O'simliklar introduksiyasining nazariy va metodologik asoslari

O'simliklar introduksiyasining nazariy va metodologik asoslari

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklar introduksiyasining nazariy va metodologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'simliklar introduksiyasining nazariy va metodologik asoslari Reja: O'simliklar introduksiyasining nazariy va metodologik asoslari yaratilishi Madaniy o'simliklar kelib chiqishi N.F. Vavilov ishlari Hozir dunyo bo'yicha 500 mingga yaqin o'simlik turi ma'lum. Ular turli-tumandir. Suv o'tlardan tortib, yopiq urug'li yoki gulli yuksak o'simliklardan tashkil topgan. Inson paydo bo'libdiki, uning hayoti. Asosan yuksak o'simliklar bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki ular, insonni oziq-ovqat va boshqa zarur narsalar bilan ta'min etib keladi. Hozir dalalarimizda keng ekilayotgan turli-tuman meva, sabzavot, em-xashak va boshqa texnika ekinlari avlod-ajdodlarimiz tomonidan bir necha ming yillar davomida turli-tuman yovvoyi o'simliklar orasidan tanlash, chatishtirish, payvandlash usullari bilan yaratilgan. Demak, ko'pchilik madaniy o'simliklarning asosiy insonning aqli-zakovati va mehnati hisoblanadi. Madaniy o'simliklarning ma'lum bir qismi, jumladan bodiring, baqlajon, shaftoli, makkajo'xori, kunjut, banan, kokos pal'masi juda qadim zamonlarda paydo bo'lgan. Bu o'simliklarning yovvoyi turlari tabiatda topilgan emas. Xullas madaniy o'simliklar qachon, qaerda va qanday usullar bilan bunyodga kelgan, degan masala qadimdan hammanmi qiziqtirib kelmoqda. Buyuk tabiatshunos Charlz Darvin asarlari bunyod bo'lmasdan ancha ilgari ham ko'pchilik olimlar yovvoyi o'simliklar orasidan xonakilashtirilgan o'simliklar avlod-ajdodlarini izlab topishga harakat qilib ko'rganlar. Lekin o'simlik dunyosi jumladan uning madaniy turlarini kelib chiqishi o'tgan asrning o'rtalarigaqadar ko'pchilik olimlar tomonidan noto'g'ri talqin etilar va ilohiyotga bog'langan holda tushuntirilar edi. Buyuk ingliz olimi Ch.Darvin bu xil idealistik qarashlarga ilmiy asosda zarba berdi. U o'zining ― Turlarning paydo bo'lishi‖ va ―Madaniy o'simliklarning va uy hayvonlarining o'zgarishi‖ nomli mashhur asarlarida o'simlik va hayvon turlarining yashash uchun kurashi tufayli tabiiy va inson tomonidan sun'iy tanlanib borishini, ularning paydo bo'lish jarayonini batafsil bayon etdi. Madaniy o'simliklarning paydo bo'lishiga bag'ishlangan birinchi ilmiy asar 19 asrning ikkinchi yarmida Shveytsariya olimi Alfons Dekondol tomonidan yaratildi.U jami 247 ta madaniy o'simlikning kelib chiqishi va tarqalishini o'rgandi, shularning deyarli uchdan bir qismining yovvoyi turlari tabiatda uchramasligini qayd etdi. Keyinroq, bu sohada fransuz olimi A.Shevele, nemis olimlari M.Reynxart va E Shiman, amerikalik E.Merilla, italiyalik L. Parodi va boshqalar ish olib bordilar. Bu muhim masalani yoritishda Rossiya olimlaridan V.L.Komarov, N.I.Vavilov va ularning shogirdlari P.M.Jukovskiy, M.G.Popov, E.N.Sinskaya, S.M.Bukasov, F.N.Baxteev, A.I.Kuptsov, E.V.Vilf; o'zbek olimlaridan T.N.Qori-Niyoziy, K.Z.Zakirov va boshqalar o'zlarining solmoqli xissalarini qo'shdilar. yer yuzida mavjud bo'lgan barcha o'simliklar orasida eng ko'p va keng tarqalgan o'simliklar evolyutsiyasining kenja guruhi yopiq urug'li yoki yuksak o'simliklardir. Bundan 1500 million yillar ilgari Arxey erasida virusga o'xshash organizmlaranorganik moddalardan foydalanuvchi bakteriyalar va bir hujayrali suv o'tlar paydo bo'lgan. Proterozoy erasiga kelib ko'p hujayrali organizmlar, jumladan ko'k-yashil, qizil va yashil suv o'tlar rivoj topgan. Bular suvli muhitda yashab hayot kechirgan. Shu davrdan boshlab ko'k-yashil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.57 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.57 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga