O'simliklar ekologiyasiga kirish. Abiotik omillar

O'simliklar ekologiyasiga kirish. Abiotik omillar

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklar ekologiyasiga kirish. Abiotik omillar - rasmi

Material tavsifi

O'simliklar ekologiyasiga kirish. Abiotik omillar Reja: 1. O'simliklar ekologiyasi haqida tushuncha. Ekologik omillar klassifikatsiyasi. 2. Ekologiyaning qonunlari. O'simliklarning chidamlilik darajasi. 3. Qishloq xo'jalik ekinlarini etishtirishda chegaralovchi omillarni hisobga olishning zarurligi. 4. Yorug'lik omili va uning o'simliklar hayotidagi ahamiyati. 5. Harorat, uning o'simliklarga ta'siri. 6. Namlik. O'simliklarning namlikka bo'lgan talabiga ko'ra guruhlari. Insoniyat juda qadimdan o'simliklarga tashqi muhit ta'sir ko'rsatishini bilganlar va asta-sekin uning mohiyatini tushunib etishga intilgan. Natijada bu borada qator bilimlar va ma'lumotlar to'plangan. Lekin ma'lumotlarni ilmiy jihatdan umumlashtirish va tahlil etishga qaratilgan urinishlar XVII asrning oxirlaridan boshlangan. Masalan, Jan Batist Lamark 1809 yilda o'simlik va hayvonlar hayoti, turi va irsiyatiga tashqi sharoitning ta'sir etishini ko'rsatib berdi. Dastlabki ekologik bilimlar botanikaning otasi Teofrast Eroziyskiy (280-371 y e.a.) tomonidan keltirilgan bo'lib, u turli joyda o'suvchi o'simliklar tuproq va iqlim sharoiti bilan bog'liqligini ko'rsatadi. 1868 yilda rus olimi N.F.Levanovskiy Tashqi sharoitning o'simliklarning rivojlanishiga ta'siri to'g'risida mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida o'simliklarning tuzilishi va rivojlanishiga tashqi sharoitning ta'siriga oid eksperimental ma'lumotlarni bayon qildi. Tashqi muhit bilan o'simliklar va hayvonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar to'g'risidagi bilimlar to'planishi va tahlili ekologiya fanini shakllanishiga olib keldi. Ekologiya- barcha tirik organizmlarning o'zaro va ularni o'rab turgan tashqi muhit borasidagi munosabatlarni o'rganadigan fandir. Ekologiya termini nemis zoologi E.Gekkel tomonidan birinchi bo'lib taklif qilingan. U o'zining Tirik organizmlarning tabiiy tarixi asarida (1868) bu fanning mohiyatini ochib borishga harakat qilgan. Ekologiya fani grekcha oikos oykos so'zidan olingan bo'lib, yashash muhiti, yashash joyi degan manoni bildiradi. O'simliklar ekologiyasi 2 ta bo'limga bo'linadi. 1. Autekologiya. 2. Sinekologiya. Autekologiya bitta o'simlikka bo'ladigan ekologik omillarning ta'sirini o'rganadi. Sinekologik esa barcha o'simliklarga ekologik omillarning ta'sirini o'rganadi. Hozirgi sharoitda ekologiya tabiatdagi boyliklardan ongli ravishda foydalanish, uni muhofaza qilish va ko'paytirish to'g'risidagi nazariy tushunchalarini berib qolmasdan balki kelajakda tabiat bilan inson orasidagi munosabat masalasini kelajagini ko'rsatib beradi. O'simlik o'sishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan tashqi muhit elementlari ekologik omillar deb nomlanadi. Ularni 3 guruhga bo'lish mumkin. 1.Abiotik- tabiatning tirikmas omillari. Iqlim omillari: yorug'lik, harorat, suv, havo, tuproq va orografik omillar. 2.Biotik omillar. Tirik organizmlarning o'zaro ta'siri: hayvonlarning, hashoratlarning, mikroorganizmlarning o'simliklarga ta'siri. 3.Antropogen omillar insonlarning tabiatga ta'siri. Ekologik omillar o'simlikka bevosita va bilvosita ta'sir qiladi. Bevosita ta'sir qiluvchi omillarga namlik, yorug'lik, issiqlik, inson va hayvonlar ta'siri misol bo'la oladi. Bilvosita ta'sir etuvchi omillarga relef, tog' jinslari, iqlimni o'zgarishi va tuproq sharoitining o'zgarishi misol bo'la oladi. Bazan ayrim ekologik omillar bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatishi mumkin. Masalan: shamol o'simliklarning novdasini sindirib, bargi, mevasini to'kib bevosita ta'sir ko'rsatsa, tuproqdagi namlikni kamaytirib, qatqaloq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 80.44 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:18 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 80.44 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga