O'simliklar chidamliligi va himoyalanish fiziologiyasi Reja: O'simliklarni issiqqa va qurg'oqchilikka chidamliligi O'simliklarning qurg'oqchilikka moslashuvi Ma'lumki, barcha tirik organizmlar muhitning biotik va abiotik omillariga moslashuv va noqulaylaridan esa himoyalanish xususiyatlariga ega. Bu hol tirik organizmlarning shakllanishidan boshlanib evolyutsiya davomida rivojlanib va takomillashib borgan. Organizmlarga zarar yetkazadigan va ularni haloqatga olib boradigan omillar juda ko'p bo'lganligi sababli ulardan himoyalanish mexanizmlari faqatgina metobolitik o'zgarishlar bilan cheklanib qolmasdan balkim morfologik o'zgarishlar ham vujudga kelgan. Masalan, tikonlarning shakllanishi. O'simliklar fiziologiyasida o'simliklarning muqobil va noqulay sharoitlarda o'sib rivojlanishi «mustahkamlilik» tushunchasi bilan ifodalanadi. «Mustahkamlilik» o'z ichiga turg'unlanish va qayta tiklanish jarayonlarini oladi. Biologik rivojlanishning har bir bosqichi o'z mexanizmlariga ega. Masalan, molekuyar darajada, poliploidiya ko'rinishida, organizm darajasida ko'plab gameta va urug'larning hosil bo'lishi va boshqalar. Qayta tiklanish jarayonlariga esa zararlangan DNKning fermentlar yordamida tiklanishi, o'sish kurtaklarining hosil bo'lishi, regeneratsiya va hoka'zolar misol bo'lishi mumkin. Qo'zg'alish flziologiyasi. «Qo'zg'alish» organizmning noqulay omilga javobi sifatida uch bosqichdan iborat bo'ladi. Bular «jonlanish», moslashish va holsizlanish bosqichlaridir. Agar qo'zg'alishning oxirgi uchinchi bosqichi tez rivojlansa, organizm halok bo'lishi mumkin. O'simlik organizmi hayvon organizmidan farqli o'laroq qo'zg'alishga modda almashinuvining faollanishi bilan emas, balkim pasayishi bilan javob beradi. Bu qo'zg'alish holatida organizmda moddalar almashinuvini to'xtatuvchi etilen va ABK gormonlarining ko'payishi tufayli bo'ladi. O'simliklarda qo'zg'alish holatini chaqiruvchi omillarni uch guruhga bo'lib qarash mumkin. Fizik omillar. Bularga namning yetishmasligi yoki ortiqchaligi, yorug'lik. harorat, radioaktiv nurlanish, mexanik ta'sirlar kiradi. Kimyoviy omillar. Bularga tuzlar, gazlar, gerbitsidlar, insektitsidlar, fungitsidlar, sanoat chiqindilari va boshqalar kiradi. Biologik omillar. Bularga zararkunandalar va kasalliklar bilan zararlanish, boshqa o'simliklar bilan raqobat, hayvonlarning ta'siri, gullash, mevalarning pishishi kabi hollar kiradi. Bir xil omilning u yoki bu o'simlikga ta'siri uning turiga qarshiligiga qarab qo'zg'alish chaqirishi yoki chaqirmasiligi mumkin. Masalan, qurg'oqchilikga nisbatan o'simliklarning ikki guruhga bo'lib qarash mumkin. Hujayraning qo'zg'alish mexanizmlari. Hujayraga kuchsiz ta'sirlar bo'lganda ham masalan, unga bo'yoq moddalarning yutiljshi sitoplazmaning yorug'lik o'tkazishi va uning yopishqoqligi o'zgaradi. Ta'sir kuchli bo'lganda esa yuqoridagi hollarning teskarisi bo'ladi. Qo'zg'atuvchi kuchli bo'lib, uning ta'siri tez ortib borsa, hujayrada quyidagi o'zgarishlar bo'ladi: 1. Membrana o'tkazuvchanligining ortishi va plazmalemma membrana potentsialining qayta qutblanishi. 2. Ca2+ ning hujayra devoridan, vakuoladan, E.T., mitoxondriyadan va boshqa hujayra ichki komportmentlaridan sitoplazmaga o'tishi. 3. Sitoplazma muhit pH ning nordon tomonga surilishi. 4. Hujayra skeleti to'rlari va aktin mikrofilamentlari yig'ilishining faollanishi va buning natijasida sitoplazmaning yopishqoqlik darajasi va nur o'tkazuvchanligining ortishi. 5. Kislorod yutilishining kuchayishi, ATF sarflanishining ortishi va erkin radikalli reaksiyalarning rivojlanishi. 6. Gidrolitik jarayonlarning ortishi. 7. Qo'zg'alish (stress) oqsillarining sintezi va faolligining kuchayishi. 8. Plazmolemmadagi N+pompasi faolligining ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.42 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.42 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: doc