O'simliklar ekologiyasining asoslari, ekologik omillar haqida tushuncha. Iqlim omillari

O'simliklar ekologiyasining asoslari, ekologik omillar haqida tushuncha. Iqlim omillari

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklar ekologiyasining asoslari, ekologik omillar haqida tushuncha. Iqlim omillari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. O'simliklar ekologiyasining qisqacha rivojlanish tarixi. 2. O'simliklarni atrof muhit bilan o'zaro munosabati. 3. O'simliklarning suv rejimiga munosabati. Ekologiya terminini birinchi marta E. Gekkel' 1866 yilda Obshaya morfologiya organizmov (organizmlarning umumiy mofologiyasi) deb nomlangan asarida qo'llagan edi. U ekologiyani organizmlarning uni qurshab olgan tashqi muhitga bo'lgan munosabati to'g'risidagifan sifatida ta'riflagan. Ekologiyafani grekcha oikos oykos so'zidan olingan bo'lib, yashash muhiti, yashash joyi degan ma'noni bildiradi. Tirik organizmlarning atrof muhitga munosabati qadim zamonlarda ham ma'lum bo'lgan. O'simliklarning yashash sharoitiga munosabati haqidagi ma'lumotlarni eramizgacha bo'lgan 372 - 378 yillarda Teofrast va yangi eraning 23-79 yillarida Katta Pliniy keltirib o'tgan edi. Teofrast Aleksandr Makedonskiy bilan birgalikdagi yurishlarida yiqqan materiallarini ishlab chiqib, Osiyo, Afrika va Yevropao'simliklarini o'zaro taqqosladi, keyin o'simliklarning shakli va o'sishi iqlim, tuproq sharoitiga hamda o'stirish usullariga bog'liqligini qayd qilib o'tdi. Keyinchalik asrda Al'bert ekologik masalalariga to'xtalib, o'simliklar qishki tinim davrining sabablari. Ular oziqlanish, tuproq sharoitiga, quyosh issiqligiga bog'liq holda o'sishi va ko'payishi to'g'risidagifikrlarni bayon qildi XVI - XVII asrlarda o'sha davrning ko'zga ko'ringan botaniklari bo'lgan. Chezal'pino, Turnefor, Djon Rey, K. Linney va boshqalarning ishlarida ekologiyaga doir ko'plab ma'lumotlarni uchratish mumkin. Akademik I.I. Lepexin (1740-1802) mo'tadil iqlim zonalari. tropik va cho'llar lanshafti o'simliklarini ta'riflagan, o'simliklarning tarqalishi iqlimga bog'liqligini va baland tog' hamda tundra o'simliklarining o'xshashligini ko'rsatib o'tgan. Agronom A.G.Bolotov (1738 -1833) mevali daraxtlarning urug' ko'chatiga ta'sir ko'rsatish usullarini ishlab chiqdi va o'simliklar hayotida mineral tuzlarning rolini ko'rsatdi. XIX asrning boshlarida o'simliklarning tarqalishida iqlim omillariga (issiqlik,yog'ingarchilikka) asosiy e'tibor berilgan, lekin o'xshash bo'lgan alohida regionlarni o'rganishda edafik omil katta ahamiyatga ega bo'lgan. O'tgan asrning o'rtalarida o'simliklar hayotida tuproqning fizik xususuyatini yoki ximyaviy xususiyatini ahamiyatga ega ekanligi haqida keng munozara boshlangan. Shunda ekologlar asta sekin tuproqning sho'rlanishiga qor qatlamining qalinligi, doimiy muzliklar, tuproq aerasiyasi, tuproq suvi kabi omillarga e'tibor bera boshladilar. 1910 yilda Bryusselda 3 xalqaro botanika kongressida ekologiya botanikaning mustaqil sohasi deb rasmiy ravishda e'lon qilingan bo'lsada, E. Varling o'simliklar ekologiyasining otasi hisoblanadi. U ayniqsa o'simliklarning hayoti birgalikda (guruh-guruh bo'lib) o'tadi va ularning o'zi muhitga ta'sir ko'rsatadi deb ta'kidlaydi Hozirgi sharoitda ekologiya tabiatdagi boyliklardan ongli ravishda foydalanish uni muhofoza qilish va ko'paytirish to'g'risidagi nazariy tushunchalarni berib qolmasdan, balki, kelajakda tabiat bilan inson orasidagi munosabat masalasini kelajagini ko'rsatib beradi. Shunday qilib, o'simliklar muhit omillarining bir vaqtda ta'sir ko'rsatadigan murakkab komplekslari tufayli o'sadi va rivojlanadi, Abiotik tabiatning tirik emas omillari (iqlimyorug'lik, issiqlik, namlik havo, tuproq) tuproqning mexanik vafizik xossalari. Ximizmi va tuproq mikrobiologiyasi, orografik (yonbag'irning dengizdan balandligi, qiyaligi ularning Shakli va ekspozisiyasi) omillarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.02 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.02 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga