O'simlikdagi fiziologik jarayonlarning mahsuli o'sishi Reja: O'sish va rivojlanish tushunchalari. Embrional rivojlanish. O'qli tuzilish (struktura) Radial struktura (tuzilish) Embrionning o'qi hujayralarning birinchi zigotali bo'linishida shakllanadi. Tsitokinezning strukturalar shakllanishidagi ahamiyati. O'simliklarda meristemaning rivojlanishi. Nihollarning apikal meristemalari turli xildagi funksional qismlar va qavatlarga ega bo'ladi. O'sish va rivojlanish tushunchalari Rivojlanishning vegetatsiya bosqichi embrional genezdan boshlansada, rivojlanish o'simliklarning butun hayoti davomida amalga oshadi. O'simliklar ontogenetikasini o'rganish zigotalar fay tarzda embrion hosil qilishi bilan va mavjud strukturalardan o'simliklar qanday usulda yangi strukturalar hosil qiladi kabi savollar bilan boshlanadi. O'simlik organlari hujayralar bo'linishi va rivojlanishini generatsiyalaydi (amalga oshiradi), shuningdek ular maxsus vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan hujayralar guruhlaridan iborat to'qimalardan tashkil topadi va bu to'qimalar malum o'lchamlar asosida joylashadi. Bu to'qimalar qanday tarzda u yoki bu modellardan hosil bo'ladi va ularning hujayralari qanday tarzda differensiyalanadi? O'simliklar rivojlanish jarayonlari davomida o'sish xajmlarini nazorat qiluvchi asosiy omillar nimalar? Buni shunday tushunish mumkinki, hujayralarning bo'linishi, hujayralarning asoslarining shakllanishi hujayra, biokimyoviy jarayonlar va molekula darajasida amalga oshishi ontogenetikaning eng oxirgi natijalari g'isoblanadi. Bu tushunchalar o'zida rivojlanishning genetik asoslarini mujassamlashtirishi lozim. Oxir oqibatda rivojlanish genetik kodlangan dasturlarning ochilishiga olib keladi. Qanday genlar va ularning qanday ierarxik tartibi bunday jarayonlarda ishtirok etadi va ular o'simliklar rivojlanishi jarayonlarida qanday o'zgarishlarga olib keladi? Bu bo'limda biz embriogenez bilan boshlanuvchi ushbu jarayonlar va to'g'risida malum savollarni ko'rib chiqamiz. Embriogenez o'simliklar rivojlanishini iniitsirlaydi (boshlab beradi), ammo hayvonot olamidan farqli ravishda o'simliklarning rivojlanishi uzluksiz jarayonlarni o'zida aks ettiradi. Embriogenez o'simliklar tanasining asosini hosil bo'lishiga va rivojlanishiga, meristemaning va katta o'simliklar uchun qo'shimcha organlar shakllanishiga asos bo'ladi. Embrion shakllanishining muhokamasidan keyin biz ildizlar va meristema o'qlarini ko'rib chiqamiz. O'simliklarning rivojlanishi ko'proq pomtembrional bo'lib, bu jarayonlarning asoslari meristemadan hosil bo'ladi. Meristemalarni hujayralarni ishlab chiqaruvchi fabrikalar deb atash mumkin va bu fabrikalar ayni paytda o'simliklar organizmida hujayralarning bo'linishi, o'sishi va rivojlanishi, differentsiatsiyasi jarayonlarini amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi omil hisoblanadi. Meristemalardan hosil bo'lgan hujayralardan o'simliklar umumiy hajmlarini shakllarini va umumiy strukturasini hosil qiluvchi to'qimalar va organlar hosil bo'ladi. O'simliklar meristemasi yuqori qaytalanish xususiyatlariga ega va ular aynan bir xil va analogik strukturalarni qayta-qayta ishlab yaiqarishi mumkin va bu jarayonlar belgilab qo'yilmagan o'sish chegarasida uzluksiz davom etishi mumkin. Kaliforniya sekvoyasi, qarag'ay kabi bir qancha uzoq umr ko'ruvchi o'simliklar uzoq yillar davomida o'sish jarayonlarini amalga oshirishi mumkin. Boshqa kam umr ko'ruvchi o'simliklar, masalan bir yillik o'simliklar vegetativ hayot davomiyligini gullashdan boshlab bir necha oylar yoki hafta davomida tugatishi mumkin. Oxir oqibatda katta o'simliklarda zigota hosil bo'lishi va jarayonlarning qayta amalga oshishini taminlovchi vegetativ ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.91 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.91 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: docx