O'simliklar embrologiyasi fanining predmeti, metodlari va ahamiyati Reja: Umumiy embriologiya Xususiy sitoembriologiya Qiyosiy sitoembriologiya Qishloq xo'jalik sitoembriologiya O'simliklar sitoembriologiyasini boshqa fanlar bilan aloqadorligi Yopiq urug'li o'simliklarni o'rganishda embriologiya va sitologiya tarmoqlari bir-biri bilan shu qadar bog'lanib ketganki endi bu tarmoqlarni umumlashtirib sitoembriologiya deb aytish mumkin. Shuning uchun ushbu qo'llanma o'simliklar sitoembriologiyasi deb nomlangan. Gulli o'simliklar sitoembriologiyasi-antekologiya fani bilan chambarchas bog'liq holda, o'simliklar dunyosining ko'payish qonuniyatlarini o'rganadi. Sitoembriologiyao'simliklarda jinsiy hujayralarning rivojlanishi, otalanish jarayoni mo'rtak va endosperma taraqqiyoti bilan bir qatorda urug' va mevaninig hosil bo'lishini ham o'rganuvchi botanikaning alohida shakllangan fan tarmog'i hisoblanadi. Shu sababli o'simliklar sitoembriologiyasi fanini o'rganish natijasida olingan nazariy ma'lumotlar qishloq xo'jaligida madaniy o'simliklar hosildorligini oshirishdagi ahamiyati beqiyosdir. Ushbu fanning maqsadi gulli o'simliklar dunyosida urug' hosil bo'lish jarayonlari bilan bog'liq bo'lgan embrional taraqqiyot va rivojlanish jarayonlarining qonuniyatlarini o'rganishdan iborat. O'simliklar sitoembriologiyasi tarixiy taraqqiyotda jinsiy a'zolarning taraqqiy etishi, jinsiy jarayon natijasida mo'rtak, endosperm va shu kabilarning shakllanishini o'rganish natijasida yuzaga kelgan. U sporogenez, gametofit va gametalarni shakllanishi, changlanish va urug'lanish, mo'rtak, endosperm va urug'dagi boshqa elementlarni hosil bo'lishi bo'yicha keng qamrovli masalalarni o'z ichiga oladi. Yuksak o'simliklar sitologiyasi va embriologiyasi haqidagi dastlabki ma'lumotlar XVII asrning oxirida, asosan Yevropamamlakatlarining botaniklari tomonidan boshlanib, mustaqil ilmiy yo'nalishga ega bo'lgan fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida shakllangan. O'simliklar sitoembriologiyasini o'rganishda uzoq muddat davomida qo'llanilgan uslub bu - morfologik tavsiflashdir. XX asrning boshlariga kelib, uni o'rniga qiyoslash, undan keyin eksperimental uslub rivojlangan. O'simliklar sitoembriologiyasini o'rganish bo'yicha keng qamrovli ilmiy-tadqiqotlar o'tgan asrning 60 yillarida boshlangan. Bu davrga kelib o'simliklarning sitoembriologiyasi chuqur tadqiq etildi. Elektron mikroskopdan foydalanish, biokimyoviy, biofizikaviy, sitokimyoviy, avtoradiografiya uslublari tadbiq etila boshlandi. Bu uslublardan to'qima va hujayralarni o'simlikdan ajratib olib, ularni laboratoriya sharoitida sun'iy oziqada o'stirishda qo'llanildi. Shu bilan birga embriologiya bo'yicha ilmiy tadqiqotlarning natijalarini unga turdosh fanlar bilan qiyoslab baho berishdagi nuqtai nazarlar ijobiy va ijodiy tomonga o'zgardi. Sitologiya, fiziologiya, biokimyo, genetika va molekulyar genetikada qo'llaniladigan uslublar, bu sohalarda erishilgan yangiliklar, yutuqlar asosida umumiy izlanishlar yo'lga qo'yildi. Bu ishlardan foydalangan holda o'simliklar sitoembriologiyasini tadqiq etishda, yangi yo'nalishlar shakllandi. Shuni oldindan ta'kidlashimiz joizki, hozirgi kunga kelib o'simliklar sitoembriologiyasi bo'yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijasida ko'plab tarmoqlar yuzaga kelgan. Hozirda ular tobora chuqurroq darajada o'rganilmoqda. O'simliklar sitoembriologiyasi borasida olib borilayotgan barcha tadqiqotlarning tarmoq yo'nalishlari quyidagilar hisoblanadi: Nazariy embriologiya yo'nalishi: a) umumiy; b) xususiy tarmoqlarni o'z ichiga oladi. Amaliy embriologiya yo'nalishi: a) qiyosiy; b) qishloq xo'jalik ekinlari bo'yicha olib borilayotgan tadqiqotlarni o'z ichiga oladi. Yo'nalishlardagi tarmoqlarni qisqacha tavsifi quyidagilarni o'z ichiga oladi: Umumiy embriologiya ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.08 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.08 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: doc