O'simliklarda energiya tizimining shakllanishi uglevodlar parchalanishi

O'simliklarda energiya tizimining shakllanishi uglevodlar parchalanishi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarda energiya tizimining shakllanishi uglevodlar parchalanishi - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarda energiya tizimining shakllanishi uglevodlar parchalanishi Reja: O'simliklardagi energiya tizimi to'g'risida quyosh - energiyaning birlamchi manbai. Termodinamika qonunlari. Hujayraning adenilat sistemasi. Uglevodlar dissimiliyatsiyasining asosiy yo'llari. Aerob nafas olish. O'simliklardagi energiya tizimi to'g'risida quyosh - energiyaning birlamchi manbai. Malumki o'simlik organizmlarining hayot foliyati energiyani doimiy istemol qilinishida sodir bo'ladi. Quyosh radiatsiyasi o'simliklar tomonidan organik moddalarni kimyoviy energiyasiga aylanadi. Organik moddalarning oksidlanishini ekzergonik jarayonlari, yani dissimilyatsiya manbalari hisoblanadi. Dissimilyatsiyani ikki formasi mavjud, bular nafas olish va achishdir. Biologik moddalarni hosil bo'lishi yoki endergonik reaksiyalar tashqi muhitdagi moddalarni o'zlashirish uchun energiyani sarf qilish bilan kuzatiladi. Bunga yaqqol misol qilib fotosintezni keltirish mumkin. Tabiatdagi barcha organizmlar energiyani istemol qilish manbalariga qarab 3 guruhga bo'linadi: 1. Xlorofil o'simliklar - ular uchun energiya manbai bo'lib yorug'lik kvanti (foton) hisoblanadi. 2.Odam va hayvonlar - ular energiyani organik moddalarning (uglevod, yog, oqsillar) oksidlanishi hisobiga oladi. 3.Mikroorganizmlar - ular energiyani spetsifik bo'lgan organik va anorganik moddalarning oksidlanishi hisobiga oladi. O'simlik va boshqa tirik organizmlarda sodir bo'luvchi moddalar va energiya almashinuvi fizika va kimyoning qonunlariga to'la bo'ysinadi, shuning uchun tirik sistemalarga bu qonun va prinsiplarni qo'llash mumkin. Termodinamika yoki energetika fani sistemalardagi energiyaning xilma-xil formalarini o'zaro almashinuvi va miqdoriy o'zgarishini o'rganadi. Bu energiyalar-kimyoviy, issiqlik, mexanik, elektrik, yorug'lik formalarida bo'ladi. Sistema tushunchasi, kattaligi, zichligi, harorat, bosim, rangi, magnit va elektrik maydonlari bo'lishi kabi xossalar bilan xarakterlanadi. Sistema gomogen va geterogen bo'ladi. Geterogen sistema esa ikkita yoki bir qancha ayrim fazalardan iborat bo'lib, ular bir-biridan yuzalari bilan ajralib turadi. Sistemalar ochiq va yopiq bo'ladi. Yopiq sistemada massa va energiya sistemani o'rganish jarayonida ko'payishi va kamayishi mumkin emas. Ochiq sistemada esa massa va energiya kamayishi yoki ko'payishi mumkin. Shunga ko'ra o'simliklar ochiq sistemaga kiradi. Agar sistemani tarkibi va xossasi malum uzoq vaqt ichida o'zgarmasa sistema muvozanat holatida turibdi deyiladi. Biroq kimyoviy muvozanat doimiy emas. Muvozanat-bu reaksiyani chapdan unga qanday tezlikda o'tsa, o'ngdan chapga ham shunday tezlik bilan o'tish holatidir. 2. Termodinamika qonunlari Termodinamikaning birinchi qonuni. Bu energiyaning saqlash qonunidir, uni Gelmgolts 1847 yilda ifodalab berdi. A.Enshteyn 2 energiyani saqlash qonuni, ish va issiqlikning tenglamasiga ko'ra E=MC ekvivalent qonunidir. Bunda energiyaning har xil formalari bir-biriga 20 erg energiya birligiga o'ta boshlaydi. Formulaga ko'ra 1 gramm massa 9∙10 aylanishi mumkin. Bu qonunga ko'ra ichki energiya (Ye) faqat issiqlik xolida energiyani ko'chirish jarayonida yoki ish bajarilganda o'zgarishi kuzatiladi, boshqacha qilib aytganda energiyani yaratish va yo'q qilish Bajarilgan ish mexanik, elektrik yoki kimyoviy (sintez) mumkin emas. Ajratib olingan sistemalar uchun ularni ichki energiyasini o'zgarishi quyidagi formula bo'yicha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 558.03 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 558.03 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga