Reja: 1. To'qimalar haqida tushuncha. 2. To'qimalarning klassifikasiyasi 3. To'qimalarning xillari va vazifalari O'simliklar tanasi har xil to'qimalardan tashkil topgan. Shakli jihatidan o'xshash bo'lgan bir yoki bir necha xil vazifani bajaradigan, hujayralar to'plamiga to'qima deyiladi. To'qimalar shakliga ko'ra ikki xil bo'ladi. Parenximatik va prozenximatik. Parenximatik hujayralardan tashkil topgan to'qimalarga parenximatik to'qimalar deyiladi. Prozenxitamik hujayralardan tashkil topgan to'qimalarga prozenximatik to'qima deyiladi. To'qimalar kelib chiqishiga ko'ra ikkita katta guruhga bo'linadi. 1. Embrional hosil qiluvchi to'qimalar. 2. Doimiy to'qimalar. Embrional hosil qiluvchi to'qima hujayralari yadrosi yirik, tez -tez bo'linish xususiyatiga ega bo'ladi. Hosil qiluvchi to'qimadan vujudga kelgan hujayralar avval o'sadi, so'ngra ma'lum shaklga kirib, doimiy to'qimani hosil qiladi. Bu to'qima yashayveradi, kam o'zgaradi, keyinchalik nobud bo'ladi. Hosil qiluvchi to'qima kelib chiqishiga ko'ra, ikki xil bo'ladi. 1. Birlamchi hosil qiluvchi to'qima prokambiy, 2. Ikkilamchi hosil qiluvchi to'qima kambiy. O'smiliklarning bo'yiga o'sishi, eniga kengayishi yoki yangi organlarning paydo bo'lishi negizida, hosil qiluvchi to'qimalar yotadi. Prokambiy to'qimasi o'simlik organlarining o'sish nuqtalarida, ildiz, poyaning uchida, ya'ni o'sish konusida bo'ladi. birlamchi hosil qiluvchi to'qima (meristema) o'sish konusining eng uchida joylashgan bitta dastlabki hujayraning ketma-ket bo'linishi natijasida rivojlanadi. Keyinchalik bu hujayradan kelib chiqishiga ko'ra, birlamchi hisoblangan har xil to'qimalarga ajraladi. Birlamchi meristema cho'ziq va ignichka hujayralar guruhi ajralib chiqa boshlaydi. Har tomonga qarab zo'r berib bo'linish xususiyatiga ega bo'lgan hujayralarning bu guruhi, prokambiy deb ataladi. Prokambiy hujayrasining bo'linishi natijasida keyinchalik o'tkazuvchi va mexanik funksiyani bajaruvchi ikkita doimiy to'qima; birlamchi yog'ochlik ya'ni ksilema va birlamchi lub ya'ni floema hosil bo'ladi. Prokambiy asosan bir pallali o'simliklarda uchraydi. Birlamchi yog'ochlik va birlamchi lubni hosil qilgandan keyin bir pallali o'simliklarda prokambiy to'qimasi to'liq yo'qolib ketadi. Ikki pallali o'simliklarda prokambiy to'qimasi birlamchi yog'ochlik birlamchi lubni hosil qilib o'zi yo'qola boradi. Yo'qolib borayotgan bir qismi prokambiy qayta bo'linib, ko'payishdan kambiy to'qimasi vujudga kela boshlaydi. Kambiy to'qimasi lub va yog'ochlikning o'rtasida joylashib keyinchalik u o'zidan tashqariga ikkilamchi lubni, o'zidan ichkariga ya'ni markazga qarab ikkilamchi yog'ochlikni hosil qiladi. Shuning uchun ikki pallali o'simliklarning o'q qismi yo'g'onlashadi. Yillik halqalar kambiy to'qimasifaoliyati tufayli hosil bo'ladi. Alohida qoplovchi to'qima po'kak hosil qiluvchi po'kak kambiysi ham ikkilamchi hosil qiuvchi to'qimaga kiradi. O'simliklarda hosil qiluvchi to'qima joylashgan o'rniga ko'ra; Uchki tepa apikal meristema. 2. Interkalyar mersitema. 3. Yon loterial meristema. 4. Yara meristema. Tepa meristema vegetativ novdada va gul novda hosil qiluvchi hamda ildiz uchki meristemalariga bo'linadi. Ular ildiz va poyaning uchida joylashadi, yangi organlar hosil bo'lishida o'simliklaning bo'yiga o'sishini ta'minlaydi. Yon meristemalarga ildiz va poyalarning markaziy silindrining atrofida joylashgan persikl, prokambiy ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.25 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.25 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:19 ]
Arxiv ichida: doc