O'simlik hujayrasi Reja: Hujayra haqida umumiy tushuncha Yadro Vakuolalar va hujayra shirasi. Hujayra qobig'ining tuzilishi Hujayra haqida umumiy tushuncha Botanikaning hujayralarni o'rganuvchi bo'limiga tsitologiya deyiladi. U tirik mavjudotlarning eng kichik tuzilishiga ega bo'lgan biologik qismidir. Deyarli barcha tirik mavjudotlar - o'simliklar, hayvonlar va sodda organizmlar hujayralardan tashkil topgan. Hujayra organik olamning malum taraqqiyoti bosqichi davrida, tirik materiyaning asta-sekin takomillashishi natijasida paydo bo'lgan. Tabiatda hujayrasiz hayot formalari (viruslar, bakteriofaglar) ham mavjud, lekin tirik organizmlarning asosiy shakl birligi hujayradir. Hujayraga tirik materiyaning barcha jarayonlari: o'sish, oziqlanish, nafas olish, ta'sirchanlik va ko'payish xosdir. Hujayraning tuzilishi va hayotiy jarayonlari haqidagi hozirgi ma'lumotlar, 300 yildan ko'proq davrdagi ilmiy kuzatishlar natijasidir. Gollandiyalik olim A. Levinguk (1832-1723) mikroskop yordamida birinchi marotaba erkin harakat qiluvchi yakka hujayralarni kuzatib, bir hujayrali sodda organizmlar mavjudligini aniqlagan. XIX asrdagi yirik kashfiyotlar natijalari 30-40 yillarda nemis olimlari zoolog - T. Shvan va botanik M. Shleyden tomonidan hujayra nazariyasini yaratishga sabab bo'ladi. Bu nazariyaga binoan o'simliklarning va hayvonlarning organizmlarini tashkil etgan hujayralar, kelib chiqishi, tuzilishi va o'sishi jihatidan o'xshashdir. Keyinchalik 1859 yil nemets olimi Rodolf Virxov tomonidan hujayraning ko'payishi o'rganilib, bir hujayra ikkinchisidan paydo bo'lishi asoslab berildi. 70-yillarga kelib hujayra yadrosining tuzilishi o'rganila boshlandi. Bu esa biologiya faninig muhim qismlaridan bo'lgan tsitologiya bo'limini rivojlanishiga sabab bo'ldi. Tabiyki barcha bir va ko'p hujayrali organizmlar ikkita guruhga: prokariotlar (yadrosiz) va eukariotlar (yadroli organizm)larga bo'linadi. Hozirgi zamon va qazilma organizmlarning tuzilishi to'g'risidagi ma'lumotlarning ko'rsatishicha prokariot va eukariot hujayralar tuzilishi va hayotiy jarayonlari jihatdan bir-biridan keskin farq qiladilar. Bu yirik ikkala taksonlarning o'rtasida oraliq formalar (shakllar) hozircha noaniq. Adabiyotlarda ko'rsatilishicha Kembriygacha davr bo'lgandan 3 milliard yil avval birinchi eukariot hujayralar paydo bo'lgan. Ular aftidan prokariotlardan kelib chiqqan bo'lsa kerak degan taxminlar bor. Prokariot (yunon. pro - gacha, karion - yadro) hujayralarning eukariot hujayralardan asosiy farqi shundaki, ularning genetik materiallari tsitoplazmada joylashgan. Eukariot (yunon. eu - haqiqiy, karion - yadro) hujayralar murakkab tuzilgan bo'lib, haqiqiy yadroga ega, ularning genetik materiallari ikki qavatli membrana yani yadro qobig'i bilan o'ralgan bo'ladi. Eukariot hujayralar prokariot hujayralarga nisbatan yirikroq bo'ladi, ularning o'lchami 10 mkm dan 100 mkm - mikrongacha va undan ham kattaroq bo'lsa, prokariotlarlar (turli bakteriyalar, ko'k-yashil suvo'tlari) hujayralarining o'lchami 10 mkm dan oshmaydi, ko'pincha 2-3 mkm oralig'ida bo'ladi. Prokariot organizmlarning hujayralari oddiy bo'linish yo'li bilan ko'paysa, eukariot organizmlarning hujayralari mitoz va meyoz yo'llari bilan ko'payadi. Prokariot hujayralarining ribosomalari o'lchamlari va oqsillarning soni jihatdan eukariotlarning hujayra ribosomalaridan farq qiladi. Prokariot hujayralarda tsitoplazmaning xususiyatlaridan bo'lgan - fagotsitoz (biror yot tanachalarni qamrab olish), ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.36 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.36 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: doc