O'simliklar sistematikasi haqida tushuncha

O'simliklar sistematikasi haqida tushuncha

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklar sistematikasi haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

38-§. O'SIMLIKLAR SISTEMATIKASI HAQIDA TUSHUNCHA 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. O'simliklarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi belgilarning o'xshashlik darajasiga qarab o'simliklar dunyosini ma'lum tartib - sistema (tizim)ga solish o'simliklar sistematikasi deb ataladi. O'simliklar sistematikasi botanika fanining aso-siy qismi bo'lib, unda o'simliklar kelib chiqishi, o'xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab guruhlar sistematik birliklarga bo'linadi. O'simliklar sistematikasida quyidagi sistematik birliklar qabul qilingan: tur, turkum, oila, sinf (ajdod), bo'lim va o'simliklar dunyosi. O'simliklar sistematikasidagi eng kichik birlik turdir. Tur - hamma organlari bir-biriga o'xshash, ma'lum may-donda uchraydigan o'simliklarni o'z ichiga oladi. Masalan, sariq do'lanani olaylik. U bitta tur. Lekin tog'larda bu turga kiradigan o'simlik tuplari keng tarqalgan. Ular guli, meva-si, bargi va boshqa belgilari bilan juda o'xshash. Shuning uchun ular bir turga kiradi. Turkum - bir-biriga yaqin turlardan tashkil topgan. Fanda o'simliklarni qo'shaloq (ikki) nom bilan - tur va turkumning nomlari bilan atash (binar nomenklatura) qabul qilingan. Turni ikki nom bilan atashni birinchi bo'lib shved tabiatshunosi Karl Linney (1707-1778) fanga kiritgan. Masalan, sarimsoq piyoz yoki anzur piyozdagi sarimsoq va an-zur so'zlari turga tegishli, piyoz so'zi esa turkumga tegishli nom bo'lib, bu shu turlarning piyoz turkumiga oid ekanligini bildiradi. Karl Linney (1707-1778) Fanda har bir turning mahalliy nomlaridan tashqari yana ilmiy, ya'ni «lotincha» nomi ham bor. Istalgan o'simlikning ilmiy nomini maxsus kitoblar (flo-radan yoki o'simliklar aniqlagichi)dan topish mumkin. Bir-biriga yaqin turkumlar qo'shilib oilani tashkil qiladi. Masa­lan, bodom, olma, o'rik, na'matak, do'lana kabi turkumlar birlashib, ra'nodoshlar oilasini tashkil etadi Ayrim belgilari bilan bir-biriga juda o'xshagan va ke-lib chiqishi jihatidan yaqin bo'lgan oilalar birlashib, sinf-ni tashkil qiladi. Masalan, bir urug'pallali o'simliklardan tashkil topgan loladoshlar, bug'doydoshlar (boshoqdoshlar), chuchmomadoshlar kabi oilalar to'planib, bir urug'palla­li o'simliklar sinfini hosil qiladi. Ikki urug'pallali o'sim­liklardan tashkil topgan ra'nodoshlar, ituzumdoshlar, gulxay-ridoshlar kabi oilalar birlashib, ikki urug'pallali o'simliklar sinfini tashkil qiladi. Bir urug'pallalilar va ikki urug'pallalilar sinfiga oid o'simliklarning hammasi ham gulli o'simliklar bo'lganligi uchun bu ikkala sinf qo'shilib, gulli o'simliklar yoki yopiq urug'li o'simliklar bo'limini vujudga keltiradi. O'simliklar dunyosi esa o'simliklar sistematikasidagi eng katta sistematik birlik bo'lib, yopiq urug'li o'simliklar, ochiq urug'li o'simliklar, qirqquloqtoifa, yo'sintoifa, yashil suvo'tlar va hokazo bo'limlarni o'z ichiga oladi. Sistematik birliklarning ketma-ketligini g'o'za misolida ko'rishingiz mumkin. Bo'lim - Gulli o'simliklar (magnoliya toifa); Sinf (ajdod) - Ikki urug'pallalilar (magnoliyasimonlar); Oila - Gulxayridoshlar Turkum - G'o'za Tur - Meksika g'o'zasi Savol va topshiriqlar O'simliklar sistematikasi qanday fan? O'simliklar sistematikasida qanday sistematik birliklar qo'llaniladi? Tur deganda nimani tushunasiz? Nega fanda o'simliklarni qo'sh nom bilan atash qabul qilingan? O'simliklar dunyosi deganda nimani tushunasiz? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.15 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.15 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga