8- §. O'SIMLIK TO'QIMALARI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. O'tgan darslarda Siz xilma-xil hujayralar bilan batafsil tanishdingiz. Bular orasida chiqib kelishi, shakli o'xshash, muayyan bir vazifani (funksiyani) bajaradigan hujayralar ham bor. Bunday hujayralar to'plami to'qima deyilishini bilib oldingiz. To'qima o'simlik organining asosini tashkil etadi. O'simliklarda bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi qismi organ deyiladi. O'simlik to'qimasi haqidagi dastlabki ma'lumot XVII asrda Malpigi va Gryu asarlarida bayon etilgan. O'simlik hujayralari bir xil bo'lsa oddiy to'qimali, har xil hujayralardan tashkil topgan bo'lsa, murakkab to'qimali o'simlik deyiladi. 1682-yili ingliz tabiatshunosi N. Gryu to'qima tushunchasini fanga olib kirdi. To'qimalar joylashishi va bajaradigan vazifasiga ko'ra xilma-xil bo'ladi Marchello Malpigi Neyemiya Gryu Qator morfo-biologik belgi va xususiyatlariga qarab o'simliklarda quyidagi to'qimalar bo'ladi: hosil qiluvchi to'qima, qoplovchi to'qima, asosiy to'qima, ajratuvchi to'qima, o'tkazuvchi to'qima. Ba'zan bularga yana boshqa to'qimalarni ham qo'shib o'rganiladi, masalan, assimilyatsiyalovchi to'qima, g'amlovchi to' qima, mexanik to'qima va boshqalar. Hosil qiluvchi to'qima (meristema). Bu to'qima o'simlik hayoti bilan uzviy bog'liq. O'simlik hujayrasi shu to'qima yordamida bo'linib ko'payadi va yangi to'qima hamda organlar hosil bo'ladi. Natijada o'simlik o'sishda davom etadi. Hayvonlarda bu to'qima bo'lmaydi. Meristema to'qimasi o'simlikning turli qismlarida joylashadi. Bu to'qima hujayralari yupqa va egiluvchan bo'ladi. Ular o'simlikning eniga va bo'yiga o'sishiga yordam beradi. Asosiy to'qima. Bu to'qimaning eng muhim vazifasi fotosintez jarayonini, ya'ni o'simliklarda moddalar almashinuvini amalga oshirishdan iborat. Uning tarkibiga assimilyatsiyalovchi, suv saqlovchi va g'amlovchi to'qimalar kiradi. Mazkur to'qima yadro va bir qavat xlorofill donachalaridan iborat. Shuning uchun ham bu to'qimalar xlorofi lli parenxima yoki xlorenximalar deb ham yuritiladi. Xlorenxima yunoncha xloros - yashil, enxima - to'ldirilgan degan ma'noni bildiradi. Ular yashil barg, yashil novdalarda epiderma hujayralari ostida joylashgan. G'amlovchi to'qima. Bu to'qimada fotosintez jarayonida hosil bo'lgan oziq moddalar, kraxmal, oqsil, karbon suvlar, vita'minlar, yog'lar to'planadi va uzoq muddat saqlanadi. Ular o'simlikning deyarli barcha organlarida bo'ladi. Jumladan, urug'larda to'planib, mo'rtak rivojlanishi uchun sarfl anadi. Cho'ldagi ba'zi o'simliklarda, masalan, sarsazan, buzoq- bosh, qizil sho'ra, baliqko'z va boshqalarda shiraga boy hujayralar bo'lib, ularda asosan suv saqlanadi. Suv saqlovchi hujayralar o'simliklarning barg va novdalarida bo'ladi. Zarurat bo'lganda o'simlik shu suvdan foydalanadi. Qoplovchi to'qimaning chiqib kelishi o'simliklarni suvli muhitdan quruqlikka moslashishidan boshlangan. Qop lovchi to'qima organlarni qurib qolishdan va tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan, mexanik shikastlanishlardan himoya qiladi. Bular ham ontogenez davrida meristema to'qimadan vujudga keladi. Bu to'qima 3 ga bo'linadi: epiderma, periderma va po'stloq. Epiderma gazlar almashinishida, kasal hujayralarning sog' to'qimaga kirmasligi hamda o'simlikni tashqi muhit-35 dan saqlashda qatnashadi. Bu to'qima ham poya va ildizlarda uchraydi. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
16.98 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
16.98 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: pptx