O'simliklar sistematikasining shakllanish va rivojlanish tarixi O'simliklar sistematikasining rivojlanishida Shved olimi (Tabiatshunosi) Karl Linney (1707-1778) ning xizmati benixoya katta bo'lgan. U «O'simliklar turlari» nomli asarida (1753), o'z tizimi (sistemasi) ni ko'payish organlari asosida yaratadi. 1941 yilda taniqli botanir A.L.Taxtadjyan hozirgi psilofitlarni yangi nom bilan psilotlar deb yuritish va uni mustaqil bo'lim sifatida atashni tavsiya qiladi. Hozirgi kunda yuksak o'simliklar qo'yidagi 9 bo'limdan iborat: 1. Phyniophyta 2. Zosterophyta, 3. Bryophyta, 4. Lycopodiophyta, 5. Psilotophyta, 6. Eguisetophyta, 7.Polypodiophyta, 8. Pinophyta, 9. Magnoliophyta. MAVZU: LOLADOSHLAR VA SHIRACHDOSHLAR OILALARI, ULARNING TAVSIFI, KENG TARQALGAN TURLARI, ILMIY VA AMALIY AHAMIYATI Loladoshlar oilasi-Liliaceae Bu oilaga 10 avlod, 470 tur kiradi, ulardan 230 ga yaqini madaniy holda o'stiriladi. Bu oilaga mansub o'simliklar asosan o'rta iqlimli mintaqalarda, g'arbiy va Sharqiy Osiyoda, Himolayda tarqalgan. Bu oilaga asosan yo'g'on ildiz poyali, piyozli yoki tugunakli ko'p yillik o't o'simliklar kiradi. Ba'zi daraxatlar (yukka, dratsena, aleoe kabilarlar) va qisman lianalar kiradi. Barglari lansetsimon chiziqli, ba'zan elips shakli, parallel yoki yoysimon tomirli. guli 2 jinsli aktinomorf, odatda shinggil, boshoq ro'vak va shu singari to'p gullarga yig'ilgan. Ko'pchiligining tugunchasi ustki. Mevasi chokidan chatnaydigan ko'sakcha. Bu oilaga kiradigan avlodlardan Savrijon (Colchicum), shirach (Eremurus), piyozgul (Lilioideae), boychechak (usaqea) va lola (tulipa), liliya (Lilium) kabilarni misol qilish mumkin. Shirachdoshlar - sarsabilnamolar qabilasiga mansub oila. Aksariyat ilmiy manbalarda loladoshlar oilasi tarkibida bo'lgan. Oila 50 ga yaqin turkum, 1400-1450 turni o'z ichiga oladi. MAVZU: PIYOZDOSHLAR VA HILOLDOSHLAR OILALARI, ULARNING TAVSIFI, KENG TARQALGAN TURLARI, ILMIY VA AMALIY AHAMIYATI. Piyozdoshlar ko'p yillik, piyozboshli, ba'zan ildizpoya hosil qiladigan o'simliklardir. Ildizlari nozik, ipsimon, ba'zilari yo'g'onlashgan. Ularning piyozlari turli shaklda, bittadan yoki ko'p bo'lishi mumkin. Barglari navbat bilan joylashgan, oddiy, naysimon, ba'zan yassi, ipsimon, uzunchoq, ellips shaklida (A.funkiifolium). Naysimon barglar ichi bo'sh bo'lib, xlorofillsiz, parenximalardan hosil bo'lgan. Gullari poyaning yuqori qismida soyabon shaklida joylashgan. Gul to'plamidagi gullar soni 1-500 gacha bo'lishi mumkin. Soyabongullarini gullash fazasigacha gulbargchalar o'rab olgan bo'ladi HILOLDOSHLAR (Suregaseaye), bar-didoshlar - ko'p yillik, ba'zan bir yillik bir urug'pallali o'simliklar oilasi, asosan o'tlar. 85 turkum 3500 dan ortiq turni o'z ichiga oladi. Yer sharining hamma mintaqalarida uch-raydi. Poyasi ko'pincha uch qirrali, bo'g'imsiz, ba'zan silindrsimon. Bargi tilchasiz, yopiq qinli, uch tomonga qarab o'sgan bo'lib, ko'pincha poyasining ost tomonida joylashadi. Plastinkasi qattiq, ensiz lentasimon, chetlari g'adur-budur. Gullari ikki yoki bir jinsli. Bir uyli ba'zan ikki uyli o'simlik. To'pguli boshchasi- mon, boshoqsimon, supurgisimon, soyabonsimon va boshqa xilda bo'lishi mum- kin. MAVZU: CHASTUXADOSHLAR VA RDESTDOSHLAR OILALARI, ULARNING TAVSIFI, KENG TARQALGAN TURLARI, ILMIY VA AMALIY AHAMIYATI. Chastukha vulgaris - ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:19 ]
Arxiv ichida: pptx