6- §. O'SIMLIK HUJAYRASINING XILMA-XILLIGI VA MIKROSKOPDA KO'RINISHI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. O'simlik hujayralari qaysi organga tegishliligiga qarab shakli, hajmi va joylashishiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Hujayralardagi bu farq o'simliklar turiga va yashash sharoitiga bog'liq. Hujayralarning xilma-xilligini ko'rish uchun o'simliklarning turli organlaridan preparat tayyorlash kerak. Misol uchun piyozning shaffof yupqa pardasidan preparat tayyorlash ancha oson. Buning uchun uning etli qobig'idan yupqa shaffof pardasi ajratib olinadi va buyum oynasidagi tomchi suvga qo'yiladi. Uning hujayralari shaklining cho'ziqligi, zichroq joylashgan ligi va plastidalarning rangsizligi bilan boshqa o'simlik hujayralaridan farq qiladi. Hujayralar o'lchami jihatidan ham bir-biridan farq qilishi endi sizga ma'lum. Haqiqatan ham, ko'pchilik o'sim liklarning hujayrasi juda kichkina bo'ladi. Lekin yiriklari ham bor. Masalan, chigit yuzasidagi tola (tuk) bitta hujayradan iborat bo'lib, uzunligi 3-4 sm ga yetadi. Shunday qilib, har xil turga tegishli o'simliklar hujayrasi o'ziga xos shaklda bo'lishiga ishonch hosil qildik. Hatto bir tup o'simlikning turli organlaridagi hujayralar ham har xil - cho'ziq, yumaloq, ko'p qirrali va boshqa shakllarda bo'lishi mumkin. Hujayralar shakliga va bajaradigan vazifasiga qarab xilma-xil tuzilgan bo'ladi. Hujayralar shakl jihatidan bir-biridan qancha farq qilmasin, ularning ichki tuzilishi o'xshash bo'ladi. Savol va topshiriqlar O'simliklar hujayralari qanday shakllarda bo'ladi? Piyoz pardasi hujayralari boshqa hujayralardan qanday farq qiladi? Chigit tolasi hujayralarining o'ziga xosligi ni-malardan iborat? U piyoz hujayralaridan qanday farq qiladi? ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.8 MB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.8 MB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: ppt