O'simliklar fiziologiyasi fani

O'simliklar fiziologiyasi fani

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklar fiziologiyasi fani - rasmi

Material tavsifi

Reja: O'simliklar fiziologiyasi fanining vazifalari. O'simliklar fiziologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi. O'simliklar fiziologiyasi fanining asosiy usullari. O'simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanish tarixi. O'zbekiston fitofiziologlari oldida turgan asosiy vazifalar. Tayanch so'zlar: Fotosintez, fiziologiya, o'sish va rivojlanish, xromotografiya, spektrofotometriya, quyosh spektri, xlorofill, immunitet, reproduktiv a'zolar, organik moddalar, elektron mikroskopiY. O'simliklar fiziologiyasi o'simliklar tanasida sodir bo'ladigan hayotiy jarayonlar, murakkab qonuniyatlar va hodisalar zanjirini o'rganuvchi fandir. Fotosintez, nafas olish, suv rejimi va tiriklik asosini tashkil etuvchi boshqa hayotiy kechinmalarni o'rganish, tahlil qilish va ularni odam uchun foydali tomonga o'zgartirish, ya'ni yuqori va sifatli hosil olishga qaratish mazkur fanning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu ma'noda o'simliklar fiziologiyasi agronomiya fanlarining nazariy asosini tashkil etadi. Chunki fiziologiya sohasida erishilgan har bir yutuq, o'simlikshunoslikda ham yangi muvaffaqiyatlarga sabab bo'ladi. Ayniqsa, keyingi yillarda bu sohada erishilgan ijobiy natijalar: tabiiy suvlardan tejamkorlik bilan foydalanish maqsadida sug'orish ishlarini tartibli yo'lga qoyish, mineral va organik o'g'itlardan samarali foydalanish, o'sish va rivojlanishni boshqarish, tashqi sharoitning noqulay omillariga o'simliklar chidamliligini oshirish kabi ishlarning hammasi o'simliklar fiziologiyasining yutuqlariga asoslangandir. O'simliklar fiziologiyasi botanika fanlari qatoriga kirishi bilan bir qatorda hayvonlar fiziologiyasi, biokimyo, biofizika, molekulyar biologiya, mikrobiologiya, kimyo, fizika kabi fanlar bilan ham chambarchas bog'liqdir, ularning yutuqlaridan foydalanadi, o'z navbatida ularga ta'sir etadi. Keyingi yillarda kimyo va fizika fanlarining zamonaviy usullari: xromotografiya, nishonlangan atomlar, elektron mikroskopiya, elektroforez, differensial sentrifugalash, spektrofotometriya, rentgenostruktura analizi va boshqalardan foydalanish natijasida fiziologiya fanida juda katta yutuqlarga erishildi. Bu usullarni qo'llash tufayli o'simlik hujayrasining murakkab tuzilishi, hujayra organoidlarining strukturasi va fiziologik funksiyalari, hujayraning moddalarni o'zlashtirish va ajratib chiqarish jarayonida membranalarning ahamiyati va boshqalar bir- muncha puxta o'rganildi. Ayniqsa o'simliklar tanasida energiyani to'plash va sarflash mexanizmi haqidagi tushunchalar kengaydi. Chunki yorug'likning elektromagnit energiyasini organik moddalar tarkibidagi erkin kimyoviy energiyaga aylantirish va to'plash yashil o'simliklarning eng muhim spesifik xususiyatidir. Bu xususiyati bilan yashil o'simliklar tabiatdagi barcha boshqa tirik organizmlardan farq qiladi va yer yuzida hayotning barqarorligini ta'minlaydi. S.P.Kostichev (1872- 1931) «Agar yashil barg bir necha yilga ishlashni to'xtatsa, yer yuzidagi barcha jonzot, jumladan insoniyat ham nobud bo'ladi» degan edi. Ingliz olimi D.Pristli (1771), gollandiyalik olim Y.Ingenxauz (1779), shvetsariyalik olimlar J.Senebe (1782) va T.Sossyur (1804) bir-birlarining ishlarini to'ldirish natijasida, o'simliklarda fotosintez jarayonining mavjudligini ochdilar. Ya'ni, yorug'likda yashil o'simliklar karbonat angidridni o'zlashtirib uglerodli birikmalarni to'plash xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi. O'simliklar fiziologiyasi tarixida 1800 yil burilish yili hisoblanadi. Chunki, shu yili J.Senebening 5 tomlik «O'simliklar fiziologiyasi» kitobi chop etildi va u o'simliklar fiziologiyasining mustaqil fan sifatida tug'ilishi va kelajakdagi rivojlanishiga asos soldi. J.Senebe «O'simliklar fiziologiyasi» terminini taklif etish bilan chegaralanib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.86 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.86 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga