O'simliklar organizmining tuzilishi

O'simliklar organizmining tuzilishi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklar organizmining tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. hujayra haqida tushuncha. 2. hujayraning tuzilishi. 3. Protoplast tuzilishi. 1. hujayra haqida tushuncha. hujayra haqidagi ta'limotlar hujayraning kashf etilishi mikroskopning yaratilishi bilan bog'liqdir. Mikroskop so'zi grekchadan olingan bo'lib, mikro kichik, skopeo ko'raman degan manoni anglatadi. 1609 yili birinchi bo'lib mikroskopni Galiley yaratdi. Uning mikroskopi juda sodda tuzilgan linza va qo'rg'oshin turo'pkadan iborat edi. 1665 yili ingiliz olimi Robert Guk birinchi bo'lib mikroskopdan obyektlarni tekshirish maqsadida foydalandi. U mikroskop yordamida ukrop, buzina, kamish, pukak hamda boshqa o'simlik to'qimalarida juda mayda tutash bo'laklarni topdi va ularni kletkalar deb atadi. (Kletka grekcha Ketos) so'zidan olingan bo'lib, bo'shliq degan manoni anglatadi. hujayraning kattaligi mikron (mk) millimetrning mingdan bir bo'lagini tashkil etadigan kattalik bilan o'lchanadi. hujayra o'simlikning eng mayda tirik qismi bo'lib hisoblanadi. hujayra nafas oladi, oziqlanadi, o'sadi va bo'linib ko'payadi. O'simliklar hujayrasining shakli va o'lchami nihoyatda xilma-xildir. Bir hujayrali organizmlarning hujayrasi, asosan ovalsimon, shar yoki egik tayokcha shaklida bo'ladi. Ko'p hujayrali organizmlar hujayrasining shakli va o'lchami ularning holat i va bajaradigan funksiyasiga bog'liq. Shuning uchun ular ustinsimon, ko'p qirrali, yumalok, urchuksimon va cho'zik bo'lishi mumkin. O'simliklar tanasidagi hujayralarning soni ham har xildir. Bir hujayrali organizmlar bakteriya, ayrim suv o'tlari va zamburug''-larda bitta, ko'p hujayrali organizmlarda bir necha milyaardgacha bo'ladi. 2. hujayraning tuzilishi. hujayrani oddiy yorug'lik mikros-kopida va elektron mikroskoplarida ko'rish mumkin. Oddiy yorug'lik mikroskopida hujayrani quyidagi qismlari ko'rinadi: 1) Tsitoplazma; 2) hujayra shirasi - vakuola; 3) po'sti; 4) yadrosi. hujayraning har bir tirik qismi organoid deb ataladi va malum bir hayotiy funksiyani bajaradi. hujayraning o'lik qismla-ri ham tegishli rol o'ynaydi. hujayraning barcha organoidlari o'zaro bog'langan juda murakkab biologik sistemadir. 3. Tsitoplazma. O'simliklar tirik hujayrasining tsitoplazmasi (protoplazmasi) tashqi ko'rinishdan tuxum oqiga o'xshaydigan shilimshiqsimon rangsiz suyuqlikdir. Uning solishtirma og'irligi 1,01- 1,06 bo'lib, tarkibida 90 % gacha suv bo'ladi. Bu suv erkin holda yoki oqsil molekulalari bilan bog'langan bo'ladi. U quyosh nurini nisbatan ko'proq sindiradi, shu sababli mikroskop ostida yaxshi ko'rinadi. Goldji apparati. Buni birinchi marta 1898 yilda italiyalik tsitolog olim Goldji aniqlagan va diktiosoma nomi bilan yuritilgan. Bu organoid ham endoplazmatik to'r bilan fuknksional bog'langan. Ular ancha murakkab tuzilgan bo'lib, go'yo devorlari plazmatik membranalardan tuzilgan yassi tsisternalar paketiga o'xshaydi. Ribosomalar. hujayradagi ribosomalarni 1955 yili G. Palade aniqlagan. Bu submikroskopik tuzilishga ega bo'lgan organellarning diametri 20 nm gacha boradi. Bularda membranalar bo'lmaydi va tarkibida 50 % oqsillar va shuncha miqdorda ribosom RNK (ribonuklein kislota) mavjud. Aminokislotalardan oqsillarni hosil qilish yoki sintezlash ribosomalarning asosiy vazifasidir. Mitoxondriylar. Mitoxondriy so'zi grekcha, mitos - ip, xondrion- granula, ipsimon granula ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.7 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.7 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga