'rinishi jihatidan 2 xil bo'lishi mumkin, parenximatik va prozenximatik. Parenximatik hujayralari - ularning eni bo'yiga teng bo'lib, ko'proq kvadratga o'xshash bo'ladi. Prozenximatik hujayralar - ularning bo'yi enidan bir necha barobar katta bo'ladi. O'simlik hujayralarning ko'rinishi va bajaradigan funksiyalari 1- har xil bo'lsa ham, umumiy to'zilishga ega. 1-jadval Prokariot va eukariot hujayralar tuzilishi 2. Hujayra tuzilishining struktura asoslari O'simlik hujayralarida daslab hujayra qobig'ini va ichki tarkibiy qismini farqlash zarur. Hayotiy xossalar aynan hujayra ichki qismi bilan belgilanadi. Har bir voyaga etgan hujayrada po'st, tsitoplazma, membrana, organoidlar kabi struktura elementlari bo'ladi. Hujayraning ichki qismi protoplast deyiladi va u tsitoplazma va unda joylashgan yirik organoidlardan iborat. Hujayra po'sti. U hujayraga mexanik mustahkamlikni beradi, protoplazmatik membranani gidrostatik bosimdan himoya qiladi. Yosh hujayralarda po'st o'sish qobiliyatiga ega moddalarni yutilishida ishtirok etadi. U protoplast kompanentlaridan hosil bo'ladi. Ona hujayra bo'linayotganida ikkita yosh hujayra oraligida parda to'siq paydo bo'ladi, u eski po'st bilan qo'shilib ketadi va hosil bo'lgan ikkita hujayra ham avalgi qattiqk po'stga o'raladi. Hujayra po'stining 100 mkm yuzasida 10-30ta plazmodesmalar uchraydi. Hujayra po'sti tarkibida tselyuloza, ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.27 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.27 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: docx