O'simliklar sistematikasi. O'simlik dunyosi xilma-xilligi, sinfi va klassifikatsiyasi

O'simliklar sistematikasi. O'simlik dunyosi xilma-xilligi, sinfi va klassifikatsiyasi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklar sistematikasi. O'simlik dunyosi xilma-xilligi, sinfi va klassifikatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. O'simliklar sistematikasining vazifalari. 2. O'simliklar sistematikasining tarixi. 1. O'simliklar sistematikasining vazifasi yer sharidagi hamma o'simliklarni ta'riflash va ayrim turlar hamda turlar guruhining qarindoshligini evalyutsiya asosida aniqlashdan iboratdir. O'simliklar sistematikasi 500 mingga yaqin turdan iborat bo'lgan o'simliklar dunyosini biror qarindoshlik belgilari bilan xarakterlanuvchi alohida guruhlarga bo'ladi. O'simliklar sistematikasi o'simlik turlarining xilma- xilligini va buning sabablarini o'rganadi. Uning vazifasi quyidagicha. 1. O'simliklarni klassifikatsiya qilish va uning rivojlanish tarixini o'rganish. 2. O'simliklarni o'rganishda turli uslublardan foydalanish. Hozirgi zamon o'simlilkar sistematikasi filogentik sistema asosida tuzilgan. Bu sistema o'simliklar morfogenezi, ichki tuzilishi, individual taraqqiyoti, fiziologik va bioximik xususiyatlari, geografik tarqalishi hamda tashqi muhit bilan o'zaro munosabatlariga asoslanadi. Hozirgi zamon sistematikasi o'simliklarni puxta o'rganish uchun, quyidagi usullardan foydalanadi. O'simlilkarni paydo bo'lishini solishtirish solishtirma- morfologik usul. Individual rivojlanishini o'rganish ontogenetik usul. O'tgan geologik davrlarda o'sgan o'simliklar to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish (paleobotanik usul) O'simlik organizmlarining anotomik tuzilishini o'rganish (anotomik usul). Har bir o'simlikning tarqalish hududini o'rganish (geografik usul). Bulardan tashqari sistematika fani yana bir qancha boshqa yordamchi usullardan foydalandi. Botanika va agronomiya fani bir umumiy obyektni o'rganadi va ularni ish uslublari hamda rivojlanish tarixi o'zaro chambarchas bog'liqdir. Botanika hamma o'simliklarni turli- tumanligini, tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlarini, agronomiya esa- madaniy o'simlilkarni yetishtirishni o'rganadi. Botanika asosida agronomiya fani vujudga kelgan. Har ikki fanning maqsadi bitta, u ham bo'lsa o'simliklardan foydalangan holda insonlarning ularga bo'lgan ehtiyojini to'laroq qondirishdir. Yaylov va pichanzor o'simliklarini o'rganishda, agromeliorativ ishlarni tashkil qilishda agronom botanik sifatida, botanik esa agronom sifatida ish yuritadi. Shuning uchun ham agronom va botanik o'rtasida keskin chegara bo'lishi mumkin emas. Yuqoridagi usullarda o'rganilgan o'simliklar turli guruhlarga bo'linadi, shu guruhlar taksanomik birliklar yoki sistematik birliklar deyiladi. Hozir sistematikada 6 ta taksanomik birlik keng qo'llaniladi: Bo'lim - Divisio, sinf - Ceassis, tartib - Ordo, oila-Familia, avlod - Genus, tur - Species. O'simliklar olamini xilma-xilliklarini klassifikatsiyalashga urinish eramizdan avvalgi asrdayok boshlangan. Teofrast eramizdan avvalgi uchunchi asrda o'simliklarni daraxt, buta, butacha, o'tlarga hamda botqoq o'simliklari, ko'l o'simlilkari va hoka'zolarga ajratgan edi. O'rta asrlarda ham o'simliklar sistematikasi yaratilagan, bunda o'simliklar olamini guruhlarga bo'lishda ular mevasini shakli, urug'ini joylanishi yoki gullarni bor yo'qligi va hokazo kabi belgilar asos qilib olingan edi. Bunday sistemalar sun'iy sistema deb atalgan, chunki ular o'simliklarni tasodifiy belgilariga asoslangan bo'lib, ularni qarindoshlik belgilarini yoki o'simliklar ayrim gruxlari orasidagi farqni amalda ko'rsatib bera olmagan. O'simliklar sistematikasi rivojlanishidagi muhim davr shved olimi K. Linneyning (1738y) O'simliklarni sinfi degan asari yaratilishi bilan boshlanadi. Linney bu asarida hamma o'simlik turlarini 24 ta sinfga bo'lgan edi. Linney o'simliklar olamini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.63 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.63 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga