O'simlikdagi suv muvozanati Reja: O'simliklarning suv rejimi Tuproqdagi suv Suv transporti jarayonlari. Suv tuproqdan o'simliklar orqali havo muhitiga tomon harakati Ksilemada suvning o'tkazilishi O'simlik ksilemasi yuzasida suv transportirovkasining fizikaviy xususiyatlari. O'simliklarning suv rejimi Yer atmosferasidagi hayot yer usti o'simliklari uchun muhim omillarni o'zida aks ettiradi. Bir tomondan atmosfera o'simliklar fotosintezi uchun kerakli karbonad angidrid gazi manbaasi hisoblanadi. Shu bois o'simliklar atmosfera muhitiga intiladi. Ikkinchi tomondan atmosfera nisbatan quruq bo'lib, u o'simliklar organizmini suvsizlantirib qo'yishi mumkin. Bu qarama-qarshi ehtiyojlarni qondirish hamda karbonad angidrid gazini imkon qadar ko'proq o'zlashtirish va suv yo'qotishni imkon qadar kamaytirish maqsadida o'simliklar evolyutsion rivojlanish davomida barglari orqali suv bug'lanishi va yo'qotilgan suv o'rnini to'ldirish xususiyatlariga ega bo'lganlar. Ushbu bo'limda biz o'simlik va o'simliklar muhiti darajasida, suv transorti harakatiga ta'sir etuvchi kuchlar va mexanizmlarni ko'rib chiqamiz. Suv transporti jarayonlarida suvning barglar orqali yo'qotilishi suv bug'lari kontsentratsiyasinig gradient harakatlari natijasida yuzaga keladi. Ksilema orqali suv o'tkazilishi xuddi tuproqdagi kabi o'simliklar ichki gradient bosimlari ta'sirida yuzaga keladi. Hujayralararo suv o'tkazilishi jarayonlari o'simliklar o'qildizlaridagi kabi murakkab jarayon bo'lsada bu jarayonlar butun to'qima tarkibida suvning potentsial gradient holatiga qarab boshqariladi. Suv o'tkazilishi jarayonlarida suv transporti passiv holat hisoblanib, harakati davomida suvning erkin quvvati kamayib boradi. Suv transporti passiv xususiyatli bo'lishiga qaramasdan, o'simliklar organzmidagi eng kichik darajalardagi atmosferaga transpiratsiya jarayonlarini boshqarish hisobiga suv yo'qotilishini kamaytirish maqsadida suv transporti o'simliklar tomonidan qatiy nazorat qilib boriladi. Biz suv trnsporti jarayonlarini uning tuproqdagi harakatlarini ko'rib chiqishdan boshlaymiz. Tuproqdagi suv Tuproqdagi suvning tarkibi va harakati tuproqning turi va tarkibigi hamohang bog'liqdir. Turli tipdagi tuproqlarning fizikaviy xususiyatlari keskin farqlanishini ko'rsatadi. Tuproqning tarqalgan hududida 1 mm qalinlikda kum uchrashi mumkin. Ammo ushbu qatlam tuproq yuzasining juda kam qismini tashkil etsada, qatlamlar orasidagi o'tkazuvchanlik kanallarida muhim ahamiyatga ega bo'ladi Boshqa qavatida 2 mm qalinlikda loy qalami kuzatiladi. Ushbu qatlam sezilarli katta yuzani egallasada lekin qatlamlar orasidagi uzviy aloqa kanallarida kamroq rol o'ynaydi. Gumus (organik moddalar parchalanishian hosil bo'luvchi modda) kabi organik moddalar yordamida tuproqning loyli qatlami bilan aralashishi natijasida hosil bo'lgan donadorlik tuproqda suv aylanishi va havo aeratsiyasi jarayonlarini birmuncha yaxshilaydi. Tuproq kuchli yomg'ir yoki kuchli suv oqimi bilan sug'orilganda yig'ilgan suv og'irlik kuchi ta'siri ostida qatlamlararo pastga harakatlanadi, malum bir qismi esa ushbu kanallar orasidagi havo hisobiga qatlamlar orasida ushlab turiladi. Tuproqdagi suv uning qatlamlari orasidagi yuzalarga yopishgan holatda yoki qatlamlararo bo'shliqlarda to'planib turishi mumkin. 11-rasm. Ildiz tizimi va unga tuproq bosimining ta'siri Qumli gruntlarda qatlamlararo bo'shliqlar birmuncha katta bo'lib, ular orqali suv oqim hosil qilishi mumkin va tuproq ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
172.68 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
172.68 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: docx