O'simlik to'qimalari (gistologiya) Reja: 1. O'simlik to'qimalari haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi. 2. Hosil qiluvchi to'qimalar, ahamiyati va turlari. 3. Qoplovchi to'qimalar, ularning vazifasi. Epiderma, perederma, po'stloq. 4. Asosiy to'qima to'g'risida tushunchalar. 5. So'ruvchi parenxima. Assimilyatsion, g'amlovchi parenximalar va aerenxima, ularning vazifalari. 6. Mexanik to'qimalar va ularning turlari. Kollenxima, sklerenxima, sklereidlar to'g'risida tushuncha. 7. O'tkazuvchi to'qima va ularning turlari. Traxeya va traxeidlar. Elaksimon naylar va yo'ldosh hujayralar. 8. Ajratuvchi sistema. Tashqi va ichki sekretsiya ajratuvchi to'qimalar. Evolyutsiya natijasida suvda va quruqlikda yashovchi o'simliklar tuzilishida keskin farqlar paydo bo'lgan. Masalan, suvda yashovchi suvo'tlarining tallomi (tanasi) asosan bir xil tuzilishga ega bo'lgan hujayralardan tashkil topgan bo'lsa, tanasi ildiz, poya va barglarga differensiyalangan yuksak o'simliklar esa har xil vazifani bajaruvchi va turli xil tuzilishga ega bo'lgan hujayralardan tashkil topgan. O'simlik barglarida fotosintez vazifasini bajaruvchi hujayralar yig'indisi bo'lsa, ildiz uchida suv va unda erigan mineral moddalarni shimib olib, o'simlikning boshqa organlariga yetkazib beruvchi maxsus so'rish vazifasini bajaruvchi hujayralar yig'indisi mavjud. Shunday qilib, bir xil vazifani bajaruvchi, bir-biriga o'xshash, kelib chiqishi ham umumiy bo'lgan hujayralar yig'indisiga to'qima deyiladi. Katta yoshdagi (voyaga etgan) ko'p hujayrali o'simlikning tanasi bir qator to'qimalardan iborat bo'lib, ular o'zining tuzilishi va bajaradigan funksiyasi bilan bir-biridan farq qiladi. 1807 yilda G.Link to'qimalarni parenximatik va prozenximatik to'qimaga ajratgan edi. Bu sun'iy klassifikatsiya bo'lib, uning negizida hujayra bo'yining eniga nisbati yotadi. Keyinchalik gistolog P.Van Tigem to'qimalarni tirik va o'lik guruhlarga ajratdi. To'qimalarni ilmiy asosda klassifikatsiya qilgan olim fiziolog I.Saksdir. U 1868 yilda o'simlik to'qimalarini 3 guruhga: qoplovchi, o'tkazuvchi va asosiy to'qimalarga ajratdi. Bu xil bo'linish hozirga qadar ham o'z ahamiyatini yo'qotgan emas va to'qimalar sistemasida asosiy o'rinni egallaydi. Ilmiy asoslangan hozirgi zamon klassifikatsiyasi bo'yicha quyidagi to'qimalar farqlanadi: 1. Meristematik yoki hosil qiluvchi to'qimalar. 2. Qoplovchi to'qimalar. 3. Asosiy to'qimalar. 4. Mexanik to'qimalar. 5. O'tkazuvchi to'qimalar. 6. Ajratuvchi sistema. Ko'pchilik hollarda ajratuvchi sistema o'tkazuvchi to'qimalar jumlasiga qo'shib o'rganiladi. O'simliklarning bo'yiga o'sishi, eniga kengayishi yoki yangi organlarning paydo bo'lishi negizida hosil qiluvchi to'qimalar yotadi. Kelib chiqishiga ko'ra hosil qiluvchi to'qimalar birlamchi va ikkilamchi, o'simlikda joylashishiga ko'ra esa uchki (tepa), yon va interkalyar hosil qiluvchi to'qimalarga bo'linadi. Tepa meristema vegetativ novda va gul novda hosil qiluvchi hamda ildiz uchi meristemalariga bo'linadi va ular ildiz bilan poyalarning uchida joylashadi. Yon meristemalarga ildiz va poyalar markaziy silindrining atrofida joylashgan perisikl prokambiy va kambiylar kiradi. Birlamchi meristema urug' mo'rtagida, poya, ildiz va ularning uchlarida, yon poyalar hamda kurtaklarda joylashib, yangi organlarning hosil bo'lishini, shuningdek o'simliklarning bo'yiga o'sishini ta'minlaydi. Birlamchi tepa ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
215.95 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
215.95 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: ppt