O'simliklarda moddalar transporti

O'simliklarda moddalar transporti

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarda moddalar transporti - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarda moddalar transporti Reja: О'simliklarda uzoq va yaqin masofali moddalar transporti Organik moddalarni harakatlanish bosqichlari O'SIMLIKLARDA MODDALAR TRANSPORTI O'simliklar tanasida sodir bo'layotgan hayotiy jarayonlarning eng muhim ko'rsatkichlaridan biri moddalarning harakatidir (transporti). Ayrim organlarda hosil bo'lgan yoki shimib olingan birikmalarning boshqa organlarga siljishi, o'tishi va taqsimlanishi natijasida barcha fiziologik jarayonlarning o'zaro birligi ta'minlanadi. Bunday transport o'z navbatida o'simliklarning o'sishi, rivojlanishi va hosildor-lik darajasini tavsiflaydi. O'simliklarda moddalar transporti asosan ikki yo'nalishda sodir bo'ladi: pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga yo'naladigan oqimlar mavjud. O'simliklar ildizi orqali qabul qilgan suv va unda erigan mineral moddalarning pastdan yuqoriga qarab harakati tanadagi ksilema naylari bo'ylab sodir bo'ladi (2.2.-va 5.5.- bo'limlarga qarang). Barglarda fotosintez jarayonida hosil bo'lgan organik moddalar floema naylari bo'ylab pastga yo'naladi (66-chizma). Oqim yo'nalishlari ikki xil: yaqin va uzoq masofali xususiyatga ega. Yaqin masofali transport hujayra va to'qimalarda bo'lib, asosan uch yo'l orqali amalga oshadi. Simplast oqim sitoplazma va plazmodesmalar vositasida harakatlanadi. Apoplast oqim hujayralarining devori orqali harakatlanadi va uchinchi yo'l - vakuolalar tizimi orqali amalga oshadi. Yaqin masofali transport juda qisqa, hatto millimetrlar bilan o'lchanib, moddalarning barg mezofilidagi, ildiz va poyadagi radial trans-portini o'z ichiga oladi.Uzoq masofali oqim ksilema va floema naylari orqali sodir bo'ladi. Odatda bu naylar o'simlik tanasidagi hamma qism-larni tutashtiradi, natijada organik moddalar bir necha o'nlab santimetr-dan to o'nlab metrlargacha harakat qiladi (ayniqsa, daraxtlarda). Yaqin va uzoq masofali transportlarda vaqt, energiya sarflanadi. A.L.Kursanovning (1976) ko'rsatishicha, organik moddalarning hara-katlanishi bir necha bosqichlardan tashkil topgan. Dastlabki bosqichda xloroplastlarda fotosintez jarayonida hosil bo'lgan organik moddalar - sodda birikmalar fosfoglitserin kislotasi (FGK), fosfoglitserin aldegidi (FGA), fosfodioksiatsetoni (FDA) yoki suvda eriydigan sha-karlar xloroplast membranasi orqali sitoplazmaga o'tadi. Sodda organik birikmalarning xloroplastlardan sitoplazmaga o'tishi hujayra ichidagi yo'l bo'lib, yaqin masofali harakatdir (67-chizma). Ikkinchi bosqichda sitoplazmaga o'tgan sodda uglevodlardan fruktoza-difosfat va fruktozafosfat-glyukoza-fosfat hosil bo'ladi. Bu moddalarning bir qismi hujayra metabolizmi ( nafas olish va boshqa jarayonlar) uchun sarflanadi. Qolgan asosiy qismi suvda yaxshi eriydigan glyukozagacha o'zgaradi va yonma-yon joylashgan hujayra-larga simplast, apoplast oqimlar orqali o'tadi. Bu oqimlar oraliqhujayralargacha yetib boradi. Oraliqhujayralar mezofill hujayralari bilan elaksimon hujayralar o'rtasida joylashgan. Uchinchi bosqichda oraliqhujayralar organik moddalarni qabul qilib, ularni floema naylariga o'tkazadi. Bu jarayonda oraliq hujayralar nasos funksiyasini bajaradi va ATF molekulasining) pergiyasi sarflanadi. Yakuniy bosqichda (to'rtinchi bosqich) floema elementlariga o'tgan organik moddalar uzoq masofali transport vositasida o'simlikning hamma tirik to'qimalari va organlariga yo'naladi. Laksimon naylarning atrofida joylashgan, oraliqhujayralargacha glyukoza uxlatida yetib kelgan moddalar saxarozaga o'm'aradi. Elaksimon naylarda organik moddalar asosan saxaroza holatida harakat qiladi. Assimilyator talab qilinadigan yoki zaxira sifatida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.3 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.3 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga